Artikova Sojida Gulyamdjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kardiometabolik yondashuv yordamida metabolik o‘zgarish bilan bog‘liq jigar yog‘li kasalligi bo‘lgan bemorlarni davolash taktikasini optimallashtirish” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/ Tib1120.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaev Sherzod Saydullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.11.2024.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Badritdinova Matlyuba Najmiddinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent, Juraeva Moxigul Azimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jigar metabolik assotsirlangan yog‘ kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni davolashda maqbul patogenetik yondashuvni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
jigar metabolik assotsirlangan yog‘ kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda ExoKG, jigar fibroskani, lipid spektri, koagulogramma, jigar sinamalari ma’lumotlari va HOMA-IR insulinga rezistentlik ko‘rsatkichidan iborat keng qamrovli baholash asosida yurak va metabolik jarayonlar orasida o‘zaro mul`tiparametrik o‘ziga xos bog‘likliklar aniqlangan;
6 oylik kuzatuv davomida jigar metabolik assotsirlangan yog‘ kasalligining turli xil fenotipik turlari (semizlik va insulinga rezistentlik) kechishining avj olishi va klinik-metabolik dinamikaning patogenetik qiyosiy xususiyatlari aniqlangan; 
jigar metabolik assotsirlangan yog‘ kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda jigar sinamalari va HOMA-IR ko‘rsatkichining o‘zgarishiga qarab, metformin va empagliflozin qo‘llashning integral metabolik samaradorligi isbotlangan;
jigar metabolik assotsirlangan yog‘ kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda jigar fibroskani, UTT elastografiya ma’lumotlari asosida, metformin va empagliflozinning patogenetik samaradorligi isbotlangan; 
kardiometabolik va jigar parametrlaridan iborat jigar metabolik assotsirlangan yog‘ kasalligining zo‘rayish xavfini baholovchi prognostik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kardiometabolik yondashuv yordamida jigar metabolik assotsirlangan yog‘ kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni olib borish taktikasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
birinchi ilmiy yangilik: jigar metabolik assotsirlangan yog‘ kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda ExoKG, jigar fibroskani, lipid spektri, koagulogramma, jigar sinamalari ma’lumotlari va HOMA-IR insulinga rezistentlik ko‘rsatkichidan iborat keng qamrovli baholash asosida kardiometabolik hususiyatlar aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 22 apreldagi 61-45n-son bilan tasdiqlangan “Metabolik assotsirlangan jigar yog‘li kasalligi patogenetik jihatlari, davolash va oldini olish” va 2025 yil 22 apreldagi 61-46n-son bilan tasdiqlangan “Metabolik assotsirlangan jigar yog‘li kasalligi bo‘lgan bemorlarni boshqarish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 19.05.2025 yildagi 87-son buyruq, Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 01.05.2025 yildagi 101-son buyruq hamda Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 25.04.2025 yildagi 97-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 07 iyuldagi 21–son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: exokardiografiya (ExoKG), jigar fibroskani, lipid spektri (LS), koagulogramma, jigar sinamalari va HOMA-IR insulinga rezistentlik ko‘rsatkichidan iborat kompleks baholash asosida JMAYoK bilan og‘rigan bemorlarda nogironlikni kamaytirish va hayot sifatini yaxshilash maqsadida maqsadli diagnostika va davolashni o‘z vaqtida amalga oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: JMAYoKni kompleks baholash asosida kasallikni to‘g‘ri tashxislash va erta aniqlash maqsadida 1 kun uchun bir martalik davolanish uchun bir nafar bemorga o‘rtacha 180000 so‘mni, shifoxonada o‘nlab muolajalar natijasida kamida yiliga ikki marta davolanish uchun 3600000 so‘mni tashkil qiladi. MAJBP asoratlarni oldini olishga sarflanadigan 3600000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: uzoq muddatli (6 oylik) kuzatuv davomida jigar metabolik assotsirlangan yog‘ kasalligi turli xil fenotipik turlari (semizlik va insulinga rezistentlik) kechishi xususiyatlari aniqlanganligi, bu esa kasallikning zo‘rayish xavf omillarini qiyosiy baholash imkonini berganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 22 apreldagi 61-45n-son bilan tasdiqlangan “Metabolik assotsirlangan jigar yog‘li kasalligi patogenetik jihatlari, davolash va oldini olish” va 2025 yil 22 apreldagi 61- 46n-son bilan tasdiqlangan “Metabolik assotsirlangan jigar yog‘li kasalligi bo‘lgan bemorlarni boshqarish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 19.05.2025 yildagi 87-son buyruq, Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 01.05.2025 yildagi 101-son buyruq hamda Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 25.04.2025 yildagi 97-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 07 iyuldagi 21–son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: JMAYoK bilan og‘rigan bemorlarni uzoq muddatli (6 oylik) kuzatuv davomida kasallikning turli xil fenotipik turlari xususiyatlarini aniqlash JMAYoK zo‘rayishi xavf omillarini qiyoslash, zarur profilaktika va davolash choralarini qabul qilish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: 6 oylik kuzatuv davomida semizlik va insulinga rezistentlik, xavf omillari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish asosida kasallikni to‘g‘ri tashxislash va erta aniqlash maqsadida 1 kun bir martalik davolanish uchun bir nafar bemorga o‘rtacha 180000 so‘mni, shifoxonada o‘nlab muolajalar natijasida kamida yiliga ikki marta davolanish uchun 3600000 so‘mni tashkil qiladi. MAJBP asoratlarni oldini olishga sarflanadigan 3600000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: jigar metabolik assotsirlangan yog‘ kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda jigar sinamalari va HOMA-IR ko‘rsatkichining o‘zgarishiga qarab, metformin va empagliflozin qo‘llashning metabolik samaradorligi baholanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 22 apreldagi 61-45n-son bilan tasdiqlangan “Metabolik assotsirlangan jigar yog‘li kasalligi patogenetik jihatlari, davolash va oldini olish” va 2025 yil 22 apreldagi 61-46n-son bilan tasdiqlangan “Metabolik assotsirlangan jigar yog‘li kasalligi bo‘lgan bemorlarni boshqarish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 19.05.2025 yildagi 87-son buyruq, Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 01.05.2025 yildagi 101-son buyruq hamda Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 25.04.2025 yildagi 97-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 07 iyuldagi 21–son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: JMAYoK bilan og‘rigan bemorlarni davolashda kombinatsiyalangan yondashuvni qo‘llash jigar sinamalari va HOMA-IR ko‘rsatkichining o‘zgarishiga, jigar fibrozi va biokimyoviy ko‘rsatkichlar dinamikasini kuzatish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: JMAYoK bilan og‘rigan bemorlarni metformin va empagliflozindan iborat kombinatsiyalangan davolashda xarajatlar va samaradorlik nisbati: 1 kunlik davolanish uchun bir nafar bemorga o‘rtacha 18000000 so‘mni, kasallik zo‘riqishi va asoratlarini oldini olish uchun shifoxonada o‘nlab muolajalar natijasida kamida yiliga ikki marta davolanish uchun 3600000 so‘mni tashkil qiladi. Bemorlarning gospatalizatsiya muddatlarining qisqarishi hisobiga 1260000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi; 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jigar metabolik assotsirlangan yog‘ kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda jigar fibroskani, UTT elastografiya ma’lumotlari asosida, metformin va empagliflozinning patogenetik samaradorligi qiyosiy baholanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 22 apreldagi 61-45n-son bilan tasdiqlangan “Metabolik assotsirlangan jigar yog‘li kasalligi patogenetik jihatlari, davolash va oldini olish” va 2025 yil 22 apreldagi 61-46n-son bilan tasdiqlangan “Metabolik assotsirlangan jigar yog‘li kasalligi bo‘lgan bemorlarni boshqarish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 19.05.2025 yildagi 87-son buyruq, Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 01.05.2025 yildagi 101-son buyruq hamda Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 25.04.2025 yildagi 97-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 22025 yil 07 iyuldagi 21–son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: davolashda kardiometabolik yondashuvni qo‘llash yanada ijobiy klinik natijalarga erishish, shuningdek metabolik buzilishlarni korreksiya qilish uchun metformin va empagliflozindan iborat individuallashtirilgan davolash sxemalaridan foydalanish yurak-qon tomir asoratlari xavfi va jigar kasalliklari zo‘rayishining kamayishi imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: laborator va instrumental tadqiqot usullari bilan birgalikda, individual va tabaqalashtirilgan prognostik model yordamida erta bosqichlarda jigar sirrozi rivojlanishi xavfi va klinik kechishini bashoratlash va ixtisoslashtirilgan muassasalarda ushbu kasallikni tashxislash, monitoringi va davolashga sarflangan mablag‘larni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi;
beshinchi ilmiy yangilik: kardiometabolik va jigar parametrlaridan iborat jigar metabolik assotsirlangan yog‘ kasalligi zo‘rayish xavfining prognostik modelini ishlab chiqilgan va tadbiq etilgan, shuningdek, bemorlarni olib borish taktikasini optimallashtirishning preventiv algoritmi taklif qilinganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 22 apreldagi 61-45n-son bilan tasdiqlangan “Metabolik assotsirlangan jigar yog‘li kasalligi patogenetik jihatlari, davolash va oldini olish” va 2025 yil 22 apreldagi 61-46n-son bilan tasdiqlangan “Metabolik assotsirlangan jigar yog‘li kasalligi bo‘lgan bemorlarni boshqarish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 19.05.2025 yildagi 87-son buyruq, Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 01.05.2025 yildagi 101-son buyruq hamda Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 25.04.2025 yildagi 97-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 07 iyuldagi 21–son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kardiometabolik holatni baholashga asoslangan JMAYoK bilan og‘rigan bemorlarni olib borish taktikasini optimallashtirishning samarali preventiv algoritmini yaratish va JMAYoK zo‘rayishi xavfining prognostik modelini ishlab chiqish asoratlarni aniqlash va profilaktika qilish samaradorligini oshiradi, bu esa klinik amaliyotda bemorlarni yanada samarali olib borish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan JMAYoK zo‘rayishi xavfining prognostik modeli va taklif qilingan preventiv algoritm asoratlarni o‘z vaqtida tahlil qilish va aniqlash uchun maqbul tizimni ishlab chiqish imkonini beradi. Ushbu tizim jigardagi kardiometabolik buzilishlarni fibroskan yordamida erta aniqlash natijasida bemorlarni davolash bilan bog‘liq xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi va nogironlik darajasini pasaytiradi. Xulosa. Nisbiy va integral xavfni baholash to‘plamiga asoslangan, ishlab chiqilgan  integral shkala  amaliy qo‘llanishi uchun o‘zining qulayligini ko‘rsatdi.  U xavfni uchta  darajasini (past, o‘rta va yuqori) ajratishga imkon beradi, bu JMAYoK oldini olish va davolashga individual yondashishga yordam beradi.     
Xavf omillarini integral baholash JMAYoK bilan og‘rigan bemorlarni parvarish qilishning zamonaviy strategiyasida ajralmas element hisoblanadi.  Metabolik tavsiflar va jigar elastografiyasi ma’lumotlari, yallig‘lanish markerlarining doimiy  monitoringi kasallik taraqqiy etishining yuqori xavfi bilan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlashga   va noxush natijalarning oldini olish uchun choralar ko‘rishga imkon beradi.   Bu yondashuv JMAYoK oldini olish va davolashning yangi metodlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi hamda individuallashtirilgan tibbiyotni tasdiqlaydi.   

Yangiliklarga obuna bo‘lish