Allamuratova Ayjamal Jumamuratovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Markaziy Qizilqum past navli fosforitlarini kislotali qayta ishlash asosida murakkab o‘g‘itlar olishning moslashuvchan texnologiyalarini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/T841.
Ilmiy maslahatchi: Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafaat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Nurmurodov Tulkin Isamurodovich, texnika fanlari doktori, professor; Sherqo‘ziev Doniyor Shermamatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: flotatsion kaliy xloridini konversiyalash va Markaziy Qizilqum fosforitlarini kislotali qayta ishlash asosida tovar xususiyatlari yaxshilangan kaliy nitrati va kompleks o‘g‘itlar olishning chiqindisiz, moslashuvchan texnologiyasini hamda optimal texnologik parametrlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kaliy nitrati va tovar xossalari yaxshilangan kompleks o‘g‘itlar olish bilan kaliy tuzlari va sulfoko‘mir ishtirokida past navli fosforitlarni sul`fat va nitrat kislotali parchalash va kalsiy nitratni konversiyalash jarayonining texnologik parametrlarining maqbul sharoitlari aniqlangan;
N+, (1/2)Sa2+//NO3-, (1/3)PO43-–N2O, i 2K+,Sa2- //2CI-,2NO3—H2O sistemalaridagi eruvchanlik diagrammalarini tahlil qilish asosida kaliy nitrat va yangi turdagi murakkab o‘g‘itlarni olishning moslashuvchan texnologiyasi ishlab chiqilgan;
azotfosforkalsiy o‘g‘itlariga qo‘shilgan qo‘shimchalarning samaradorlik qatori K2SO4>K2HPO4>KH2PO4>(NH4)2HPO4>NH4H2PO4>KCl>(NH4)2SO4> NN4Sl tuzilgan, hamda ushbu qatorda kuchli gigroskopik xususiyatdan kam gigroskopik xususiyatlarga o‘tishi aniqlangan;
nitrokalsiyfosfatli o‘g‘itlarni sul`fat kislota va karbamid, kaliy xloridi kabi noorganik tuzlar bilan kondisionirlash bo‘yicha yangi ma’lumotlar olingan va fizik-kimyoviy hamda tovar xossalari yaxshilangan (mahsulotning gigroskopik nuqtasi 36 dan 63% gacha oshadi) kompleks o‘g‘itlar olish jarayoniga texnologik parametrlarning ta’siri qonuniyatlari o‘rganilgan va gigroskopiklik koeffisienti 10,8 dan 5,7 gacha kamayishi aniqlangan;
texnologik parametrlarning murakkab suspenziyalarning reologik xususiyatlariga ta’siri aniqlangan va ushbu jarayonda 140-180oS haroratda 10-20 daqiqa davomida oquvchanligini yo‘qotgan, ammo KS1 qo‘shilgandan keyin qotib qolmaydigan va quyuqlashmaydigan harakatchan eritma hosil bo‘lishi isbotlangan;
Markaziy Qizilqum past navli yuqori karbonatli fosforitlarini sulfoko‘mir, mineral tuzlar ishtirokida nitrat- va nitrat-sul`fat kislotali qayta ishlash asosida kaliy nitrati va sifatli kompleks o‘g‘itlar olishning moslashuvchan texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Past navli fosforitlarni sul`fat va nitrat kislotali parchalash, keyinchalik sulfoko‘mir va kaliy tuzlarini qo‘shish orqali kaliy nitrati va murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
"O‘zkimyosanoat" AJ tomonidan "Navoiazot" AJning texnik konversion kaliy selitrasi olish bo‘yicha tashkilot standarti tasdiqlangan (Ts 201053370-2:2022). Ushbu standart texnologik jarayon va tayyor mahsulot sifatini nazorat qilish imkonini beradi;
karbonatli fosfat xomashyosini nitrat kislotali boyitish qo‘shimcha mahsuloti – kalsiy nitrati bilan KCl ni konversiyasi asosida kaliy nitrat olish texnologiyasi "Elektrokimyozavod" QK-AJning “2025-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan ("Elektrokimyozavod" QK-AJning 2024 yil 4 noyabrdagi 131-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ildiz va ildizdan tashqari ishlov berish hamda tomchilatib sug‘orishda samarali hisoblangan import o‘rnini bosuvchi xlorsiz NK-o‘g‘iti ishlab chiqish imkonini beradi;
fosfat xomashyosini nitrat va sul`fat kislotalari aralashmasi bilan ishlov berish yo‘li bilan nitrokalsiyfosfat o‘g‘itini (NKFO‘) va/yoki NKFO‘ donalarini sul`fat kislotasi bilan ishlov berish orqali yaxshilash texnologiyasi "Elektrokimyozavod" QK-AJning “2025-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan ("Elektrokimyozavod" QK-AJning 2024 yil 4 noyabrdagi 131-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, NKFO‘ning tarkib va xossalarini sul`fat kislotasi, azot va kaliy tuzlarida yaxshilash imkoniyati yaratiladi;
MQ fosforitlarini sulfoko‘mir ishtirokida nitrat kislotali qayta ishlash asosida Supergumofos va Supergumofoska olish texnologiyasi "ALBASE" MChJning “2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025 yildagi 22 avgustdagi 07-04/10-08/2715-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sho‘rlangan tuproqlarda samarali bo‘lgan eksportbop gumatli va kompleks o‘g‘itlar yaratish imkonini beradi.