INAGAMOV Sabitdjan Yakubjanovich: «Natriykarboksimetilsellyuloza asosida farmatsevtikaga mo‘ljallangan polikomplekslarning texnologiyasini ishlab chiqish» (02.00.07 – texnika fanlari) - Umumiy va noorganik kimyo instituti (manzil: 100170, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 77-a uy. Tel.: (99871) 262-56-60; faks: (99871) 262-79-90; e-mail: ionxanruz@mail.ru, (dissertatsiya rus tilida).
Ilmiy maslahatchi: Muhamedov G‘ofirjon Isroilovich
Rasmiy opponentlar: Ibodullaev A.S., Raxmanberdiev A. , Muxitdinov B.F.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
I. Tadqiqotning maqsadi maxalliy, arzon, qulay va sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan polimerlar asosida polikompleks va polikompleks kompozitlarini olishning qonuniyatlarini o‘rganish va samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
II. Dissertatsiya natijalarini ilmiy yangiligi: natriykarboksimetilsellyuloza va mochevinoformal`degid oligomeri yordamida «PKG-1» olishning optimal nisbatlari va texnologik parametrlari aniqlangan va uning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan;
polikompleks membranalarini mexanik, ul`trafil`tratsion, suvda bo‘kuvchanlik, sorbsion xossalarini va membrananing teshiklar o‘lchamini boshqarish mumkinligi aniklangan;
natriykarboksimetilsellyuloza va mochevinoformal`degid oligomeri yordamida olingan polikompleks kompozitlarini yumshoq dori vositalari uchun asos sifatida ishlatish mumkinligi o‘rganilgan va ularning tuzilishi va xossalarini yo‘nalishli boshqarish ilmiy asoslab berilgan;
natriykarboksimetilsellyuloza makromolekulalarining destruksiyasi mochevino-formal`degid oligomeri bilan sekinlashtirish mumkinligi aniklangan;
natriykarboksimetilsellyuloza va mochevinoformal`degid oligomeri yordamida olingan «PKG-1» ni ta’siri uzaytirilgan yumshoq dori vositalari uchun asos sifatida qo‘llashning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan va tatbiq etilgan.
III. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari va ularning samaradorligi. Natriykarboksimetil-sellyuloza va mochevinoformal`degid oligomeriasosida«PKG-1» gelli asos ishlab chiqilgan va uning texnik shartlari «Uzstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (2009 yil 24 noyabrdagi TSh42–019:2009), O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan yumshok dori vositalari uchun asos sifatida qo‘llanishga ruxsat etilgan (2009 yil 28 yanvardagi 01-10 sonli guvohnomasi). «PKG-1» gelli asos «Uzfarmsanoat» Davlat aksionerlik kompaniyasi tasarrufidagi «Galenika» MChJ ishlab chiqarish korxonasiga joriy etilib, yillik iktisodiy samara 500 mln. so‘mni tashkil kilgan («Uzfarmsanoat» Davlat aksionerlik kompaniyasining 2014 yil 24 noyabrdagi MD-06/1967- 1 sonli ma’lumotnomasi).