Rasulova Nazira Anvarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Psoriaz bilan og‘rigan bemorlarda antisitokin terapiyasini patogenetik asoslash”, 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3031.
Ilmiy rahbar: Raxmatov Akram Baratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/28.02.2023.Tib.158.01.
Rasmiy opponentlar: Pakirdinov Adxam Begishevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismailova Adolat Abduraximovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti. 
II. Tadqiqotning maqsadi: psoriazning turli shakllarida sitokin holati va immunologik ko‘rsatkichlarni baholash hamda antisitokin terapiya usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
psoriaz jarayoni og‘irlik darajasi bilan kasallik davomiyligi va premorbid holat mavjudligi o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda psoriatik onixodistrofiyaning psoriatik artrit va boshqa og‘ir dermatoz shakllarini rivojlanishidagi tashxisiy ahamiyati isbotlangan;
immunologik buzilishlar ayrim klinik shakllar bilan bog‘liqligi, shuningdek, ayrim pro- va protivoyallig‘lanish sitokinlari ekspressiyasi bilan psoriazning klinik shakllari va «qiyin» lokalizatsiyalari o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangan;
IgG antinuklear antitelolarning ifodalanish darajasi bilan psoriazning turli shakllari o‘rtasidagi bog‘liqlik, ya’ni autoimmun jarayon kuchayishini ko‘rsatishi isbotlangan;
psoriazning og‘ir shakllarida gen-injener biologik preparat (Sekukinumab)ni qo‘llashni o‘z ichiga olgan davolash algoritmi asoslab berildi, shuningdek, glisirrizin kislotasi (Eksan)ni o‘z ichiga olgan preparatdan foydalanishga asoslangan antisitokin terapiyasining al`ternativ usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Psoriaz bilan og‘rigan bemorlarda immun va sitokin statusi hamda yallig‘lanish reaksiyasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: psoriaz jarayonining zamonaviy klinik xususiyatlarini o‘rganish quyidagilarni ko‘rsatdi: psoriatik artrit holatlari 40,5% gacha ko‘paydi; oddiy shakldagi bemorlarning 62,7% da, artropatik shakldagi bemorlarning esa 82,8% da psoriatik onixodistrofiya uchradi. Bu belgi qo‘shma sindrom rivojlanishining prediktori sifatida qaralishi mumkin; hatto GIBP (gen-injener biologik preparatlar)dan foydalanilganda ham 10% hollarda torpid kechish kuzatildi.Ushbu ma’lumotlar 2022 yil 9 yanvarda Samarqand viloyati hududiy filiali (№53-A buyruq) va Buxoro viloyati hududiy filiali (№11 buyruq) Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi buyruqlari asosida amaliy tibbiyot amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: klinik ko‘rinishlar xususiyatlarini (sub’ektiv hislar, elementlarning ekssudatsiyasi, bosh teri, qo‘l kaftlari va oyoq usti terisidagi lokalizatsiya, psoriatik onixodistrofiya mavjudligi) aniqlash og‘ir dermatoz shakllari, xususan, psoriatik artrit rivojlanish ehtimolini ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: psoriaz jarayoni xususiyatlarini o‘rganish og‘ir shakllarni erta aniqlash va patogenetik terapiyani o‘z vaqtida boshlashga yordam berdi, bu esa asoratlar va residivlarni kamaytirdi, davo muddatlarini qisqartirdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, klinikada bir bemorning bir kunlik davolanishi o‘rtacha 220200 so‘mni tashkil qiladi. 67 nafar bemorni statsionarda davolash xarajatlari 14753400 so‘mga tejaldi.
ikkinchi ilmiy yangilik: turli shakllardagi psoriaz bilan og‘rigan bemorlarda immun va sitokin statusi ko‘rsatkichlarini o‘rganish, ularning psoriaz jarayoni og‘irlik darajasiga bevosita bog‘liqligini ko‘rsatdi. Yallig‘lanish sitokinlari (IL-17 va TNF-α) taxminan 3 martagacha oshdi. Ushbu buzilishlar kasallik og‘irligi va erta debyuti bilan korrelyasiya qildi. Mazkur uslubiy yondashuv ham amaliy tibbiyot amaliyotiga 2022 yil 9 yanvardagi Samarqand viloyati (№53-A buyruq) va Buxoro viloyati (№11 buyruq) hududiy filiallari buyruqlari bilan joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: immun-sitokin statusini tadqiq etish usuli psoriaz bilan og‘rigan bemorlarda erta tashxis va davo samaradorligini oshiradi, og‘ir dermatoz shakllari rivojlanishining oldini oladi. Iqtisodiy samaradorligi: yangi tashxis usuli og‘ir shakllarni erta aniqlashga imkon berib, davolash xarajatlarini ancha qisqartirdi: statsionarda bir bemorni yillik davolash xarajati 30000000 so‘mdan 20000000 so‘mga kamaytirildi; ambulator davolash xarajati esa 16000000 so‘mdan 8000000 so‘mga tushirildi.
uchinchi ilmiy yangilik: psoriaz bilan og‘rigan bemorlarning 63,7% da IgG (dsDNA) antitelolar konsentratsiyasi va 23,5% da IgG (ssDNA) antitelolar konsentratsiyasi oshishi qayd etildi, bu esa psoriazning og‘ir shakllari rivojlanishi bilan bog‘liq edi.Oddiy shaklda dsDNA va ssDNA konsentratsiyasi mos ravishda 27,7±1,9 ME/ml va 23,9±1,1 ME/ml;Artropatik shaklda – 39,1±1,1 ME/ml va 27,2±1,09 ME/ml; Eritrodermiya shaklida – 37,9±1,5 ME/ml va 29,3±1,7 ME/ml ni tashkil etdi.Ushbu ma’lumotlar 2022 yil 9 yanvardagi Samarqand viloyati filiali (№53-A buyruq) va Buxoro viloyati filiali (№11 buyruq) Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi buyruqlari asosida klinik amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: psoriazning turli shakllarida antinuklear antitelo IgG (dsDNA va ssDNA) tadqiqi usuli qo‘llanishi tavsiya etilgan terapiya samaradorligini oshirdi hamda og‘ir dermatoz shakllari rivojlanishining oldini olish imkonini berdi. Bu autoimmun jarayoni kuchayishi va kasallik residivlari ko‘payishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etdi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallik residivini kamaytirish hisobiga immun-sitokin statusini to‘g‘rilash va yallig‘lanish reaksiyasini pasaytirishga erishildi. Hisoblangan yillik iqtisodiy samaradorlik:Tradision usulda statsionar davo xarajati – 30000000 so‘m, ambulator – 16000000 so‘m; Yangi kompleks terapiya usulida esa statsionar – 14566670 so‘m, ambulator – 10200000 so‘m.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qaytaruvchi yallig‘lanishga qarshi preparat – glisirrizin kislotasi (eksan) antisitokin ta’sir ko‘rsatib, standart terapiya samaradorligini 50,1% dan 71,4% gacha oshirish imkonini berdi. Gen-injener biologik preparat (sekukinumab) samaradorligi esa psoriaz bilan og‘rigan bemorlarning 93,7% da kuzatildi, immun va sitokin statusi ko‘rsatkichlari normallashdi.Kompleks davo usuli (sekukinumab bilan) klinik samaradorlikni (PASI 75) 2–3 in’eksiyadan so‘ngyoq ko‘rsatdi va qo‘llovchi terapiya tayinlandi. Ushbu ma’lumotlar ham 2022 yil 9 yanvardagi Samarqand filiali (№53-A buyruq) va Buxoro filiali (№11 buyruq) Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi buyruqlari asosida klinik amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan usul psoriaz bilan og‘rigan bemorlarda yuqori samaradorlik ko‘rsatdi: PASI indeksi ko‘rsatkichlari tez pasaydi, klinik remissiya (PASI 100) ga erishildi, residivlar soni 3 martagacha kamaydi, terapiya samaradorligi esa an’anaviy davo usuliga nisbatan 2 marta oshdi. Shu bilan birga, immun-sitokin statusi va autoimmun jarayon ko‘rsatkichlari (IgG ds-DNA va ss-DNA) da ishonchli pasayish kuzatildi. Iqtisodiy samaradorligi: yangi algoritm joriy etilgandan so‘ng hisoblangan yillik iqtisodiy samaradorlik 85554000 so‘mni tashkil etdi, ishlab chiqilgan usulni joriy qilish xarajatlari samaradorlik koeffisienti – 7,42 ga teng bo‘ldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish