Ganixanov Xusanxon Shavkat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxta tolasi kondensorini takomillashtirish va parametrlarini asoslash” mavzusidagi dissertatsiya ishi,
05.02.03 - “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5659.
Ilmiy rahbar: Mavlyanov Aybek Palvanbaevich, texnika fanlari falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Baxadirov G‘ayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tola kondensori konstruksiyasini takomillashtirish, hamda ishchi organlar harakatining parametrlari va aerodinamik rejimlarni asoslash bo‘yicha hisoblash usullarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori unumdorlikka ega, tolani samarali ajratib olishni ta’minlaydigan hamda xizmat ko‘rsatishda qulay va xavfsizlik imkonini yaratadigan tola kondensorini resurstejamkor konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
aerodinamik ko‘rsatkichlar hisobga olingan holda to‘rli baraban ish rejimining ratsional qiymatlari to‘rli baraban sirtidagi tola qatlamining harakat qonuniyatlari asosida aniqlangan;
kondensorning tola ajratuvchi va zichlovchi valiklari aylanish chastotasining ratsional qiymatlari tola oqimini siqilish zonasidagi harakat qonuniyatlari hamda valiklarning geometrik parametrlari bog‘lanishlarining tahlili asosida aniqlangan;
tola kondensorini yuqori ish unumdorligini ta’minlovchi to‘rli baraban aylanish tezligi, to‘rli baraban va tola ajratuvchi valik orasidagi masofa, to‘r teshikchalari orasidagi masofalarning qiymatlari aniqlangan va o‘zaro bog‘lanishlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan tolani ajratish uchun mo‘ljallangan kondensor yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
takomillashtirilgan tola kondensori qurilmasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi korxonalarda, shu jumladan, Jizzax viloyatidagi “Mirzachul Agroklaster Group” MChJ tarkibidagi Mirzacho‘l paxta tozalash korxonasida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 05 iyundagi № 03/25-1184 ma’lumotnomasi). Natijada kondensorning unumdorligi 6 t/soat gacha oshirilib, iste’mol qilinadigan quvvat 5,5 kVt gacha kamaytirildi. Shu bilan birga, tolani ajratish jarayonida aerodinamik parametrlar yaxshilanib, yuqori navli tolaning ajratilishi ta’minlandi va tolalar sifati O‘zDSt 604:2016 standartiga muvofiq “Yaxshi” toifadagi mahsulot sifatida 5,0 % ga oshirishga imkoniyat yaratilgan.