Djuraeva Iroda Bahrom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Iqtisodiy zonalarda investision faoliyatni takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2964
Ilmiy rahbar: Xusanov Durbek Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Burxonov Aktam Usmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bakieva Iroda Abdushukurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini moliyalashtirishda investision resurslar faolligini oshirish yo‘llariga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarlar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiy zonalarda investision faoliyatni takomillashtirishda sanoat zonalari hududida realizatsiya qilinadigan er uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi uchun to‘lovni to‘liq amalga oshirgan investorlar uchun ijara huquqini kredit mablag‘larini mazkur hududda loyiha amalga oshirishga yo‘naltirish sharti bilan kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish mexanizmi takomillashtirilgan;
kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini infratuzilma bilan ta’minlashda tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘laridan maqsadli foydalanishni ta’minlovchi, davlat va jamg‘arma mablag‘larini birgalikda jalb etishga asoslangan moliyalashtirish amaliyoti taklif etilgan;
iqtisodiy zonalarda investision faollikni oshirish orqali yo‘l, elektr energiyasi, suv va oqova tizimlari kabi zarur infratuzilmalardan iqtisodiy zonalarda uzlyuksiz foydalanish imkoniyatlarini yaratish, integratsiyalashgan moliyaviy monitoring texnologiyalarini qo‘llash asoslab berilgan;
maxsus iqtisodiy zonalarni dunyoning nufuzli brendlari bilan birgalikda tashkil qilishda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini jadallashtirish, mahalliy va xorijiy investorlar uchun qulay biznes muhitini yaratish hamda texnologik transfer va innovatsion echimlarni milliy ishlab chiqarishga integratsiyalash mexanizmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini moliyalashtirishda investision resurslar faolligini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
iqtisodiy zonalarda investision faoliyatni takomillashtirishda sanoat zonalari hududida realizatsiya qilinadigan er uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi uchun to‘lovni to‘liq amalga oshirgan investorlar uchun ijara huquqini kredit mablag‘larini mazkur hududda loyiha amalga oshirishga yo‘naltirish sharti bilan kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish mexanizmiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 iyundagi PF-153-son “Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyat samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmonida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo sanoat palatasining 2025-yil 3-martdagi 9/02-12-2979-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, sanoat zonalarida investisiya loyihalarini moliyalashtirishda kredit mablag‘larini garov evaziga jalb qilish mexanizmi takomillashtirilgan va investision faollikni 8 foizga oshirishga olib kelingan;
kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini infratuzilma bilan ta’minlashda tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘laridan maqsadli foydalanishni ta’minlovchi, davlat va jamg‘arma mablag‘larini birgalikda jalb etishga asoslangan moliyalashtirish amaliyotiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabrdagi PF-404-son “2024-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo sanoat palatasining 2025-yil 3-martdagi 9/02-12-2979-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, sanoat zonalarining infratuzilma moliyalashtiruvi 10 foizga yaxshilangan va yoshlar tadbirkorlik zonalari uchun yangi moliyalashtirish mexanizmi joriy qilingan;
iqtisodiy zonalarda investision faollikni oshirish orqali yo‘l, elektr energiyasi, suv va oqova tizimlari kabi zarur infratuzilmalardan iqtisodiy zonalarda uzlyuksiz foydalanish imkoniyatlarini yaratish, integratsiyalashgan moliyaviy monitoring texnologiyalarini qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son Farmoniga 1-ilova “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish”da amalga oshirishga oid davlat dasturi 49-bandini takomillashtirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Taraqqiyot strategiyasi markazining 20-may 2024-yildagi 297-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, iqtisodiy zonalarda ishlab chiqarish jarayonlarining uzlyuksizligi ta’minlanib, 2023–2024-yillarda hududlarda 120 dan ortiq yangi investisiya loyihalari amalga oshirildi va 10 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratilgan;
maxsus iqtisodiy zonalarni dunyoning nufuzli brendlari bilan birgalikda tashkil qilishda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini jadallashtirish, mahalliy va xorijiy investorlar uchun qulay biznes muhitini yaratish hamda texnologik transfer va innovatsion echimlarni milliy ishlab chiqarishga integratsiyalash mexanizmlariga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son Farmoniga 1-ilova “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish”da amalga oshirishga oid davlat dasturi 55-bandini takomillashtirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Taraqqiyot strategiyasi markazining 20-may 2024-yildagi 297-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, mamlakatda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini jadallashtirish, mahalliy va xorijiy investorlar uchun qulay biznes muhitini shakllantirish hamda nufuzli xalqaro brendlar ishtirokida ilg‘or texnologiyalar va innovatsion echimlarni joriy qilishga qaratilgan. Shu orqali erkin iqtisodiy zonalarda investision resurslar faolligini takomillashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy mahsulotlarning jahon bozoridagi ulushini kengaytirish imkoni iqtisodiy o‘sishning yangi drayverlarini shakllantirishga yordam bergan.