Babajanov Xamdam Atabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning innovatsion mexanizmlarini takomillashtirish” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5512.
Ilmiy rahbar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Xatamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nasretdinova Farangis Odilovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning innovatsion mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada “oilaviy tadbirkorlikni rivojlanish indeksi” (family entrepreneurship development index) tavsifi “yuqori” (81-100 ball), “o‘rta” ( 70-80 ball) va “past” (55-69 ball) darajada tabaqalashtirilgan holda ajratish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlanishga ta’sir qiluvchi inson kapitali, ijtimoiy kapital, moliyaviy kapitaldan sinergiya asosida foydalanuvchi oilaviy taddirkorlikning dastlabki konseptual modeli taklif etilgan;
mintaqada iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda oilaviy tadbirkorlik korxonalari faoliyati samaradorligini kompleks baholash va holatini aniqlashda SPACE (strategic position and action estimation) tahlili asosida oilaviy tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar ustuvorligi aniqlangan;
mintaqada oilaviy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar (xizmatlar) hajmi va unga ta’sir etuvchi omillarning 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning innovatsion mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqada “oilaviy tadbirkorlikni rivojlanish indeksi” (family entrepreneurship development index) tavsifi “yuqori” (81-100 ball), “o‘rta” ( 70-80 ball) va “past” (55-69 ball) darajada tabaqalashtirilgan holda ajratish taklifi Xorazm viloyat hokimining 2024-yil 3-maydagi 197-189-12-0-Q/24-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 8-sentyabrdagi 7-3785-son ma’lumotnomasi).Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish viloyat hududlarida oilaviy tadbirkorlikni rivojlanish darajasi bo‘yicha mavjud holatni yorqin aks ettirish imkonini bergan;
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlanishga ta’sir qiluvchi inson kapitali, ijtimoiy kapital, moliyaviy kapitaldan sinergiya asosida foydalanuvchi oilaviy taddirkorlikning dastlabki konseptual modeli Xorazm viloyat hokimining 2024-yil 3-maydagi 197-189-12-0-Q/24-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 8-sentyabrdagi 7-3785-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishni mahalliy hokimiyat tomonidan qo‘llab - quvvatlash tadbirlari samaradorligini baholash imkonini bergan;
mintaqada iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda oilaviy tadbirkorlik korxonalari faoliyati samaradorligini kompleks baholash va holatini aniqlashda SPACE (strategic position and action estimation) tahlili asosida oilaviy tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar ustuvorligi bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2024-yil 3-maydagi 197-189-12-0-Q/24-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 8-sentyabrdagi 7-3785-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilish natijasida mintaqada oilaviy tadbirkorlik korxonalari faoliyati samaradorligi o‘rta hisobda 5-10 foizga oshgan;
mintaqada oilaviy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar (xizmatlar) hajmi va unga ta’sir etuvchi omillarning 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari Xorazm viloyat hokimining 2024-yil 3-maydagi 197-189-12-0-Q/24-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 8-sentyabrdagi 7-3785-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqada faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalarning viloyat yalpi hududiy mahsuloti hajmidagi ulushini uzoq muddatli istiqbolda 10-15% gacha etkazish imkonini bergan.