Arabova Zarina Abdixalimovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyo asosida Na-monoxloratsetat olish jarayonlari tadqiqi va uning asosida olingan sellyuloza efirlarini fizik-kimyoviy xossalari», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/K707.
Ilmiy rahbar: Murodov Muzaffar Muradovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti MChJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Nurqulov Fayzulla Nurmo‘minovich, texnika fanlari doktori, professor; Eshqurbonov Furqat Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti  .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida Na-monoxlorasetat  sintezi va uning asosida sellyuloza efirlarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolar asosida sirka kislotani xlorlash reaksiyasi yordamida monoxlorsirka kislota sintez qilish jarayonining maqbul sharoitlari aniqlangan va hosil bo‘lgan kislotani natriy karbonat yordamida neytrallash asosida Na-monoxloratsetat olingan;
mahalliy xomashyolar asosida sintez qilingan monoxlorsirka kislotadan suvli eritmadagi pH qiymati 5 dan 6,4 gacha bo‘lgan 5 xil markadagi Na-monoxlorasetat olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
mahalliy xom ashyolardan sintez qilingan Na-monoxlorasetat va sellyuloza asosida sellyuloza efirlari olingan hamda neft sanoatining burg‘ulash jarayonida stabilizator sifatida qo‘llash mumkinligi isbotlangan. 
turli fraksiyalardagi Na-monoxloratsetat ishtirokida olingan Na-KMS va PAS larning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlangan hamda Na-monoxlorasetat va undan sellyuloza efirlarini olishning innovatsion texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyo asosida Na-monoxlorasetat olish jarayonlari tadqiqi va Na-monoxlorasetatning turli fraksiyalaridan sellyulozaning efirlarini olish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mahalliy xomashyo asosida hamda to‘qimachilik korxonalarining tolali chiqindilari asosida olingan Na-KMS Sho‘rtan neft gaz qazib chiqarish boshqarmasida burg‘ulash qorishmalari olishda amaliyotga joriy etilgan (Sho‘rtan neft gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2025 yil 28 yanvardagi OP 25/ED-333-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Na-KMS neft-gaz sohasida qo‘llaniladigan kompleks xossali qimmatli organik birikmalar, jumladan burg‘ulovchi qorishmalarda ingibitor tarkibli stabillovchilar olish imkonini bergan;
mahalliy xomashyolar asosida sintez qilingan polianionli sellyuloza (PAS)  Sho‘rtan neft gaz qazib chiqarish boshqarmasi burg‘ulash qorishmalari uchun stabillovchi reagent sifatida amaliyotga joriy etilgan (Sho‘rtan neft gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2025 yil 28 yanvardagi OP 25/ED-333-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolardan olingan PAS neft-gaz sohasida qo‘llaniladigan burg‘ulovchi qorishmalar tarkibidagi improt qilinadigan reagentni mahalliy reagent bilan almashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish