Valiev Ulug‘bek Kodirovich
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yarimo‘tkazgichlar fizikasini innovatsion texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1947
Ilmiy rahbar: Tursunmetov Komil Axmedovich, fizika - matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon davlat texnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2020.T.124.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Azimova Ziyoda Ergashovna, pedagogika fanlari doktori, professor, Mamadalieva Lola Kamildjanovna texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Oliy o‘quv yurtlarida “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” fanining axborot texnologiyalari asosida samarali o‘qitish metodikasini ishlab chiqish va takomillashtirish, elektron darsliklar, virtual laboratoriya mashg‘ulotlari va masalalar to‘plami asosida ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tyarimo‘tkazgichlar fizikasini o‘qitishning pedagogik-didaktik tamoyillari fizika fanining nazariy, amaliy va tadqiqotchilik jihatlarini integratsiyalashtirish asosida qayta ko‘rib chiqilib, o‘quv jarayonining kibernetik boshqaruv tizimi va raqamli muhit bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlovchi innovatsion-didaktik model ishlab chiqilgan.
yarimo‘tkazgichlar fizikasi fanini o‘qitish metodikasining ilmiy asoslari talabalarning kognitiv faolligini oshirish, fizik hodisalarni kompyuter muhitida modellashtirish va tadqiqot usullarini qo‘llash imkoniyatini yaratish orqali takomillashtirilib, o‘quv natijalarining adaptiv tahlil va qayta tiklanish imkoniyatiga ega bo‘lgan funksional o‘qitish algoritmi aniqlashtirilgan.
oliy ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitishda virtual laboratoriya muhitini yaratishning nazariy va amaliy asoslari belgilab berilib, yarimo‘tkazgich hodisalarini (p-n o‘tish, termoelektr effekt, kvant o‘tishlar) vizual va interaktiv tarzda o‘rganishga yo‘naltirilgan interaktiv o‘quv-kompyuter moduli ishlab chiqilgan.
yarimo‘tkazgichlar fizikasi fanini o‘qitishda pedagogik va raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish tizimi o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatini baholash, talabalarda tajribaviy va amaliy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, fanlar integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan innovatsion metodik tavsiyalarni yaratish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida yarimo‘tkazgichlar fizikasini innovatsion texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
yarimo‘tkazgichlar fizikasini o‘qitishning pedagogik-didaktik tamoyillari fizika fanining nazariy, amaliy va tadqiqotchilik jihatlarini integratsiyalashtirish asosida qayta ko‘rib chiqilib, o‘quv jarayonining kibernetik boshqaruv tizimi va raqamli muhit bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlovchi innovatsion-didaktik model ishlab chiqishga oid takliflardan «Umumiy fizika» nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetining 2024-yil 9-iyldagi 0102571-son buyrug‘i №571-42 sonli guvohnomasi). Natijada oliy ta’limning o‘quv-metodik ta’minotini boyitishga hamda talabalarning “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” bo‘yicha bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarining rivojlanishiga erishilgan;
yarimo‘tkazgichlar fizikasi fanini o‘qitish metodikasining ilmiy asoslari talabalarning kognitiv faolligini oshirish, fizik hodisalarni kompyuter muhitida modellashtirish va tadqiqot usullarini qo‘llash imkoniyatini yaratish orqali takomillashtirilib, o‘quv natijalarining adaptiv tahlil va qayta tiklanish imkoniyatiga ega bo‘lgan funksional o‘qitish algoritmini aniqlashtirishga oid takliflardan «Umumiy fizika» nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetining 2024-yil 9-iyldagi 0102571-son buyrug‘i №571-41 sonli guvohnomasi). Natijada talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlashga ularning tadqiqotchilik, ijodiy-yaratuvchanlik qobiliyatlarining oshishiga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitishda virtual laboratoriya muhitini yaratishning nazariy va amaliy asoslari belgilab berilib, yarimo‘tkazgich hodisalarini (p-n o‘tish, termoelektr effekt, kvant o‘tishlar) vizual va interaktiv tarzda o‘rganishga yo‘naltirilgan interaktiv o‘quv-kompyuter moduli ishlab chiqishga oid taklif va tavsiyalardan “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi”ni o‘qitish sifatini hamda o‘quvchilarning motivatsion faoliyatini oshirishga qaratilgan virtual laboratoriylarni yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 13 oktyabrdagi 02/01-01-397-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning yarimo‘tkazgichlar fizikasi fanini o‘rganishdagi metakognitiv va gyutogogik kompetensiyalarini oshirishga erishilgan.