Nurullaeva Umida Nuriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xotin-qizlarning ijtimoiy kayfiyati sotsiologik tahlil obekti sifatida”, 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/S146.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, PhD21/30.10.2020.Ped/S127.01.
Rasmiy opponentlar: sotsiologiya fanlari doktori, professor Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Sobirova Umida Farhodovna.
Yetakchi tashkilot: “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xotin-qizlarning ijtimoiy kayfiyatini koʻrsatib beruvchi indikatorlarni ishlab chiqish va baholash orqali mazkur yoʻnalishni optimallashtiruvchi takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xotin-qizlarning ijtimoiy kayfiyati, ularning ijtimoiy mavqeyini ifodalovchi, iqtisodiy munosabatlar bilan o‘zaro bog‘liq holda rivojlanish jarayonlariga ingibitor yoki katalizator sifatida ta’sir ko‘rsatuvchi, o‘zgaruvchan va ko‘p omilli murakkab kategoriya sifatida asoslab berilgan;
xotin-qizlarning ijtimoiy kayfiyatini ularning dunyoqarashiga muvofiq jamiyatga moslashuv darajasini baholash maqsadida ishlab chiqilgan: “to‘liq moslashayotgan”, “qisman moslashayotgan” va “moslasha olmayotgan” toifalariga ajratish tizimi sotsiologik jihatdan asoslangan;
frustratsiya holatidan konstruktiv faollikka o‘tish jarayoni (shaxsiy rivojlanish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va ayollarning jamiyatdagi rolini kengaytirish) ruhiy, oilaviy va ijtimoiy barqarorlik resurslarini ishga solish orqali amalga oshishi sotsiologik asoslantirilgan;
ijtimoiy tarmoqlardagi yolg‘on ma’lumotlar, manipulyativ kontent va jamoaviy muhit bosimlari xotin-qizlar kayfiyatida “raqamli stress” hamda ijtimoiy ishonch inqirozini shakllantiruvchi sotsiopsixologik omillar ekanligi empirik jihatdan asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Xotin-qizlarning ijtimoiy kayfiyati sotsiologik tahlil obekti sifatida” mavzusidagi dissertatsiya ishining ilmiy yangiligidan quyidagi oʻrinlarda foydalanildi:
xotin-qizlarning ijtimoiy kayfiyati, ularning ijtimoiy mavqeini ifoda etuvchi, iqtisodiy munosabatlar bilan o‘zaro bog‘liq, rivojlanish jarayonlariga ingibitor yoki katalizator sifatida ta’sir ko‘rsatuvchi, o‘zgaruvchan va ko‘p omilli murakkab kategoriya sifatida asoslab berilishi “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan o‘tkazilayotgan ijtimoiy so‘rovlar va tadqiqotlar metodologik bazasini boyitdi. Ushbu yondashuv “Fuqarolar O‘zbekistonda xotin-qizlarning roli, gender tenglik va zo‘ravonlikdan himoya qilish haqida” mavzusidagi o‘tkazilgan tadqiqot doirasida xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda qo‘llanilmoqda (“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2025-yil 23-oktyabrdagi 01-16/2013-sonli ma’lumotnomasi);
jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy kayfiyatini ularning dunyoqarashiga muvofiq ravishda jamiyatga moslashuv darajasini baholash maqsadida ishlab chiqilgan: “to‘liq moslashayotgan”, “qisman moslashayotgan” va “moslasha olmayotgan” ayollar toifalariga ajratish tizimi mamlakatni barqaror rivojlantirish bo‘yicha SMTI tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda foydalanildi hamda xotin-qizlarning ijtimoiy kayfiyati, ularning jamiyatga moslashuv darajasi ijtimoiy indikatorlar sifatida Institut tadqiqotlari dasturlariga kiritildi (Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2024-yil 21-noyabrdagi 04-1/1208-sonli, 2025-yil 23-oktyabrdagi 04-4/1366-sonli ma’lumotnomalari).
frustratsiya holatidan konstruktiv faollikka (shaxsiy rivojlanish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va ayollarning jamiyatdagi rolini kengaytirish) o‘tish jarayonining ruhiy, oilaviy va ijtimoiy barqarorlik resurslarini ishga solish orqali amalga oshishi sotsiologik asoslantirilganligi inobatga olinib, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan “Fuqarolar O‘zbekistonda xotin-qizlarning roli, gender tenglik va zo‘ravonlikdan himoya qilish haqida” mavzusidagi tadqiqotning dasturi hamda savolnomalarini ishlab chiqishda foydalanildi. Bu, o‘z navbatida, xotin-qizlarning ijtimoiy muammolarini hal etishda ularning ichki resurslaridan foydalanish mexanizmini kuchaytirish borasidagi takliflarni ishlab chiqish imkonini berdi (“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2025-yil 23-oktyabrdagi 01-16/2013-sonli ma’lumotnomasi);
ijtimoiy tarmoqlardagi yolg‘on ma’lumotlar, manipulyativ kontent va jamoaviy muhit bosimlari xotin-qizlar kayfiyatida “raqamli stress” hamda ijtimoiy ishonch inqirozini shakllantiruvchi sotsiopsixologik omillar ekanligi SMTIning tadqiqot faoliyatida yana bir bor o‘z isbotini topdi. Bu borada tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqishda xotin-qizlar, ya’ni gender masalalariga alohida e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha xulosa qilindi (Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2024-yil 21-noyabrdagi 04-1/1208-sonli, 2025-yil 23-oktyabrdagi 04-4/1366-sonli ma’lumotnomalari).

Yangiliklarga obuna bo‘lish