Boymuratova Nargiza Bozorboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
    

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil4800.
Ilmiy rahbar: Ashurova Gulbahor Nurullaevna, filologiya fanla doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Erkinov Aftandil Sadirxanovich; filologiya fanlari doktori, professor  Karimova Faridaxon Inayatovna. 
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
 II.Tadqiqotning maqsadi: Lutfiy she’riyatini irfoniy mavzu kontekstida tadqiq etish orqali shoir she’riyatida irfoniy mazmunning badiiy talqini, majoz va haqiqat uyg‘unligiga xos muhim jihatlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Irfoniy mazmun va orifona talqinlar ifodasining Lutfiygacha bo‘lgan turkiy adabiyotdagi adabiy-estetik tadriji tasavvuf falsafasining irfon davri (X – XIII)ga oid tasavvufiy  g‘oyalar  Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy, Nosiruddin Rabg‘uziy, Atoyi, Sayyid Qosimiylarning “Tayr”, “Salomon va Ibsol”, “Yusuf”, “Qissas ul-Rabg‘uziy”, “Qutadg‘u bilig”, “Hibbat ul-haqoyiq”, “Haqiqatnoma”   kabi asarlari misolida ochib berilgan;
Lutfiy she’riyatidagi irfoniy mazmunning islomiy-ma’rifiy negizlari, irfonning uch turi (irfoni omma, irfoni xossa, irfoni xos al-xossa) va uch darajasi (ilm ul-yaqin, ayn ul-yaqin, haq ul-yaqin) ilk mutasavviflar, so‘fiy ijodkorlar qarashlari asosida dalillangan;
Lutfiy usluban majoz tariqida ijod qiluvchi shoirlar toifasiga mansubligi, orif shaxs va shoir bo‘lgani uning darveshona hayot tarzi, silsilasi Shihobiddin Bistomiy orqali Boyazid Bistomiyga ulanishiga oid faktlar, she’riyatidagi zulf, zunnor, tarso, imon kabi  irfoniy timsol va tushunchalar tadqiqi asosida dalillangan;
Lutfiy she’riyatidagi irfoniy timsol va tushunchalar tizimini mazmunan diniy-ma’rifiy, tabiat ashyolari, tana a’zolari, may va narsa-buyumlar bilan bog‘liq besh guruhga ajratish mumkinligi, shoir talqinlarida diniy-ma’rifiy tushuncha va tana a’zolari bilan bog‘liq zulf, qosh, ko‘z, dudoq, yuz, og‘iz, lab, bel kabi timsollar yetakchilik qilishi tarso, zunnor, ko‘ngil kabi orifona timsol va tushunchalarning poetik vazifasini ochib berish orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lutfiy she’riyatidagi irfoniy mazmunning badiiy talqini tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Irfoniy mazmun va orifona talqinlar ifodasining Lutfiygacha bo‘lgan turkiy adabiyotdagi adabiy-estetik tadriji tasavvuf falsafasining irfon davri (X – XIII)ga oid tasavvufiy  g‘oyalar  Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy, Nosiruddin Rabg‘uziy, Atoyi, Sayyid Qosimiy (“Tayr”, “Salomon va Ibsol”, “Yusuf”, “Qissas ul-Rabg‘uziy”, “Qutadg‘u bilig”, “Hibbat ul-haqoyiq”, “Haqiqatnoma”   kabi asarlarida orifona dunyoqarashning badiiy talqin etilishi hamda keyingi davrdagi turkiy poetik tafakkurga, xususan, Mavlono Lutfiy ijodiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgani, ma’rifiy mazmunning Lutfiy ijodidagi barkamol tasviri bevosita o‘zigacha bo‘lgan turkiy adabiyot bilan ham aloqadorligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021 – 2023-yillarga mo‘ljallangan IZ-20210201 raqamli “Alisher Navoiy ijodining xorijda o‘rganilishi va targ‘iboti asosida ko‘p tilli multimedia to‘plamini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti  2025-yil 5-iyuldagi 01/4-2953-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha materiallari irfoniy mazmun va orifona talqinlar ifodasining turkiy va forsiy adabiyotdagi adabiy-estetik ildizlari, takomil jarayoni hamda bir-biriga ta’siriga oid yangi ma’lumotlar, nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
Lutfiy she’riyatidagi irfoniy mazmunning islomiy-ma’rifiy negizlari, irfonning mohiyatan keng qamrovli tushuncha ekanligi ilk mutasavviflar, so‘fiy ijodkorlar qarashlari asosida ochib berilgani, irfonning uch turi (irfoni omma, irfoni xossa va irfoni xos al-xossa) va uch darajasi (ilm ul-yaqin, ayn ul-yaqin, haq ul-yaqin) haqidagi qarashlar asoslangani, turli tillarga mansub adabiy asarlardagi irfoniy ma’no talqinida muallifning irfon turlari va bosqichlariga nisbatan mavqeyini inobatga olish zaruratiga oid xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021 – 2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti  2025-yil 5-iyuldagi 01/4-2954-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron platforma materiallari doirasida o‘zbek adabiyotining juda katta davrini qamrab olgan mumtoz adabiyotni tadqiq etishda irfon turlari va darajalarini belgilab olish, jumladan, Lutfiy o‘z she’riyatida xoslar irfonini badiiy tasvirlaganini inobatga olishga oid muhim ilmiy xulosalar chiqarishga erishilgan.
Lutfiyning usluban majoz tariqida ijod qiluvchi shoirlar toifasiga mansubligi va orif shaxs va shoir bo‘lgani, so‘fiyona hayot tarzi, ham zohiriy, ham botiniy ilmlarni o‘rgangani, tasavvuf shayxi Shahobiddin Xiyoboniy (Bistomiy) huzurida rasman suluk o‘tagani, o‘z she’riyatida irfoniy timsol va tushunchalar tizimidan mahorat bilan foydalangani, XIV – XV asrlardagi turkiy she’riyat, xususan, o‘zbek-ozarbayjon mumtoz she'riyatida keng yoyilgan irfoniy mazmunning estetik zamini Ibn Sino ijodi bilan boshlangan irfoniy adabiyot ekanligiga oid ilmiy ma'lumot va xulosalardan O‘zbekistondagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazida  2023-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘A-23-25 raqamli “O‘zbek-Ozarbayjon adabiy aloqalari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekistondagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazining   2025-yil 21-iyundagi AZE /45 -son ma’lumotnomasi). Natijada Navoiy, Fuzuliy she'riyatidagi irfoniy talqinlarda Lutfiy an’analarining davom etishi, tasavvufiy timsollarning badiiy vazifasi, qamrovi, ularning mazmuniga oid ilmiy-nazariy xulosalar ishlab chiqishga xizmat qilgan; 
Lutfiy she’riyatidagi irfoniy timsol va tushunchalar tizimini mazmunan diniy-ma’rifiy, tabiat ashyolari, tana a’zolari, may va narsa-buyumlar bilan bog‘liq besh guruhga ajratish mumkinligi hamda ular orasida diniy-ma’rifiy va tana a’zolari bilan bog‘liq timsol-tushunchalar yetakchilik qilishi – tarso, zunnor, kufr – imon, yuz – zulf, qosh – ko‘z, ko‘ngil kabi orifona timsol va tushunchalar ustuvorlik kasb etishi, ushbu turkumlanish keyinchalik o‘zbek-ozarbayjon mumtoz she’riyati namunalarida barqarorlashganiga doir xulosalardan Ozarbayjon Respublikasi FA Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot institutida 2022 – 2025-yillar uchun mo‘ljallangan EQA-23-25 raqamli “Mustaqillik davri o‘zbek-ozarbayjon adabiy aloqalari va yetakchi tendensiyalari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Ozarbayjon Respublikasi FA Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot institutining 2025-yil 3-iyundagi № 757/A7-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada Lutfiy, Navoiy, Fuzuliy she’riyatida turkona tafakkur mushtarakligi, ishq, irfon, tasavvufga oid tushuncha va timsollar tasvirining umumiyligi, o‘rni va ahamiyati kabi masalalarni kengroq yoritishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish