Yusupov Ilhamdjan Ibragimovichnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i: «O‘zbekistonning qurg‘oqchil ekotizimlarida o‘simliklar etishtirishning resurs tejamkor texnologiyalardan  foydalanishning ekologik  tamoyillari», 11.00.05-Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5803.
Ilmiy rahbar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon Davlat texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi PhD.02/30.04.2021.T.79.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sultasheva Orolhon Gengebaevna qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, Abilova Amina Janabaevna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning qurg‘oqchil ekotizimlarida o‘simliklar etishtirishning resurs tejamkor texnologiyalardan foydalanishning ekologik tamoyillarini baholashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
          birinchi marotaba o‘simlik ko‘chatlarini etishtirish uchun paxta tozalash zavodlarining sanoat chiqindilarini mexanik presslash orqali hosil qilingan substratli stakanlarda biogumusdan foydalanish usuli takommillashtirilgan  (IAP 06653);
           o‘simlik ko‘chatlarini etishtirish uchun substratli stakanlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mexanik presslar ishlab chiqarilgan; 
           birinchi marotaba paxta tozalash zavodlarining sanoat chiqindilari qayta ishlanib, o‘simlik ko‘chatlarini etishtirishga mo‘ljallangan substratli stakanlar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan;
birinchi marotaba cho'llanish va sho'rlanish sharoitida o‘simlik ko‘chatlarini etishtirishda texnologik echim sifatida paxta tozalash zavodlarining sanoat chiqindilarini mexanik presslash orqali hosil qilingan substratli stakanlarni qo‘llash usuli yaratilgan;
chiqindilarni chirishi natijasida hosil qilingan gumus tarkibi zamonaviy Avio-200 ISP–OES induktiv bog‘langan plazmali optik emission spektrometrda tahlil qilinib, uning tarkibida 24 xildagi kimyoviy elementlar va ularning miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonning qurg‘oqchil ekotizimlarida o‘simliklar etishtirishning resurs tejamkor texnologiyalardan  foydalanishning ekologik  tamoyillari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Paxta zavodi chiqindilari va biogumus asosida sabzavot ekinlari ko‘chatlarini etishtirishga mo‘ljallangan stakanlarni ishlab chiqarish va ko‘chat etishtirish bo‘yicha va paxta tozalash korxonalarida sanoat chiqindilarini hosil qiluvchi manbalarni va ularda hosil bo‘ladigan chiqindilar miqdorini aniqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligiga joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligiga joriy qilish to‘g‘risidagi 2025 yil 10 maydagi 05/06-02-448 son Ma’lumotnoma). Natijada paxta tozalash zavodlarining ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash va o‘simlik ko‘chatlarini etishtirish uchun stakanlar ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi hisoblab chiqilib, har gektarga 106202,44 so‘mni tashkil etgan.
Paxta tozalash zavodi chiqindilari, biogumus va qumdan foydalanib - gul tuvaklarda o‘simliklar etishtirish natijasida chirindiga aylangan chiqindi namunasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga joriy etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga joriy qilish to‘g‘risidagi 2025 yil 23 may № 03-03/1-03/3-5039 son Ma’lumotnoma). Natijada mexanizatsiyalash orqali amalga oshirilayotgan texnologik jarayonlarni qisqartirish hisobiga har gektar erdan olinadigan iqtisodiy samaradorlik 1 million 300 ming so‘mni tashkil etigan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish