To‘laev Safarmurod Boymuhammad o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korporativ mijozlarga ko‘rsatiladigan innovatsion bank xizmatlarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4474. 
Ilmiy rahbar: Rustamov Maqsud Suvonqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Oblamuradov Narzulla Naimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tijorat banklari tomonidan korporativ mijozlarga taqdim etilayotgan bank xizmatlari amaliyotining hozirgi holatini tadqiq etish va uni takomillashtirishga oid taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklarida moliyaviy jihatdan yirik mijozlarga “Korporativ silver”, “Korporativ gold” va “Korporativ platinum” kabi yangi innovatsion bank mahsulotlarini ko‘rsatish orqali bank daromadlarini 3-5 foizgacha oshirish taklifi etilgan;
korporativ mijozlarga “Buy-back” bank xizmatini ko‘rsatish orqali muammoli kredit (NPL) hajmini 5-10 foizgacha qisqartirish imkoniyati asoslangan;
korporativ mijozlar uchun “Bill-discounting” bank maxsulotini ishlab chiqish orqali bank xizmatlari sifati 10 foizga oshirish taklif etilgan;
bank korporativ mijozlarining noto‘lovliklar muammosini elektron to‘lov talabnomalarini shakllantirish va kreditorlariga qo‘yish orqali 5-8 foizgacha kamaytirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korporativ mijozlarga ko‘rsatiladigan innovatsion bank xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarida moliyaviy jihatdan yirik mijozlarga “Korporativ silver”, “tijorat banklarida moliyaviy jihatdan yirik mijozlarga “Korporativ silver”, “Korporativ gold” va “Korporativ platinum” kabi yangi innovatsion bank mahsulotlarini ko‘rsatish orqali bank daromadlarini 3-5 foizgacha oshirish taklifi ATB “Turon bank”ning 2023-2027 yillarda rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda inobatga olingan (“Turon ban” aksiyadorlik tijorat bank 2024-yil 24-sentyabrdagi №21/02-256-son ma’lumotnoma). Natijada bankning korporativ mijozlarga ko‘rsatadigan xizmatlari soni ortishiga va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga imkon bergan. Shuningdek, 2023-yil birinchi 6 oyligida korporativ mijozlari soni 315 tani (8286,76 mlr. so‘m) tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yil birinchi 6 oyligida 416 tani (8286,76 mlr. so‘m) tashkil etgan;
korporativ mijozlarga “Buy-back” bank xizmatini ko‘rsatish orqali muammoli kredit (NPL) hajmini 5-10 foizgacha qisqartirish taklifi ATB “Turon bank”ning 2023-2027 yillarda rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda inobatga olingan (“Turon ban” aksiyadorlik tijorat bank 2024-yil 24-sentyabrdagi №21/02-256-son ma’lumotnoma). Natijada, korporativ mijozlar tomonidan ishlab chiqarilgan transport vositalarini sotish rag‘batlantirilib ularning daromadini ortishiga va mijozlar uchun transport vositalarini hech qanday muammolarsiz sotib olish imkoniyatini yaratgan;
korporativ mijozlar uchun “Bill-discounting” bank maxsulotini ishlab chiqish orqali bank xizmatlari sifati 10 foizga oshirish taklifi ATB “Turon bank”ning 2023-2027 yillarda rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda inobatga olingan (“Turon ban” aksiyadorlik tijorat bank 2024-yil 24-sentyabrdagi №21/02-256-son ma’lumotnoma). Natijada barcha korporativ mijozlar uchun pul aylanmasini oshirishga hamda debitorlik qarzini vaqtida bartaraf etishga olib keldi. Korporativ mijozlarni 2024-yil 8 oylik yakuniy pul aylanmasi natijadorligi 15855,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan;
bank korporativ mijozlarining noto‘lovliklar muammosini elektron to‘lov talabnomalarini shakllantirish va kreditorlariga qo‘yish orqali 5-8 foizgacha kamaytirish taklifi ATB “Turon bank”ning 2023-2027 yillarda rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda inobatga olingan (“Turon ban” aksiyadorlik tijorat bank 2024-yil 24-sentyabrdagi №21/02-256-son ma’lumotnoma). Natijada, bankning korporativ mijozlari soni ortishiga va ularning vaqtlarini unumli foydalanishiga ham shu bilan birga o‘zaro noto‘lovliklar muammolarini kamaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish