Hazratova To‘lg‘anoy Yashin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tajribalar va nazariy usullar orqali paxta iplarining nochiziq mexanik xususiyatlarini aniqlash” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.01 – “To‘qimachilik va engil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2695.
Ilmiy rahbar: Ismoilova Sabida Isroilovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, Valieva Zulfiya Faxriddinovna, PhD dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxta iplarining cho‘zilish jarayonidagi dastlabki taranglik, cho‘zish bazasi va harakatlanish tezliklarini inobatga olgan holda, ularning mustahkamligini aniqlash va baholash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta iplarini uzilishgacha cho‘zishdagi deformatsiyalanish va uzilishini tahlil qilish natijasida, Eyring modeliga asoslangan ip cho‘zilishining fizik nochiziq xususiyatlarini aniqlovchi matematik model ishlab chiqilgan;
harakat tezligi, qisqichlar orasidagi masofa uzunligi va dastlabki taranglik kuchiga bog‘liq ravishda iplarning deformatsiya modullari o‘zgarishida kuzatilgan “botiqlik” hodisasi ro‘y berishi va bu hodisaning deformatsiya tezligiga bog‘liqligi aniqlangan;
iplarning nochiziq deformasiyalanish va uzilish jarayonlarining, ipning mexanik hamda geometrik xarakteristikalariga bogʻliq ravishda ishlab chiqilgan matematik modelning nochiziq parametr qiymatlari aniqlangan;
ip cho‘zilganda unda yuzaga keladigan nochiziq to‘lqin jarayonlari va rezonans hodisalarini tahlil qilish asosida ipning uzunligi bo‘ylab kuchlanishlarning notekis taqsimlanishi natijasida yuzaga keladigan o‘zgaruvchan chastotali tebranishlar va ipning uzilish bog‘lanishlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: To‘qimachilik sanoati texnologik jarayonlarida ipning deformatsiyalanish tezligi va dastlabki taranglik kuchini hisobga olib paxta iplarining mustahkamlik nazariyasini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxta ipining mustahkamligini aniqlash va baholashning takomillashtirilgan usuli «FERGANA GLOBAL TEXTILE» va «FAZO GROUP» MChJ korxonalarida joriy etilgan. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025 yil 26-maydagi № 03/25-1116 son ma’lumotnomasi). Natijada to‘quv jarayonida ipning uzilishlar sonini kamaytirish hisobiga dastgohning foydali ish koeffisienti 21% ga oshirilgan.