Asatullaev Xurshid Sunatullaevichning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat fiskal (byudjet-soliq) siyosatining iqtisodiy faollikni ta’minlashga yo‘naltirilgan mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” hamda 08.00.01-“Iqtisodiyot nazariyasi”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Iqt173.
Ilmiy maslahatchi: Djuraev Toshbolta Tuxtaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, akademik To‘xliev Nurislom, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Azimov Rustam Sadikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Jumaev Nodir Xosiyatovich
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davlat fiskal (byudjet-soliq) siyosatining iqtisodiy faollikka yo‘naltirilgan mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
davlat fiskal (byudjet-soliq) siyosatining iqtisodiy faollikni: samarali iqtisodiy o‘sish, innovatsion-investision faollikni va oqilona bandlikni oshirish va pirovardida aholi turmush farovonligini o‘stirishga yo‘naltirilgan mexanizmini takomillashtirishning yangi mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan;
iqtisodiy rivojlanish jarayonining davriy holatidan kelib chiqib, davlat fiskal (byudjet-soliq) asosiy dastagi hisoblangan byudjet daromadalari va xarajatlarini o‘zaro muvofiqlashtiruvchi drayver (avtomatik) modeli taklif etilgan;
respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg‘armalari tegishli byudjetlar tasdiqlangan umumiy xarajatlarining kamida 1,0 foizi miqdorida shakllantirish taklif etilgan;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan tushgan tushumlarning Navoiy viloyatida 66 foizi, Toshkent viloyatida 51 foizi, Toshkent shahrida 12 foizi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda 100 foizida Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga va Toshkent shahrining shahar byudjetiga o‘tkazish taklif etilgan;
mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam bo‘lmagan oylik ish haqi to‘langan holda, kambag‘al oila a’zolarini ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub’ektlari kambag‘al oila a’zolari bo‘lgan xodimlarining mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari bo‘yicha ijtimoiy soliqni belgilangan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘lash taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat fiskal (byudjet-soliq) siyosatining iqtisodiy faollikka yo‘naltirilgan mexanizmini takomillashtirish hamda istiqbol yo‘nalishlarini belgilashga qaratilgan mazkur tadqiqot ishi doirasida olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat fiskal (byudjet-soliq) siyosatining iqtisodiy faollikni: samarali iqtisodiy o‘sish, innovatsion-investision faollikni va oqilona bandlikni oshirish va pirovardida aholi turmush farovonligini o‘stirishga yo‘naltirilgan mexanizmini takomillashtirishning yangi mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024 yil 27 dekabrdagi 448-son buyrug‘i). Natijada, davlat fiskal (byudjet-soliq) siyosatining mamlakat YaIMning o‘sishiga, innovatsiyalarni rag‘batlantirish, hududlarda investisiyaviy jozibadorlikni oshirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash orqali oqilona bandlikka erishish mumkinligi to‘g‘risidagi yangicha talqini ta’sirida ushbu jarayonlar mazmunini tushunishga zamonaviy qarashlar shakllandi;
iqtisodiy rivojlanish jarayonining davriy holatidan kelib chiqib, davlat fiskal (byudjet-soliq) siyosatining asosiy dastagi hisoblangan byudjet daromadlari va xarajatlarini o‘zaro muvofiqlashtiruvchi drayver (avtomatik) modeli yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024 yil 27 dekabrdagi 448-son buyrug‘i). Natijada mamalakat iqtisodiy rivojlanishi bir tekisda ketmasligi, tashqi va ichki omillar davriy holati o‘zgaruvchanligi sababli uni yumshatuvchi va rag‘batlantiruvchi davlat fiskal (byudjet-soliq) siyosatining asosiy dastagi hisoblangan byudjet daromadlari va xarajatlarini o‘zaro muvofiqlashtiruvchi drayver (avtomatik) modeli ishlab chiqilgan;
respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg‘armalari tegishli byudjetlar tasdiqlangan umumiy xarajatlarining kamida 1,0 foizi miqdorida shakllantirish taklifidan respublika va hududlar byudjetini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi huzuridagi parlament tadqiqotlari instituti 2025 yil 7 maydagi №3/dn-94-son xati). Natijada hududlar byudjeti daromadlari tengsizligi, ularning ichki salohiyati va faoliyat yuritayotgan korxonalarni rag‘batlantirish, milliy iqtisodiyot joriy yili davomida kutilmagan iqtisodiy ko‘rsatkichlar, jumladan, iqtisodiy o‘sish, investision va innovatsion faollik, bandlik ko‘rsatkichlarini yaxshilanishiga qaratilgan ijtimoiy dasturlarni olib borishga qaratilishi hamda davlat byudjeti taqchilligini 3,0 foizlik darajada ushlab turish imkoniyatining yaratilishiga erishilgan;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan tushgan tushumlarning Navoiy viloyatida 66 foizi, Toshkent viloyatida 51 foizi, Toshkent shahrida 12 foizi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda 100 foizida Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga va Toshkent shahrining shahar byudjetiga o‘tkazish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-886-son «2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi huzuridagi parlament tadqiqotlari instituti 2025 yil 7 maydagi №3/dn-94-son xati). Natijada yirik soliq to‘lovchilarning hududlar kesimidagi nisbatlar foizining bunday ko‘rinishi mahalliy byudjet xarajatlarning mutanosib taqsimlanishiga hamda hududlarda amalga oshirilayotgan maqsadli investision loyiha dasturlarining faolligi oshishiga xizmat qilmoqda.
mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam bo‘lmagan oylik ish haqi to‘langan holda, kambag‘al oila a’zolarini ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub’ektlari kambag‘al oila a’zolari bo‘lgan xodimlarining mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari bo‘yicha ijtimoiy soliqni belgilangan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘lash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 dekabrdagi O‘RQ-1014-son «Soliq va byudjet siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qarorida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi huzuridagi parlament tadqiqotlari instituti 2025 yil 7 maydagi №3/dn-94-son xati) Natijada iqtisodiyotda tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan jami xodimlar sonining kamida 15 foizi Ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan oilalarning a’zolariga har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda va soliq davrida tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 90 foizini tashkil etgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun foyda solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 1 foiz etib belgilashga olib keladi. Bunda 5 million 200 ming fuqaroning bandligini ta’minlash va 1,1 million aholini kambag‘allikdan chiqarish imkoniyati yaratilib qariyib 2 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy faolligini oshishiga xizmat qilgan.