Kenjaeva Zarnigor Olim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tugrukdan keyingi sepsisni prognozlash va erta tashxislashning zamonaviy markerlari” 14.00.01- Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.RhD/Tib3691.
Ilmiy rahbar: Negmatullaeva Mastura Nurullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.04/.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shalina Raisa Ivanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akusherlik sepsisini bashorat qilish, erta tashxislash va og‘irlik darajasini baholashda zamonaviy diagnostik markerlarning ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homiladorlik va tug‘ruqning o‘limga olib keluvchi asoratlarining prognostik omillarini aniqlashga e’tibor qaratgan holda septik asoratlar rivojlanish xavfi bo‘lgan akusherlik populyasiyasining kompleks klinik-laborator tahlili o‘tkazilib, yallig‘lanishning zamonaviy markerlari samaradorligi isbotlangan;
homiladorlik va tug‘ruqdan keyingi sepsisni erta tashxislash va bashorat qilishda zamonaviy presepsin biomarkeri qo‘llanilib, septik holatning og‘irligini, organ buzilishlarining rivojlanishini baholash va antibakterial terapiya samaradorligini monitoring qilish uchun asosiy marker sifatida asoslangan;
presepsinning nafaqat septik holatlarni erta aniqlashda, balki septik jarayonning qaytalanishini bashorat qilishda ham marker sifatidagi prognostik ahamiyati aniqlangan;
olingan ma’lumotlar asosida akusherlik sepsisi xavfi bo‘lgan ayollarni olib borishda klinik-laborator ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda tashxislash va davolash chora-tadbirlari algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tug‘ruqdan keyingi sepsisning erta prognozini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: homiladorlik va tug‘ruqning o‘limga olib keluvchi asoratlarining prognostik omillarini aniqlashga e’tibor qaratgan holda septik asoratlar rivojlanish xavfi bo‘lgan akusherlik populyasiyasining kompleks klinik-laborator tahlili o‘tkazilib, yallig‘lanishning zamonaviy markerlari samaradorligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: biomarkerlar va ularning gemostaz va endotoksikemiya tizimining parametrlari bilan korrelyasiyasini o‘rganish ushbu patologiyaning klinik kechish xususiyatlarini erta tashxislash imkoniyatini ko‘rsatgan. Iqtisodiy samaradorligi: aniqlangan xavf guruhlarida olib borilgan kompleks davolash chora-tadbirlari orqali kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xavfli asoratlarning oldi olindi hamda asoratlarni davolashga ketadigan sarf-xarajatlar hisobiga 5250000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: septik asoratlar rivojlanishi uchun xavf omillari bo‘lgan ayollarni kompleks tekshirishda olingan natijalar homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrda onalarda septik asoratlar rivojlanishini bashorat qilish va erta tashxislashda biomarkerlarning roli haqidagi zamonaviy bilimlarni kengaytirgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: homiladorlik va tug‘ruqdan keyingi sepsisni erta tashxislash va bashorat qilishda zamonaviy presepsin biomarkeri qo‘llanilib, septik holatning og‘irligini, organ buzilishlarining rivojlanishini baholash va antibakterial terapiya samaradorligini monitoring qilish uchun asosiy marker sifatida asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan ilmiy tadqiqot natijalari akusherlik amaliyotida yuqori sezgirlikka ega bo‘lgan presepsin markerini qo‘llash orqali sepsisning og‘irlik darajasi va qaytalanishini bashorat qilish, erta tashxislash, baholash maqsadida qo‘llanilgan hamda uning diagnostik samaradorligi baholangan. Iqtisodiy samaradorligi: sepsis biomarkerlarini baholashni qo‘llash bo‘yicha taklif etilgan usul yotoq kunlarini 22 kundan 12 kungacha qisqartirib, 1 bemor uchun byudjet mablag‘larini 1200000 so‘mga tejash imkonini bergan. Xulosa: sepsisning og‘irlik darajasini baholash va davolash samaradorligini baholashda presepsinning va boshqa biomarkerlarning o‘zaro bog‘liqligi o‘rganilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: presepsinning nafaqat septik holatlarni erta aniqlashda, balki septik jarayonning qaytalanishini bashorat qilishda ham marker sifatidagi prognostik ahamiyati aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: presepsin ko‘rsatkichining klinik va prognostik ahamiyati tug‘ruqdan keyingi septik holatlarning erta tashxislanishi hamda ularning qaytalanishini oldindan bashorat qilish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida sepsisni og‘ir bosqichgacha rivojlanishining oldini oladi, tug‘ruqdan keyingi ayollarda onalar o‘limi ko‘rsatkichini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun presepsin IFA tahlilining tannarxi 110000 so‘mni tashkil etishini hisobga olsak, har bir bemorning barcha biomarkerlari tahlillarini o‘rganish 200000 so‘mga tushgan. Xulosa: septik holatlar erta aniqlanishi asosida optimal davo taktikasi tanlanib, dinamikada biomarkerlar tekshirilib, kasallikning o‘tkir osti shakliga o‘tishi, shuningdek septik shok, koagulopatiya, DTIQIS, onalar o‘limi kabi og‘ir asoratlarning oldi olingan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: olingan ma’lumotlar asosida akusherlik sepsisi xavfi bo‘lgan ayollarni olib borishda klinik-laborator ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda tashxislash va davolash chora-tadbirlari algoritmi ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan ilmiy tadqiqot natijalari perinatal va reproduktiv salomatlikni saqlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, shu bilan birga, shifokorlarga davolash taktikasi va antibiotikoterapiyani individual tanlash imkonini berib, septik jarayonning og‘ir oqibatlarini bartaraf etishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: sepsis biomarkerlarini baholashni qo‘llash bo‘yicha taklif etilgan usul yordamida antibiotiklar rezervi saqlanib, byudjet mablag‘larini 2500000 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: diagnostik algoritmda presepsindan foydalanish septik holatning og‘irligini aniqroq baholashga, terapiyani o‘z vaqtida tuzatishga va bemorlarni olib borish taktikasini optimallashtirishga yordam bergan, bu esa hayot uchun xavfli asoratlar rivojlanish ehtimolini sezilarli darajada kamaytirib, klinik natijalarni yaxshilagan.
Ilmiy natijalar asosida: “Zamonaviy biomarkerlar yordamida tug‘ruqdan keyingi sepsisni erta aniqlash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 30 apreldagi 25-m/105-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma homiladorlik va tug‘ruqdan keyingi davrda septik asoratlar rivojlanishini o‘z vaqtida aniqlab, ushbu kontingentdagi bemorlarda og‘ir asoratlar darajasini kamaytirish hisobiga onalar o‘limining oldini olish imkonini bergan. Tadqiqot davomida olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon shahar 2-tug‘ruq majmuasi (2025 yil 19 iyundagi №2/7-sonli buyruq) va Buxoro shahar tug‘ruq majmuasi (2025 yil 21 iyundagi №64-sonli buyruq) amaliyotiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 avgustdagi №23/27-sonli xulosasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi shifokorlarning homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrda onalarda septik asoratlar rivojlanishini bashoratlash va erta tashxislashda biomarkerlarning roli to‘g‘risidagi zamonaviy bilimlarini kengaytiradi, bu esa onalar o‘limini kamaytirish uchun infeksiya o‘chog‘ini olib tashlashning akusherlik taktikasini adekvat tanlashni ishlab chiqish uchun juda muhim hisoblanadi.