Urakov Djaxongir Rajabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Prokuratura organlarining yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasidagi faoliyatini tashkillashtirish masalalari”, “12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Yu1467. 
Ilmiy rahbar: Djuraev Ixtiyor Baxtiyorovich, yuridik fanlar doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Abzalova Xurshida Mirziyatovna – yuridik fanlar doktori, professor; Dovudova Dilzoda Sulaymanovna – yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi prokuratura organlarining yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasidagi faoliyatini kompleks o‘rganish va tadqiq etish hamda takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish zarurati sababli “huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish”ni prokuratura organlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilash lozimligi asoslantirilgan;
yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishda prokuratura organlarining ishtiroki muhimligi sababli ularning jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda ishtirok etishi “qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha muntazam ravishda aholi bilan uchrashuvlar tashkil etish” orqali amalga oshirilishi lozimligi asoslantirilgan;
prokuratura organlarining yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasidagi faoliyatida axborot tizimlarini joriy etish, davlat organlari va tashkilotlar bilan elektron axborot almashinuv tizimini yo‘lga qo‘yish, bu yo‘nalishdagi faoliyat samaradorligini axborot tizimlaridan foydalangan holda tahlil qilib borish zaruriyati sababli prokuratura organlari faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, nazorat qilish ob’ektlari faoliyatini raqamlashtirish orqali prokuratura organlarining nazorat funksiyalarini takomillashtirish, axborot tizimlari va ma’lumotlar ba’zalarini integratsiya qilish orqali davlat organlari va tashkilotlardan zarur ma’lumotlarni tezkorlik bilan olishni yo‘lga qo‘yish lozimligi asoslantirilgan;
yoshlar bilan manzilli va tizimli profilaktika ishlarini olib borish zaruriyati sababli alohida toifadagi shaxslar, jumladan, yoshlar bilan manzilli, ta’sirchan ishlarni tizimli tashkil qilish mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash va xavfsiz muhitni yaratish borasidagi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilash lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish zarurati sababli “huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish”ni prokuratura organlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilash zarurligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahrir) loyihasi 15-moddasi 1-qismining oltinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025-yil 9-yanvardagi 27/2-4-25-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishni prokuratura organlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanishiga hamda prokuratura organlarining yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishda prokuratura organlarining ishtiroki muhimligi sababli ularning jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda ishtirok etishi “qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha muntazam ravishda aholi bilan uchrashuvlar tashkil etish” orqali amalga oshirilishi lozimligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahrir) loyihasi 73-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025-yil 9-yanvardagi 27/2-4-25-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi prokuratura organlarining yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikning barvaqt oldini olish, profilaktika qilish faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
prokuratura organlarining yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasidagi faoliyatida axborot tizimlarini joriy etish, davlat organlari va tashkilotlar bilan elektron axborot almashinuv tizimini yo‘lga qo‘yish, bu yo‘nalishdagi faoliyat samaradorligini axborot tizimlaridan foydalangan holda tahlil qilib borish zaruriyati sababli prokuratura organlari faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, nazorat qilish ob’ektlari faoliyatini raqamlashtirish orqali prokuratura organlarining nazorat funksiyalarini takomillashtirish, axborot tizimlari va ma’lumotlar ba’zalarini integratsiya qilish orqali davlat organlari va tashkilotlardan zarur ma’lumotlarni tezkorlik bilan olishni yo‘lga qo‘yish lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3 noyabrdagi PF–204-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Raqamli prokuratura – 2030” strategiyasi loyihasi 2-bobi uchinchi, to‘rtinchi va ettinchi xatboshilari loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025-yil 11-noyabrdagi 27/2-308-25-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi prokuratura organlarining yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatida axborot tizimlaridan keng foydalanishga hamda mazkur yo‘nalishdagi faoliyatning tezkorligi, samaradorligi va natijadorligiga xizmat qilgan;
yoshlar bilan manzilli va tizimli profilaktika ishlarini olib borish zaruriyati sababli alohida toifadagi shaxslar, jumladan, yoshlar bilan manzilli, ta’sirchan ishlarni tizimli tashkil qilish mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash va xavfsiz muhitni yaratish borasidagi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilash lozimligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-son qarori bilan tasdiqlangan Kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha manzilli choralar konsepsiyasi 7-bandi to‘rtinchi xatboshisi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025-yil 11-noyabrdagi 27/2-308-25-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi prokuratura organlarining yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati samaradorligini oshirishga va mahallalarda yoshlar bilan manzilli hamda tizimli ishlarni tashkil etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish