Mo‘ydinova Maftunaxon Yorqinjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida urf-odat ifodalovchi leksik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4673.
Ilmiy rahbar: Kaxarov Qobil Shuhrat o‘g‘li, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Yulchiev Qahhor Vahobovich, ikkinchi rasmiy opponent sifatida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Yusupov Otabek Yakubovich.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya o‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida urf-odatlarni ifodalovchi leksik birliklarni lingvokulturologik nuqtayi nazardan o‘rganish, ularning leksik-semantik, etnolingvistik va pragmatik xususiyatlarini aniqlash hamda ikki xalq madaniyatidagi umumiylik va farqlarni qiyosiy tahlil qilish orqali milliy o‘ziga xoslikni ko‘rsatish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
lingvokulturologik tadqiqotlarning nazariy manbalari tizimli ravishda tahlil qilinib, til va madaniyatning o‘zaro aloqadorligi, lingvomadaniy birlik, konsept, milliy mentalitet kabi asosiy tushunchalar mazmuni ochib berildi hamda o‘zbek va ingliz tillarida urf-odat leksikasini o‘rganish uchun mustahkam ilmiy-nazariy poydevor yaratilgani asoslangan;
o‘zbek va ingliz tillarida urf-odatlarni ifodalovchi leksik birliklarning lingvokulturologik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinib, ular orqali ikki xalq madaniyatidagi umumiyliklar: mehmondo‘stlik, nikoh, bolaga ism qo‘yish, bayram marosimlari va farqli jihatlar – o‘zbeklarda “aqiqa”, “sunnat to‘yi”; inglizlarda esa “baby shower”, “Easter” kabi marosimlarda ifodalanishi hamda milliy-madaniy tafovutlarning til birliklari tarkibidagi “to‘y”, “feast”, “wedding” kabi leksemalarda, “oq yo‘l”, “tie the knot” singari frazeologizmlar orqali namoyon bo‘lishi aniqlangan;
urf-odat leksikasining lug‘aviy va ma’no qatlamlari lingvosemantik jihatdan o‘rganilib, ularning denotativ va konnotativ mazmuni, shuningdek, xalq madaniyati va qadriyatlarini ifodalashdagi funksional o‘rni hamda madaniy-pragmatik ko‘rinishlar tabu va evfemizmlar, tilak va duolarda ifodalanishi shuningdek marosimga oid muloqot etiketi shakllarida kuzatilishi dalillangan;
o‘zbek va ingliz tillarida urf-odatlarga oid leksik birliklar mavzuviy guruhlar tug‘ilish, nikoh va oilaviy marosim kabilarga ajratilib, milliy marosim va qadriyatlarning nutqda, frazeologik birliklarda hamda badiiy matnlarda ifodalanishi lingvokulturologik va lingvostilistik jihatdan tahlil etilib, mazkur birliklarning xalq qadriyatlarini aks ettirishdagi o‘rni isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida urf-odat ifodalovshi leksik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi natijalari asosida:
o‘zbek va ingliz tillarida urf-odatlarga oid leksik birliklar mavzuviy guruhlarga ajratilib, ularning tematik tizimi ishlab chiqilib, milliy marosim va qadriyatlarning nutqda, frazeologik birliklarda hamda badiiy matnlarda ifodalanishi lingvokulturologik va lingvostilistik jihatdan o‘rganilib, mazkur birliklarning xalq qadriyatlarini aks ettirishdagi o‘rni dalillanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2023-2024-yillarda bajarilgan F3-2019081773 “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi fundamental tadqiqotni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 4-fevraldagi 1/04-183-son ma’lumotnomasi). Natijada, lug‘atning nazariy poydevori mustahkamlanib, undagi leksik birliklarning madaniy-pragmatik izohi yanada mukammallashtirishga xizmat qilgan;
lingvokulturologik tadqiqotlarning nazariy manbalari tizimli ravishda tahlil qilinib, til va madaniyatning o‘zaro aloqadorligi, lingvomadaniy birlik, konsept, milliy mentalitet kabi asosiy tushunchalar mazmuni hamda o‘zbek va ingliz tillarida urf-odat leksikasini o‘rganish uchun mustahkam ilmiy-nazariy poydevor yaratilgani asoslanganligi va o‘zbek va ingliz tillarida urf-odatlarni ifodalovchi leksik birliklarning lingvokulturologik, ular orqali ikki xalq madaniyatidagi umumiylik va farqli jihatlari hamda qiyosiy yondashuv asosida milliy-madaniy tafovutlarning til birliklari tarkibida namoyon bo‘luvchi manba kabi aniqlangan ilmiy va nazariy xulosalardan Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasining 2023-2025-yillarda faoliyat olib borgan “Mindonobod Satellite Access Microscholarship Program” S-UZ800-21-GR-3126 xalqaro amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Farg‘ona tumani xalq ta’limi bo‘limi 62-o‘rta ta’lim maktabining 2025-yil 11-martdagi 8-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek va ingliz tillaridagi urf-odat leksikasining lingvokulturologik xususiyatlari o‘rganilib, ikki xalq madaniyatidagi umumiy va farqli jihatlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etgan;
urf-odat leksikasining lug‘aviy va ma’no qatlamlari lingvosemantik jihatdan o‘rganilib, ularning denotativ va konnotativ mazmuni, shuningdek, xalq madaniyatini va qadriyatlarini ifodalashdagi funksional o‘rni hamda pragmatik ko‘rinishlari ko‘rsatib berilgani haqidagi xulosalardan 2023-2024-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 06-fevraldagi 26-36-953-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur eshittirishlar orqali o‘zbek va ingliz tillarida urf-odatlarni ifodalovchi birliklarning madaniy-pragmatik tafovutlari, til va qadriyatlar o‘zaro bog‘liqligi hamda marosimlarga oid metaforik ifodalarning nutqiy funksiyasi yoritilib, tinglovchilarning madaniy-lingvistik dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilgan.