Eshbobaev Jaloliddin Abdurazzaqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oqova suvlarni tozalash jarayonini intellektual boshqarish usullari va algoritmlari”, 05.01.08-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4873.
Ilmiy rahbar: Xamidov Baxodir Tadjiddinovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc. 03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Jaloliddin Paxritdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Alimova Gulchexra Raximjonovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sanoat oqova suvlarini ion-almashinadigan smolalar yordamida tozalash jarayonini intellektual boshqarish modellari va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat oqova suvlarini ion-almashinish smolalari yordamida tozalash jarayonida suv qattiqligi va umumiy erigan minerallar miqdorining dinamik o‘zgarishini aniqlik bilan bashorat qilish imkonini beruvchi stexiometrik matrisalar usuli asosida kinetik va imitatsion model ishlab chiqilgan;
noaniqlik va ma’lumotlar etishmasligi sharoitida suv konsentratsiyasining tasodifiy o‘zgaruvchanligi va kuzatiladigan tashqi ta’sirlarni inobatga olgan holda sanoat oqova suvlarini tozalash jarayonini noqat’iy mantiqiy xulosa usullari asosida intellektual boshqarish tizimini sintezlash algoritmlari ishlab chiqilgan;
dinamik obekt xossalari va tashqi ta’sirlarning joriy vaqtdagi noaniqligi hamda ehtimoliy tabiatini inobatga olgan holda neyro-noqat’iy mantiqiy rostlagichning sozlash parametrlarini gibrid va metaevristik usullar asosida optimallashtirish algoritmlari ishlab chiqilgan;
jarayonning texnologik parametrlarini real vaqt rejimida monitoring qilish asosida chiqayotgan suv konsentratsiyasini belgilangan diapazonda barqaror ushlab turish va tizim energiya sarfini minimallashtirish imkonini beruvchi intellektual boshqarish tizimi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oqova suvlarni tozalash jarayonini intellektual boshqarish modellari va algoritmlarini sintezlash boʻyicha olingan natijalar asosida:
oqova suvlarni tozalash jarayonining texnologik parametrlarini optimal qiymatlarini taʼminlovchi raqamli boshqarish tizimi “ANVARJON BIZNES INVEST” AJda joriy qilingan (“O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi”ning 2025-yil 9-sentyabrdagi 03-03/1-8990-son ma’lumotnomasi). Natijada, axborotlarni qayta ishlash vaqtini 1,2 % ga kamaytirish hisobiga, jarayonni boshqarishda natijalarni olish va qaror qabul qilishning tezligini 1,4 % ga oshirish imkonini bergan;
oqova suvlarni tozalash jarayonining boshqariluvchi texnologik parametrlarini reglamentga mos ravishda ushlab turishni taʼminlovchi mikrokontrollerli boshqarish tizimi hamda dasturiy majmuasi “ANVARJON BIZNES INVEST” AJda joriy qilingan (“O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi”ning 2025-yil 9-sentyabrdagi 03-03/1-8990-son ma’lumotnomasi). Natijada, energiya sarfini 1.2-2 % ga kamaytirish imkonini bergan.