Ibragimov Gafurjan Axmetovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotdagi loyihalarni portfel investisiyalar asosida moliyalashtirishni takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4114.
Ilmiy rahbar: Isakov Jonabay Yakepbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq Davlat Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) dotsent, Abdurazakova Nargiza Rixsibaevna.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Iqtisodiyotda loyihalarni portfel investisiyalar asosida moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan er uchastkalarining fond birjasida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilishi va kamida 30 foizini dastlabki to‘lovni bir martada amalga oshirgan xaridorlarga ushbu aktivlarni kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish taklif etilgan;
tijorat banklarining investisiya aktivlarini boshqarish jarayonidagi loyihalarni investisiya kompaniyalari bilan birgalikda ishlab chiqib, keyinchalik ularni “tayyor loyiha” sifatida tadbirkorlarga sotish taklif etilgan;
Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirishda tadbirkorlik subektlarining loyihalariga investisiya loyihalarini moliyalashtirish hamda aylanma mablag‘larni shakllantirish maqsadlariga milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit miqdorining 75 foizigacha, biroq 5 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda, kafillik shartnomasini bir tomonlama bekor qilmaslik sharti bilan kafolat taqdim etish bo‘yicha taklif etilgan;
portfel investisiyalar orqali moliyalashtirishda “kraudfanding” instrumentini amaliyotga joriy qilish yo‘li bilan aholining boʼsh pul mablag‘larini Orolbo‘yi mintaqalaridagi loyihalarni moliyalashtirishni rag‘batlantirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Loyihalarni portfel investisiyalar orqali moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy izlanishlar asosida:
davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan er uchastkalarining fond birjasida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilishi va kamida 30 foizini dastlabki to‘lovni bir martada amalga oshirgan xaridorlarga ushbu aktivlarni kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi 2024 yil 10 iyundagi 02-11-1-01063 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dastlabki to‘lovning kamida 30 foizini bir martada to‘lagan xaridorlarga aktivlarni kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish imkoniyati berilishi, kredit olish yoki boshqa moliyaviy instrumentlardan foydalanishni osonlashtirgan;
tijorat banklarining investisiya aktivlarini boshqarish jarayonidagi loyihalarni investisiya kompaniyalari bilan birgalikda ishlab chiqib, keyinchalik ularni “tayyor loyiha” sifatida tadbirkorlarga sotish bo‘yicha taklifi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi 2024 yil 10 iyundagi 02-11-1-01063 sonli ma’lumotnomasi) Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish orqali tijorat bankining moliyaviy barqarorligini ta’minlashga hamda yangi loyihalarni “tayyor loyiha” sifatida tadbirkorlarga sotish orqali Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirishga sanoat yo‘nalishida amalga oshiriladigan kamida 1 mingta investisiya loyihalarining manzilli ro‘yxati shakllantirilib va ularning amalga oshirilishiga erishilgan.
Orolboʼyi mintaqasini rivojlantirishda tadbirkorlik subektlarining loyihalariga investisiya loyihalarini moliyalashtirish hamda aylanma mablag‘larni shakllantirish maqsadlariga milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit miqdorining 75 foizigacha, biroq 5 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda, kafillik shartnomasini bir tomonlama bekor qilmaslik sharti bilan kafolat taqdim etish bo‘yicha taklifi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi 2024 yil 10 iyundagi 02-11-1-01063 sonli ma’lumotnomasi) Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida Orolbo‘yi mintaqasida «yashil» investisiyalar va kreditlar uchun texnik tartibga solish talablarini ishlab chiqish hamda aylanma mablag‘larni shakllantirishga milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kafillik shartnomasini bir tomonlama bekor qilmaslik sharti bilan kafolat taqdim etishga erishilgan.
portfel investisiyalar orqali moliyalashtirishda “kraudfanding” instrumentini amaliyotga joriy qilish yo‘li bilan aholining bo‘sh pul mablag‘larini Orolbo‘yi mintaqalaridagi loyihalarni moliyalashtirishni rag‘batlantirish bo‘yicha taklifi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi 2024 yil 10 iyundagi 02-11-1-01063 sonli ma’lumotnomasi) Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida investisiya faoliyatini muqobil moliyalashtirish usullari orqali bo‘sh pul mablag‘larini Orolbo‘yi mintaqalaridagi loyihalarni moliyalashtirishni rag‘batlantirish istiqbollari haqida ma’lumotlar bazasining shakllanishiga imkon yaratib, kelgusi yillarda ulardan keng foydalana olish imkoniyatining yaratilishi orqali Orolbo‘yi mintaqasi investision jozibadorligining 13 foizga o‘sishini ta’minlagan.