Erkinov Burxonjon Xaydarali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston respublikasi sharoitida foydalanilayotgan lokomotivlarining tortuv elektr mashinalari va apparatlari markazlashtirilgan havo ta’minoti tizimini takomillashtirish, 05.08.05 – “Temir yo’llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: № B2024.3.PhD/T4957
Ilmiy rahbar: Xamidov Otabek Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Pirmatov Nurali Berdiyorovich, texnika fanlari doktori, professor; Radjibaev Davron Oktambaevich, texnika fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston temir yo‘llarida foydalanilayotgan lokomotivlar tortuv elektr mashinalari va apparatlarining markazlashtirilgan sovutish tizimi havosini tozalash jarayonini takomillashtirish orqali ulardan foydalanish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor lokomotivlar inersiyali havo tozalash filtrining asosiy konstruktiv parametrlarini inobatga olgan holda, aerodinamik xususiyatlari va samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini beruvchi chekli hajmli modeli ishlab chiqilgan.
lokomotivlarning tortuv elektr mashinalari sovutish tizimida qo‘llaniladigan havo tozalagichlarning asosiy konstruktiv parametrlarini aniqlash usuli havo oqimi va chang zarrachalarining inersiyali cho‘kish nazariyasi qonuniyatlari asosida takomillashtirilgan;
inersiyali havo tozalash filtrlarida havo oqimining harakatlanishida yo‘nalishini o‘zgartirishi hisobiga aerodinamik qarshiliklarni kamaytirish va havo tozalash samaradorligi ko‘rsatkichlarining bog‘liqligini ifodalovchi matematik modeli ishlab chiqilgan;
lokomotivlarning tortuv elektr mashinalari havo ta’minoti tizimi ish samaradorligini oshirish imkonini beruvchi havo tozalash filtrining aerodinamik xususiyatlari va filtrlash samaradorligini laboratoriya sharoitida sun’iy hosil qilingan changli havo oqimi yordamida aniqlash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lokomotivlar tortuv elektr mashinalari va apparatlarining sovutish tizimini ishonchliligini oshirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
lokomotivlarning tortuv elektr mashinalari va appartlari markazlashtirilgan havo ta’minoti tizimini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar natijalari hamda sovutish tizimida qo‘llaniladigan havo tozalagichlarning asosiy texnik parametrlarini aniqlash imkonini beruvchi usuli “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ lokomotiv depolari sharoitida joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 16-apreldagi 4/E542-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, lokomotivlarning havo tozalash tizimi samaradorligi va tortuv elektr dvigatellarining ishlash ishonchliligini oshirish imkoniyati yaratilgan.
havo tozalash filtrlarining aerodinamik va filtrlash xarakteristikalarini laboratoriya sharoitida aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan usul hamda ilmiy asoslangan texnik echimlar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ ning 2TE116 rusumli teplovozlarini havo ta’minoti tizimini samaradorligini oshirish bo‘yicha sinov ishlarida joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 16-apreldagi 4/E542-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, havo ta’minoti tizimida aerodinamik qarshilik havo sarfining maksimal qiymatida 1000 Pa dan oshmasligi, sovutish havosining tozalanish darajasi (chang zarrachalarining o‘lchami 5 mkm katta bo‘lganda) 85% dan yuqori tozalanishi aniqlangan.