Umrzaqov Bexzot Buronovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Bo‘lajak texnologik ta’limi o‘qituvchilarida zamonaviy kasbiy sifatlarni virtual texnologiyalar orqali rivojlantirish mazmunini takomillashtirish” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.4.PhD/Ped4058
Ilmiy rahbar: Xodjaeva Dilnoza Shavkatovna filologiya fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti PhD.03/29.12.2022.Ped.132.02
Rasmiy opponentlar:
Qo‘ysinov Odil Almuratovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Xanbabaev Xakimjon Ikromovich pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak texnologik ta’limi o‘qituvchilarida zamonaviy kasbiy sifatlarni virtual texnologiyalar orqali rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
bo‘lajak texnologik ta’limi o‘qituvchilarining o‘quv faoliyatini mustaqil boshqarish mexanizmlari texnologik ta’limga xos funksiyalarga metodik munosabatning ko‘pdarajali va integrativ namoyon bo‘lish dinamikasi dialektligining kasbiy nuqtai nazardan dominantligi aniqlashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’limi o‘qituvchilarida zamonaviy kasbiy sifatlarni virtual texnologiyalar orqali rivojlantirish mazmuni zamonaviy kompyuter dasturlari, elektron adabiyotlar, lokal tarmoq, virtual chizmalar kabi vositalar asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’limi o‘qituvchilarida zamonaviy kasbiy sifatlarni virtual texnologiyalar orqali o‘qitish hamda ta’lim jarayonini modifikatsialash asosida texnologik ta’limning intentivligini va struktur imkoniyatlarini qat’iy belgilash asosida takomillashtirilgan;
zamonaviy ta’lim diagnostikasi talablariga muvofiq bo‘lajak texnologik ta’limi o‘qituvchilarida zamonaviy kasbiy sifatlarni virtual texnologiyalar orqali shakllanganlik darajasi talabalarning o‘quv loyihalarini refleksiv hamda forsayt baholash orqali ijodiy, erkin va majburiy tarzda belgilangan ball ko‘rsatkichlariga muvofiq qo‘yilgan ballar bo‘yicha darajalashish imkoniyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak texnologik ta’limi o‘qituvchilarida zamonaviy kasbiy sifatlarni virtual texnologiyalar orqali rivojlantirish mazmunini takomllashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak texnologik ta’limi o‘qituvchilarining o‘quv faoliyatini mustaqil boshqarish mexanizmlari texnologik ta’limga xos funksiyalarga metodik munosabatning ko‘pdarajali va integrativ namoyon bo‘lish dinamikasi dialektligining kasbiy nuqtai nazardan dominantligi oid taklif va tavsiyalari “Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i) Natijada talabalarning o‘quv faoliyatini mustaqil boshqarishga oid amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan;
bo‘lajak texnologik ta’limi o‘qituvchilarida zamonaviy kasbiy sifatlarni virtual texnologiyalar orqali rivojlantirish mazmuni zamonaviy kompyuter dasturlari, elektron adabiyotlar, lokal tarmoq, virtual chizmalar kabi vositalarga doir amaliy tavsiyalari “Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘i) Natijada oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining zamonaviy kasbiy sifatlari zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida takomillashgan.
bo‘lajak texnologik ta’limi o‘qituvchilarida zamonaviy kasbiy sifatlarni virtual texnologiyalar orqali o‘qitish hamda ta’lim jarayonini modifikatsialash asosida texnologik ta’limning intentivligini va struktur imkoniyatlarini qat’iy belgilashga oid taklif-tavsiyalari “Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘i). Natijada bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining zamonaviy kasbiy sifatlarini virtual texnologiyalardan foydalanish orqali takomillashtirish mexanizmlari bir butun tizimga solishga erishilgan.
zamonaviy ta’lim diagnostikasi talablariga muvofiq bo‘lajak texnologik ta’limi o‘qituvchilarida zamonaviy kasbiy sifatlarni virtual texnologiyalar orqali shakllanganlik darajasi talabalarning o‘quv loyihalarini refleksiv hamda forsayt baholash orqali ijodiy, erkin va majburiy tarzda belgilangan ball ko‘rsatkichlariga muvofiq qo‘yilgan ballar bo‘yicha darajalashni aniqlashga oid taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “O‘zbekiston yoshlari” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda samarali foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 18-dekabrdagi 02-13-1924-son ma’lumotnomasi) Natijada, ishlab chiqilgan metodik yondashuvlarning keng miqyosida ommalashtirishga erishilgan.