Bazarbaev Sardor Urinboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ko‘p kompleks o‘zgaruvchili ko‘phadsimon akslantirishlarning katta entropiyali o‘lchovlari», 01.01.01 – Matematik analiz (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/FM1390
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Karim Raximov, fizika-matematika fanlari doktori.
Rasmiy opponentlar: fizika-matematika fanlari doktori, akademik Roziqov O‘tkir Abdulloevich (V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika Instituti); fizika-matematika fanlari doktori, professor Duc Viet Vu (Germaniyaning Kӧln universiteti).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘phadsimon akslantirishlar uchun katta entropiyali o‘lchovlarni o‘rganish va maksimal entropiyali o‘lchovning havzasiga nisbatan teng taqsimlanishning yaqinlashish tezligini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘phadsimon akslantirishlar uchun katta entropiyali o‘lchovlarning havzasi Julia to‘plamida joylashishi isbotlangan;
ko‘phadsimon akslantirishlar uchun maksimal entropiyali o‘lchovning havzasiga nisbatan teng taqsimlanishning yaqinlashish tezligi aniqlangan;
maksimal entropiyali o‘lchovning havzasiga nisbatan teng taqsimlanishning yaqinlashish tezligida ixtiyoriy   asos ekanligi isbotlangan;
ko‘phadsimon akslantirishlarning Julia to‘plami uchun Hausdorff o‘lchamining quyi chegarasi topilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tadqiqot davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
maksimal entropiyali o‘lchovning havzasiga nisbatan yaqinlashish tezligi FA-F-4-002 “Subgarmonik funksiyalar va ularning kalibrlangan geometriyadagi minimal sirtlarga tatbiqlari” fundamental ilmiy loyiha doirasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021-yil 30-sentyabrdagi 2/1255-2687-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijaning tatbiqi bizga subgarmonik funksiyalar singari funksiyalarni aniqlash va kalibrlangan geometriyada potensial nazariyani qurish imkonini bergan;
Grin funksiyalari va ularning regulyarligiga oid olingan natijalar UT-OT-2020-1 “Monj–Amper tenglamasi va ekstremal plurisubgarmonik funksiyalar” fundamental ilmiy loyiha doirasida, ya’ni singulyar to‘plamlarda subgarmonik funksiyalarni aniqlash masalalarida qo‘llanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2021-yil 4-oktyabrdagi 04/11-6015-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijaning tatbiqi kompakt to‘plamlarning polyar qobig‘ini aniqlash va funksiyalarning singulyar to‘plamlarda subgarmoniklik xossasini tekshirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish