Abrayqulov Bekzod Irgashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Klaster tizimida sifatli xom ipak ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5115.
Ilmiy rahbar: Avazov Komil Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Sherqul Sherg‘ozievich texnika fanlari doktori, professor; Sharipov Jurabek Shomil o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) 
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Individual pilla chuvish dastgohini yaratish va sifatli xom ipak olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tut ipak qurtini parvarishlash jarayonida qurtning dastaga chiqish vaqtining pilla navlari va xom ipak chiqishiga bogʻliqligi ko‘p faktorli regression modellar qurush  usuli yordamida ishlab chiqarilgan;
chuvish jarayonida pillaning suvdagi harakati va ipning taranglik kuchlarini tahlil qilish asosida suv va pillalarning aylanishini xom ipakning sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri isbotlangan;
klaster tizimida pillalarni individual chuvishning yangi qurilmasi chuvish tozining aylanishi hosil qilish hamda xom ipakga buram berish asosida yaratilgan va uning texnologik rejimlari ishlab chiqilgan;
jipslik ko‘rsatkichi oshishiga erishgan holda, sifatli xom ipak ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan pillalarni individual chuvish dastgohini o‘rnatish orqali  takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Sifatli xom ipak olishda individual pillalarni chuvish dastgohi va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pillalarni chuvish uchun dastgohiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intelektual mulk markazining ixtiroga patenti (IAP 07079, 2022 y.) olingan. Natijada pillalarni individual chuvib sifatli xom ipak olish imkonini bergan;
pillalarni individual chuvish dastgohining resurstejamkor texnologiyasi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarda, jumladan “Koson agropilla” “Sho‘rchi tayyorlov agro-pilla” MChJ, hamda “Surxon silk pro” korxonalarida joriy etilgan (2025-yil 20-avgustdagi №4-2/1432-son ma’lumotnomasi). Natijada pillalarni individual chuvishning samarali texnologiyasi sifatli xom ipak ishlab chiqarish,  pillalardan chuvib olingan xom ipak 3A sinfiga oshirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish