Ishonqulova Nargiza Feruzjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Biologik faol qo‘shimcha “Kardiogerb” kapsulasining tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01 - Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Far105.
Ilmiy rahbar: Ashurov Abduraxmon Akbaralievich, farmatsevtika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.04/30.09.2022.Far.134.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Ne’mat Qayumovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Zuparova Zulfiya Axror qizi, farmatsevtika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo va farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy dorivor o‘simliklar: do‘lana mevasi va anjavbor ildizi va ildizpoyasi majmuasidan olingan murakkab tarkibli quruq ekstrakt asosida kardioprotektor ta’sirli kapsula shaklidagi biologik faol qo‘shimcha texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor do‘lana va anjabor dorivor o‘simliklari majmuasidan murakkab tarkibli quruq ekstrakt olishning ilmiy asoslangan texnologiyasi ishlab chiqilgan;
murakkab, do‘lana mevasi va anjabor ildiz, ildizpoyasi tarkibli quruq ekstrakt tarkibidagi fdavonoidlar, gall kislota, vitaminlar, aminokislotalar, makro va mikro elementlar miqdori quruq ekstraktga to‘liq ajralib chiqganligi zamonaviy tahlil usullari yordamida isbotlangan;
ilk bor murakkab tarkibli quruq ekstrakt asosidagi, yurak qon-tomir kasalliklarini profilaktikasi uchun mo‘ljallangan BFQ kapsula shaklining ilmiy asoslangan tarkibi tanlangan va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ilk bor murakkab tarkibli quruq ekstrakt asosida olingan kapsula BFQning sifatini baholash usullari ishlab chiqilgan va sifat me’yorlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Do‘lana mevasi va tepalik anjabori ildizi va ildizpoyasidan olingan murakkab tarkibli quruq ekstrakt va undan kardioprotektor ta’sirli BFQ ning kapsula texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«KardioGerb» biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan (TI 018579371-011:2025). Natijada, kardioprotektor ta’sirli kapsula shaklidagi BFQni ishlab chiqarish imkonini bergan;
o‘tkazilgan toksikologik sinovlar natijasida Do‘lana mevasi va anjabor ildizi va ildizpoyasidan olingan murakkab tarkibli quruq ekstrakt asosida olingan kardioprotektor ta’sirli kapsula shaklidagi BFQning zaharli emasligi hamda samaradorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi Sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasining ijobiy xulosalari olingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasining 2025 yil 2 sentyabridagi 244 -, 245-sonli xulosalari). Natijada, zararsiz va ishonchli faollikka ega kardioprotektor ta’sirli kapsula shaklidagi BFQ ishlab chiqarish imkonini bergan.