Qurbonov Ro‘zimboy Toxirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ikki qavatli arqoqli trikotaj to‘qimalar olish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3 PhD/T4916.
Ilmiy rahbar: Mirusmanov Baxtiyar, DSc, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Avazov Komiljon Rahmatovich; Usmonqulov Sharofjon Qodirqulovich, PhD.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yassi ikki ignadonli zamonaviy trikotaj to‘quv mashinasida ikki qavatli arqoqli trikotaj to‘qimalar olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikki qavatli arqoqli trikotaj to‘qimalarini yassi ignadonli trikotaj mashinalarining texnologik imkoniyatlaridan foydalangan holda trikotaj to‘qimasini olishning takomillashgan texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ikki qavatli sifat ko‘rsatkichlari yuqori deb topilgan arqoqli trikotaj to‘qimalarini texnologik ko‘rsatkichlariga va fizik-mexanik xossalariga arqoq ipini chiziqiy zichligini ta’sir bo‘yicha bog‘lanishlar ishlab chiqilgan;
ikki qavatli sifat ko‘rsatkichlari yuqori deb topilgan arqoqli trikotaj to‘qimalari tarkibidagi arqoq iplarini to‘qimada mustahkam mahkamlanganlik darajasi maxsus moslamada aniqlangan;
ikki qavatli sifat ko‘rsatkichlari yuqori deb topilgan arqoqli trikotaj to‘qimalari tarkibidagi arqoq ipini to‘qima asosida mustahkam mahkamlanganligiga ta’sir etuvchi omillarini qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: ikki ignadonli yassi fang trikotaj to‘quv mashinasida ikki qavatli arqoqli to‘qimalar olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
ikki qavatli arqoqli to‘qimalar olish texnologiyasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi “Riviera textile” MChJ, «Mergancha textile-service» MChJ, korxonalariga tadbiq etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 20-iyuldagi № 02/25-1761 sonli ma’lumotnomasi). Natijada trikotaj mahsulotlari assortimentini kengaytirish, sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash va xomashyo sarfini 15 % kamaytirishga, mahalliy korxonalarda ichki va tashqi bozorga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.