Beknazarov Ilimjon Olimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Handalak (Cucumis melo adans.(L), ssp.rigidus (Pang.) Fil., var. chandalak (Pang.)Grebensc.) genofondini o‘rganish va etishtirish texnologiyasining ayrim elementlarini takomillashtirish”, 06.01.06 – Sabzavotchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Qx1107.
Ilmiy rahbar: Aramov Muzaffar Xoshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.09.2022.Qx.152.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Rafiqjon Abdunabievich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim; Dusmuratova Saodat Ismailovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi handalak nav namunalari to‘plamini o‘rganish va istiqbolli navlarni ajratish, handalakni urug‘i va ko‘chatidan ochiq dalada va plyonkali qoplamalar ostida etishtirishning hamda handalak etishtirishda o‘sishni boshqaruvchi moddalardan foydalanishning samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston janubida handalak nav namunalari to‘plami o‘rganilgan va istiqbolli Mahalliy namuna 24, Mahalliy namuna 3, Mahalliy namuna 19, Mahalliy namuna 1, Mahalliy namuna 23, Mahalliy namuna 21, Mahalliy namuna 25, Mahalliy namuna 12, Mahalliy namuna 15, Mahalliy namuna 14 navlari ajratilgan;
handalak urug‘i orqali plyonkali qoplamalar ostida etishtirishning istiqbolliligi aniqlangan. Xususan, plyonka ostida urugidan etishtirilganda hosildorlik 45,5 t/ga ni  tashkil etib, bu ochiq dalada etishtirilganiga nisbatan 122% ni tashkil etgan. Plyonka ostida urug‘idan etishtirilganda ochiq dalaga nisbatan meva vazni 0,13 kg, bitta o‘simlikdagi meva soni 0,2 donaga ko‘p  bo‘lishi  isbotlangan;
handalakni ko‘chatlari orqali plyonkali qoplamalar ostida etishtirish, ochiq dalaga nisbatan samarali ekanligi isbotlangan. Plyonka ostida ko‘chatidan etishtirilganda handalak hosildorligi 50,0 t/ga bo‘lgan va bu ochiq dalada ko‘chatidan etishtirilganga nisbatan 126% ni tashkil etgan. Plyonka ostida ko‘chatidan etishtirilganda ochiq dalada ko‘chatidan etishtirilganga nisbatan meva vazni 0,1 kg, bitta o‘simlikdagi meva soni 0,3 donaga ko‘p bo‘lganligi aniqlangan;
handalak urug‘larini Gumimaks preparatida ivitishning eng maqbul ekspozitsiyasi 9-12 soat ekanligi aniqlangan. Har ikkala variantda ham hosildorlik 41,1 t/ga ni tashkil etib, bu nazoratga nisbatan 6,8% ga yuqori bo‘lishi  isbotlangan;
handalak urug‘larini VL-77 preparatida ivitishning eng maqbul ekspozitsiyasi 12 soat ekanligi isbotlangan. Bunda hosildorlik 43,4 t/ga ni tashkil etib bu nazoratga nisbatab 112,7% demakdir. Ushbu preparat bilan 12 soat ishlov berilgan o‘simliklarda meva vazni 0,08 kg, bitta o‘simlikdagi meva soni 0,1 donaga ko‘p bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Handalak  (Cucumis melo adans.(L), ssp.rigidus (Pang.) Fil., var. chandalak (Pang.) Grebensc) genofondini o‘rganish va etishtirish texnologiyasini elementlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Gumimaks bilan handalak urug‘lariga ishlov berishning eng maqbul ekspozitsiyasi 9 soat ekanligi aniqlangan va Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on va Termiz tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan 2024 yil  23-dekabrda berilgan №1-9-9-1814 ma’lumotnoma). Natijada “Gumimaks” biologik preparati bilan handalak urug‘lariga ishlov berish yuqori samara berishi, handalak o‘simligining stress faktorlarga chidamliligini oshirishi pirovardida hosildorlikni va hosil sifatini yaxshilash imkonini bergan;
“VL-77”  biologik preparati bilan handalak urug‘lariga ishlov berishning eng maqbul ekspozitsiyasi 12 soat ekanligi aniqlangan hamda “Gumimaks” va “VL-77” biologik preparatlarning handalak o‘simligining morfobiologik va xo‘jalik muhim belgilariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ishlab chiqilgan va Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on va Termiz tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarining jami 1,8 gektar maydonida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan 2024 yil  23-dekabrda berilgan №1-9-9-1814 ma’lumotnoma). Natijada “VL-77” biologik preparati bilan handalak urug‘lariga ekishdan oldin ishlov berish hosildorlikni 15% ga oshirgan va hosil sifatini yaxshilagan, o‘simliklarning stress faktorlarga issiqqa, garmsel shamoliga, havoning nisbiy namligining pastligiga chidamliligini oshirishi aniqlangan. “Gumimaks” preparati bilan urug‘larga ekish oldi ishlov berilganda preparat bilan ishlov berilmagan boshqa o‘simliklarga nisbatan rivojlanish davrlari davomiyligi qisqarishiga sabab bo‘lishi isbotlangan.
“Handalakdan yuqori va sifatli hosil etishtirish agrotexnologiyasi” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilib tasdiqlangan va amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan 2024 yil 23-dekabrda berilgan №1-9-9-1814 ma’lumotnoma). Natijada ushbu tavsiyanoma sabzavotchilik va polizchilik sohasi mutaxassislari, olimlari va Oliy ta’lim muassasalari talabalari, magistrlari va handalak etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari, polizchilik bilan  shug‘ullanuvchi tomorqa er egalariga muhim ilmiy uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish