Atamuratov Aziz Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, "Sovershenstvovanie organizatsionno-ekonomicheskogo mexanizma ustoychivogo razvitiya promishlennix predpriyatiy", ixtisoslik shifri 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2402
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Allaeva Gulchexra Jalgasovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: i.f.d., professor Muratova Shoxista Nimatullaevna, i.f.d., professor Hamdamova Gavhar Absamatovna.
Yetakchi tashkilot: “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika kompleksi korxonalarining barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun tashkiliy-iqtisodiy mexanizmni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoqilg‘i-energetika kompleksi korxonalari barqaror rivojlanishida, jumladan ishlab chiqarish jarayonida manfaatlar mutanosibligi, maqsadli chora-tadbirlarni tizimli nazorat qilish, va umumiy boshqaruv tizimida barqaror rivojlanishni aniq belgilanishiga ko‘ra “yoqilg‘i-energetika kompleksi korxonalarini barqaror rivojlanitirsh modeli” asoslangan;
energetika korxonalarining energetik samaradorligini investisiya dasturlarini baholash (skoring) uslubiyati chora-tadbirlarini optimallashtirishga ko‘ra oshirish va uglerod izini kamaytirish bo‘yicha qarorlar majmuini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
respublika energetika kompleksi raqamli transformatsiyasi va energo-balansida muqobil energiya manbalari ulushining oshishini hisobga olgan holda yoqilg‘i-energetika kompleksining 2035 yilgacha barqaror strategik rivojlanish prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
iqtisodiy, ishlab chiqarish-texnologik, ekologik yo‘nalishidagi jarayonlar elementlarining yagonaligiga ko‘ra ishlab chiqarishning global (tarmoq) dinamik o‘zgarishlarga maslashuvi hamda makro,- mikro darajada faoliyat va natijalarning muvofiqligi kabilarga asoslangan holda yoqilg‘i-energetika sanoati korxonalarini barqaror rivojlantirish yondashuvi (mexanizmi) taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
yoqilg‘i-energetika kompleksi korxonalari barqaror rivojlanishida, jumladan ishlab chiqarish jarayonida manfaatlar mutanosibligi, maqsadli chora-tadbirlarni tizimli nazorat qilish, va umumiy boshqaruv tizimida barqaror rivojlanishni aniq belgilanishiga ko‘ra “yoqilg‘i-energetika kompleksi korxonalarini barqaror rivojlanitirsh modeli” “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ faoliyatiga joriy qilingan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2025-yil 16-apreldagi 43AA-02-03/645-son ma’lumot-nomasi). Taklif korxonaning tashkiliy-iqtisodiy faoliyatining barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun to‘g‘ri maqsadli yo‘nalishlarni tanlashga hamda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.
energetika korxonalarining energetik samaradorligini investisiya dasturlarini baholash (skoring) uslubiyati chora-tadbirlarini optimallashtirishga ko‘ra oshirish va uglerod izini kamaytirish bo‘yicha qarorlar majmuini hisobga olish asosida takomillashtirish taklifi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ishlab chiqishda va AJ faoliyatiga joriy etilgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ning 2025 yil 16 apreldagi 43AA-02-03/645-son ma’lumotnomasi). Taklif energiya servis kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlikni optimallashtirishga ko‘ra maqsadli samaradorlik chora-tadbirlari xarajatini 15%ga kamaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
respublika energetika kompleksi raqamli transformatsiyasi va energo-balansida muqobil energiya manbalari ulushining oshishini hisobga olgan holda yoqilg‘i-energetika kompleksining 2035 yilgacha barqaror strategik rivojlanish prognoz parametrlari bo‘yicha taklif “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ faoliyatiga joriy qilingan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2025 yil 16 apreldagi 43AA-02-03/645-son ma’lumotnomasi). Taklifar YoEK korxonalarining strategik rivojlanishini baholash va ushbu kompleks barqaror energiya-iqtisodiy o‘sishini prognoz qilishning aniqlik darajasi va imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
iqtisodiy, ishlab chiqarish-texnologik, ekologik yo‘nalishidagi jarayonlar elementlarining yagonaligiga ko‘ra ishlab chiqarishning global (tarmoq) dinamik o‘zgarishlarga maslashuvi hamda makro,- mikro darajada faoliyat va natijalarning muvofiqligi kabilarga asoslangan holda yoqilg‘i-energetika sanoati korxonalarini barqaror rivojlantirish yondashuvi (mexanizmi) bo‘yicha taklif “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ faoliyatiga joriy qilingan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ning 2025 yil 16 apreldagi 43AA-02-03/645-son ma’lumotnomasi). Taklif energetika korxonasining ichki ishlab chiqarish jarayonlarini funksional va resurs jihatdan ta’minlashni optimallash-tirish hamda belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishga xizmat qiluvchi kontragentlar bilan munosabatlar modellarini takomillashtirishga imkon yaratgan.