Nazarova Ra’no Sidiq qizi
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oila va ta’lim muassasasi hamkorligida voyaga etmaganlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasining ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.09 – Ijtimoiy pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5376.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, PhD21/30.10.2020.Ped/S127.01.
Rasmiy opponentlar: psixologiya fanlari doktori, professor Kamilova Nodira Gayratovna, pedagogika fanlari doktori, professor Muxsieva Aziza Shamsitdinovna.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oila va ta’lim muassasasi hamkorligida voyaga etmaganlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarni oldini olishning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oila va ta’lim muassasasi hamkorligida voyaga etmaganlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish samaradorligi shaxs qadriyatlari transformatsiyasini ta’minlovchi integrativ ta’sir vektoriga ko‘ra ijtimoiy va individual darajadagi profilaktikaning tarbiyaviy resotsializatsiyasiga asoslangan korreksion maqsadlarni belgilash orqali oshirilgan;
voyaga etmaganlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish jarayoni ota-ona – o‘quvchi – pedagog munosabatlarining o‘zaro referentometrik ta’siri orqali motivatsion, o‘zini nazorat qilish, huquqiy madaniyatga oid ijtimoiy adaptiv ko‘nikmalarni dinamik shakllanishining muhimligiga ko‘ra oila va ta’lim muassasasi o‘rtasida kollaborativ yondashuv va hamkorlik shartlarini pedagogik generatsiyasi asosida takomillashtirilgan;
oila va ta’lim muassasasi hamkorligida voyaga etmaganlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi ijtimoiy pedagogik modeli o‘quvchilarning ijtimoiy adaptiv ko‘nikmalarini o‘zini-o‘zi nazorat qilish xususiyati orqali shakllantirishga qaratilgan introspeksiya jarayoniga ko‘ra pedagog va ota-onaning bolaga tarbiyaviy preventiv ta’sir darajasini fasilitativ jihatlarga muvofiq integratsiyalashuvi asosida takomillashtirilgan;
voyaga etmaganlar huquqbuzarligini oldini olishning pedagogik mexanizmlari shaxsdagi o‘zini nazorat qilish xususiyatining hissiy, irodaviy, kognitiv komponentlarini oilaviy munosabatlar dinamikasi orqali rivojlanishiga ko‘ra ijtimoiy taqlidni refleksiyaga bog‘liq konstruktlarining adaptiv ko‘nikmalarga sotsial jihatdan identivligi asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida tashkil etilgan “Maktablarning ichki nazoratida turuvchi o‘quvchilar bilan innovatsion profilaktika haftaligi” doirasidagi tadbirlarda huquqbuzarlikka moyil bo‘lgan bolalar uchun ishlab chiqilgan “O‘zini nazorat qilish va muvaffaqiyatga erishish uchun mashqlar to‘plami” ish daftaridagi ma’lumotlar va topshiriqlardan foydalanildi. (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 04/92-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ota-onalar tomonidan qo‘llaniluvchi tarbiyaviy usullarning bolalar subektiv nazorat darajasiga bo‘lgan ta’siri tadqiq etilishi orqali aniqlangan ma’lumotlardan Ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatar guruhiga mansub bolalar bilan ishlash bo‘limining kelgusi yillik rejalarini tuzishda inobatga olish belgilangan;
“bolaga nisbatan zo‘ravonlik”, “qaytish nuqtasi”, “bolalar huquqbuzarligida ota-ona namunasining o‘rni” kabi tushunchalarni tahlil qilish orqali ota-ona va bolalar munosabatining mustahkamlashuvi va oiladagi tarbiya uslubining bolalar subektiv nazorat darajasiga ta’siri borasidagi tahlillari Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining “Oilaviy zo‘ravonlik: sabab, oqibat va ijtimoiy-tarixiy jihatlari” mavzusidagi amaliy loyiha rejasiga kiritilgan;
o‘z-o‘zini motivatsiyalash, hissiyotlarini boshqara olish, kun tartibiga rioya qilish, zo‘ravonlikdan tiyilish, muloqot odobiga amal qilish, huquqiy majburiyatlarini anglash kabi ko‘nikmalarni rivojlantirish natijasida huquqbuzarlikka qarshi barqaror munosabatlar yaratilishi asoslanganiga oid taklifi “Oilalarning tarbiyaviy salohiyatini yanada takomillashtirish, jamiyatda milliy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy munosabatlarni, sog‘lom turmushni faollashtirish hamda oilalarning farovonlik darajasini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish” bandiga qo‘shimcha tarzda Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining amaliy loyihasiga kiritilgan (Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining 01-09/y2713-sonli ma’lumotnomasi). Natijada hududlardagi oilalarda farzandlarga bo‘lgan munosabat o‘zgargan, jumladan, empatiya hissi yuksalgan va qaror qabul qilish jarayonida bir-birining fikrini inobatga olish ko‘nikmasi shakllangan;
“O‘zini nazorat qilish, farzandlar bilan munosabatlarni mustahkamlash va oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha ota-onalar uchun ish daftari” orqali ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, hissiy yaqinlik va o‘zaro tushunish ko‘nikmalarini shakllantirish asosida oilalardagi sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhit shakllanishi aniqlanganligiga oid takliflari Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining “Oilaviy zo‘ravonlik: sabab, oqibat va ijtimoiy-tarixiy jihatlari” nomli loyiha rejasiga kiritilgan. (Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining 01-09/y2713-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oilalardagi tarbiya jarayonida bolalarga nisbatan kuch ishlatish va zo‘ravonlik sodir etishdan tiyilish kabi samarali ko‘rsatkichga erishilgan.