Qodirov Odiljon Salamjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ma’danli  o‘g‘itlar me’yori hamda sug‘orish tartiblarini qattiq bug‘doyning don hosildorligi va sifatiga ta’siri” mavzusidagi 06.01.08 – O‘simlikshunoslik ixtisosligi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqami: B2025.1.PhD/Qx1633
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Sodiqjon Obidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Jonibek Bozorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Bozorov Xolmurod Mahmudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, kata ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlari sharoitida kuzgi qattiq bug‘doyning o‘sishi, rivojlanishi hamda don hosildorliga va sifat ko‘rsatkichlariga mineral o‘g‘itlar me’yorlarini hamda sug‘orish tartiblarini ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Andijon viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlari sharoitida qattiq bug‘doy etishtirishda ma’danli o‘g‘itlarni qo‘llash me’yorlari hamda sug‘orish tartiblari ishlab chiqilgan;
Kuzgi qattiq bug‘doyni o‘suv darida sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-70-60% bo‘lganda sug‘orish o‘suv davrida tuproq namligi ChDNSga nisbatan 60-70-60% bo‘lganda sug‘orishga nisbatan unib chiqqan ko‘chatlarning yashovchanligini ma’danli o‘g‘itlarning N100P75K50 kg/ga me’yorlari qo‘llanilganida 1,2 foizga, N150P105K75 kg/ga me’yorlari qo‘llanilganida 1,7 foizga, N200P140K100 kg/ga me’yorlari qo‘llanilganida 1,5 foizga, N250P175K125 kg/ga me’yorlari qo‘llanilganida 1,4 foizga yuqori bo‘lishi isbotlangan;
Kuzgi qattiq bug‘doyni o‘suv davrida sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 60-70-60% bo‘lganda sug‘orish, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-70-60% bo‘lganda sug‘orishga nisbatan mavsumiy suv sarfini 300-350 m3/ga gacha kamaytirishi ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan;
Kuzgi qattiq bug‘doyni o‘suv davrida sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 60-70-60% bo‘lganda sug‘orish, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-70-60% bo‘lganda sug‘orishga nisbatan don tartikida oqsil miqdorini 0,4 foizdan 0,6 foizgacha, kleykovina miqdorini 0,6 foizdan 0,9 foizgacha yuqori bo‘lishini ta’minlashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ma’danli  o‘g‘itlar me’yori hamda sug‘orish tartiblarini qattiq bug‘doyning don hosildorligi va sifatiga ta’siri bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
G‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Andijon viloyati sharoitida kuzgi qattiq bug‘doydan yuqori va sifatli don hosili etishtirish” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 27.01.2024 yildagi №06/22-07/22-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bugungi kunda fermer xo‘jaliklarida kuzgi qattiq bug‘doy etishtirishda muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
Kuzgi qattiq bug‘doyning “Sadaf” navi Oltinko‘l tumani “Porloq vodiy alplari” fermer xo‘jaligida 8,2 gektar, “Oltinko‘l vodiy durdonasi” fermer xo‘jaligida 7,3 gektar, “Moxir sohibkor mulki” fermer xo‘jaligida 6,5 gektar, “Porloq vodiy javoxiri” fermer xo‘jaligida 8,2 gektar, “Oltinko‘lning oltin zarlari” fermer xo‘jaligida 7,8 gektar, jami 38,0 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 27.01.2024 yildagi №06/22-07/22-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘suv davrida sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 60-70-60 va 70-70-60% tartibda sug‘orilib, ma’danli o‘g‘itlarning N200P140K100 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirilganida yuqori samaradorlikka erishilgan;
Kuzgi qattiq bug‘doyning “Sadaf” navini o‘suv davrida sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 60-70-60 va 70-70-60% tartibda sug‘orilib, ma’danli o‘g‘itlarning N200P140K100 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirib etishtirish texnologiyasi Oltinko‘l tumanida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 27.01.2024 yildagi №06/22-07/22-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash orqali rentabellik darajasi sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 60-70-60% tartibda sug‘orilib etishtirilganida 2,1 foizga, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-70-60% tartibda sug‘orilib etishtirilganida 2,5 foizga ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish