Tosheva Zebuniso Rustam qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buyrak litogenezining tajriba muddati va jinsga bog‘lik jihatlari», 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5174.
Ilmiy rahbar: Axmedov Kamoliddin Hakimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Aminjon Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Yariev Alisher Alimjonovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: buyraklar litogenezini tadqiqot muddati va organizm jinsiga bog‘liq ravishda rivojlanishini patogenetik asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli muddatlarda va androgenlar etishmovchiligi sharoitidagi tajribaviy nefrolitiaz patogenezida organizmning gormonal foni, ya’ni testosteron miqdorining etishmovchiligi, qonning qovushqoqligining ortishi va aksincha, chiziqli tezlikning pasayishi litogenez jarayonida ahamiyati isbotlangan;
turli muddatlarda va androgenlar etishmovchiligi sharoitidagi tajribaviy nefrolitiazda ba’zi qon fermentlarning (γ-glutamiltranspeptidaza (GGT), laktatdegidrogenaza (LDG), ishqoriy fosfataza (IF)) faollashuvi hamda reologik xususiyatlarning (qovushqoqlikning ortishi, chiziqli tezlikning pasayishi) buzilishi qiyosiy tahlili asosida litogenetik jarayonning rivojlanish mexanizmi asoslangan;
mamlakatimizda ilk bor turli muddatlarda va androgenlar etishmovchiligi sharoitidagi tajribaviy nefrolitiazli hayvonlarda UTT tekshiruvi o‘tkazilib, buyraklardagi struktur o‘zgarishlar, eng muhimi, kuzatuv dinamikasida prolitiaz davrida tuz qatlamlarining paydo bo‘lishi ilmiy jihatdan isbotlangan;
androgenlar etishmovchiligi sharoitidagi tajribaviy nefrolitiazni kuzatuv muddatlarida buyraklardagi patomorfologik jarayonning surunkali kechishi, distrofik, atrofik va sklerotik o‘zgarishlarning ortib borishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buyrak litogenezining tajriba muddati va jinsga bog‘lik jihatlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: turli muddatlarda va androgenlar etishmovchiligi sharoitidagi tajribaviy nefrolitiaz patogenezida organizmning gormonal foni, ya’ni testosteron miqdorining etishmovchiligi, qonning qovushqonligining ortishi va aksincha, chiziqli tezlikning pasayishi litogenez jarayonida ahamiyati isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 13 fevralda 01/354-son bilan tasdiqlangan «Buyrak litogenezining tajriba muddati va jinsga bog‘liq jihatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 05.06.2025 yildagi 135-T-son hamda Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bo‘yicha 09.06.2025 yildagi 83-I-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 4 sentyabrdagi 24/36-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: turli muddatlarda va androgenlar etishmovchiligi sharoitidagi tajribaviy nefrolitiaz patogenezida organizm gormonal foni, ya’ni testosteron miqdorining etishmovchiligi hamda qonning qovushqonligi ortishi va aksincha chiziqli tezligining susayishi litogenez jarayonidagi ahamiyatini baholash orqali buyraklardagi funksional tuzilmalar buzilishini erta aniqlash hamda litogenez jarayonini tashxislash va davolash chora-tadbirlari uchun fundamental asos sifatida xizmat qilish tartibini ishlab chiqish hamda tashxislash tartibini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitda buyrak tosh kasalligi natijasida yuzaga kelgan o‘zgarishlarni tiklash uchun sarflanadigan o‘rtacha 3052000 so‘m mablag‘lar kasallikni erta tashxislash, davolash va asoratlarni oldini olish orqali bemorlarning umr ko‘rish davomiyligini oshirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: turli muddatlarda va androgenlar etishmovchiligi sharoitidagi tajribaviy nefrolitiazda ba’zi qon fermentlarning (γ-glutamiltranspeptidaza (GGT), laktatdegidrogenaza (LDG), ishqoriy fosfataza (IF)) faollashuvi hamda reologik xususiyatlarning (qovushqoqlikning ortishi, chiziqli tezlikning pasayishi) buzilishi qiyosiy tahlili asosida litogenetik jarayonning rivojlanish mexanizmi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 13 fevralda 01/354-son bilan tasdiqlangan «Buyrak litogenezining tajriba muddati va jinsga bog‘liq jihatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 05.06.2025 yildagi 135-T-son hamda Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bo‘yicha 09.06.2025 yildagi 83-I-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 4 sentyabrdagi 24/36-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: turli muddatlarda va androgenlar etishmovchiligi sharoitidagi tajribaviy nefrolitiazda qonda ba’zi fermentlar faollashuvi (γ-glutamiltranspeptidaza (GGT), laktatdegidrogenaza (LDG), ishqoriy fosfataza (IF) hamda reologik xususiyatlari (qovushqoqligi ortib, chiziqli tezligi kamayishi) buzilishining qiyosiy taxlili asosida litogenetik jarayonning rivojlanish mexanizmlari tizimli tartibida ochib berish natijasida xastalikni erta tashxislash orqali uning natijasida yuzaga keladigan asoratlarning oldini olishga sharoit yaratilganligi va xastalikni samarali davolash tizimini shakllantirishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va nogironlikni oldini olishga asos bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitda buyrak tosh kasalligi natijasida yuzaga kelgan o‘zgarishlarni tiklash uchun sarflanadigan o‘rtacha 3052000 so‘m mablag‘lar kasallikni erta tashxislash, davolash va asoratlarni oldini olish orqali bemorlarning umr ko‘rish davomiyligini oshirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: mamlakatimizda ilk bor turli muddatlarda va androgenlar etishmovchiligi sharoitidagi tajribaviy nefrolitiazli hayvonlarda UTT tekshiruvi o‘tkazilib, buyraklardagi struktur o‘zgarishlar, eng muhimi, kuzatuv dinamikasida prolitiaz davrida tuz qatlamlarining paydo bo‘lishi ilmiy jihatdan isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 13 fevralda 01/354-son bilan tasdiqlangan «Buyrak litogenezining tajriba muddati va jinsga bog‘liq jihatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 05.06.2025 yildagi 135-T-son hamda Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bo‘yicha 09.06.2025 yildagi 83-I-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 4 sentyabrdagi 24/36-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: turli muddatlarda va androgenlar etishmovchiligi sharoitidagi tajribaviy nefrolitiazda mamlakatimizda ilk bor hayvonlarda UTT tekshiruvi o‘tkazilgan hamda buyraklarning struktur o‘zgarishlari, eng asosiysi prolitiaz davridayoq tuz qatlamlarining paydo bo‘lishi kuzatuv dinamikasida asosli isbotlangan Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitda buyrak tosh kasalligi natijasida yuzaga kelgan o‘zgarishlarni tiklash uchun sarflanadigan o‘rtacha 3052000 so‘m mablag‘lar kasallikni erta tashxislash, davolash va asoratlarni oldini olish orqali bemorlarning umr ko‘rish davomiyligini oshirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: androgenlar etishmovchiligi sharoitidagi tajribaviy nefrolitiazni kuzatuv muddatlarida buyraklardagi patomorfologik jarayonning surunkali kechishi, distrofik, atrofik va sklerotik o‘zgarishlarning ortib borishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 13 fevralda 01/354-son bilan tasdiqlangan «Buyrak litogenezining tajriba muddati va jinsga bog‘liq jihatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 05.06.2025 yildagi 135-T-son hamda Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bo‘yicha 09.06.2025 yildagi 83-I-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 4 sentyabrdagi 24/36-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: androgenlar etishmovchiligi sharoitidagi tajribaviy nefrolitiaz kuzatuv muddatlarida buyraklarda patomorfologik jarayonning surunkali kechuvi, distrofik, atrofik hamda sklerotik o‘zgarishlarning ortib borishiniing patofiziologik mexanizmi yaratilganligi bilan asoslangan. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitda buyrak tosh kasalligi natijasida yuzaga kelgan o‘zgarishlarni tiklash uchun sarflanadigan o‘rtacha 3052000 so‘m mablag‘lar kasallikni erta tashxislash, davolash va asoratlarni oldini olish orqali bemorlarning umr ko‘rish davomiyligini oshirish natijasida iqtisod qilinadi.