Djabbarova Nasiba Yusupovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Miasteniya: klinik-epidemiologik, nevrologik va immunologik xususiyatlari, davolashni optimallashtirish» 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3PhD/Tib3798.
Ilmiy rahbar: Xodjaeva Dilbar Tadjievna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02
Rasmiy opponentlar: Jo‘rabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raimova Malika Muxammedjanova, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti, RF.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Miasteniyaning klinik-epidemiologik, nevrologik, immunologik xususiyatlarini o‘rganish, davolashni optimallashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
miasteniya gravis kasalligida klinik og‘irlik darajalari bilan timomatoz o‘zgarishlar o‘rtasidagi patogenetik bog‘liqlik o‘rganilib, timomasi bor bemorlarda kasallik og‘ir klinik shakllarda kechishi, nevrologik buzilishlar tezroq progressiya qilishi va miastenik krizlar ko‘proq uchrashi aniqlangan, xamda timomaning turli morfologik gistotiplari (epitelial, limfoid, aralash) tahlil qilinib, ularning kasallik kechishi va prognoz ko‘rsatkichlari bilan uzviy bog‘liqligi asoslangan;
timoma gistotiplari bilan miasteniyaning turli klinik shakllari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik ilk bor tahlil qilinib, timomaning muayyan gistologik tuzilishi (epitelial yoki aralash shakl) kasallikning generallashgan turlarida ko‘proq uchrashi, og‘ir klinik belgilari bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan va bu holat klinik shakllarning prognozini baholashda xamda individual davolash strategiyasini tanlashda ahamiyatli ekanligi isbotlangan;
miasteniyada seropozitivlik (anti-AChR va anti-MuSK antitelolar) bilan klinik og‘irlik darajasi hamda timomaning uchrash chastotasi o‘rtasida musbat korellyasion bog‘liqlik aniqlanib, antitelolarning mavjudligi kasallik klinik dinamikasini baholashda va erta prognoz qilishda muhim biomarker sifatida xizmat qilishi isbotlangan;
miasteniya tashxisida SFEMG (Single Fiber EMG) tekshiruvining diagnostik va prognostik ahamiyati kompleks baholangan, kasallik og‘irlik darajasi, immunologik va klinik belgilari bilan hamkorlikda tahlil qilinib, patogenetik asoslangan va shu asosda personallashtirilgan davolash modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Miasteniya kasalligida klinik-nevrologik, neyrofiziologik, immunologik va neyrovizual parametrlarning o‘zaro bog‘liqligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida amaliyotda qo‘llash uchun «Miasteniyada klinik-nevrologik va neyrofiziologik tahlil asosida personallashtirilgan davolash usullari» mavzusida uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqildi va soha mutaxassislari foydalanishi uchun taqdim etildi (ma’lumotnoma № 25/m 127, 30.05.2025 yil).
birinchi ilmiy yangilik. miasteniya kasalligida klinik og‘irlik darajalari bilan timomatoz o‘zgarishlar o‘rtasidagi patogenetik bog‘liqlik o‘rganilib, timomasi bor bemorlarda kasallik og‘ir klinik shakllarda kechishi, nevrologik buzilishlar tezroq progressiya qilishi va miastenik krizlar ko‘proq uchrashi aniqlangan, xamda timomaning turli morfologik gistotiplari (epitelial, limfoid, aralash) tahlil qilinib, ularning kasallik kechishi va prognoz ko‘rsatkichlari bilan uzviy bog‘liqligi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: miasteniya kasalligida klinik og‘irlik darajalari bilan timomatoz o‘zgarishlar o‘rtasidagi patogenetik bog‘liqlik o‘rganilib, timomasi bor bemorlarda kasallik og‘ir klinik shakllarda kechishi bemorlarda asoratlar va qayta residivlar soni 40–45 % ga kamaydi. Iqtisodiy samaradorligi: har bir bemor hisobidan yiliga o‘rtacha 2250000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa. Kasallik tashxisotiga patogenetik yondashuv asosida har bir bemor uchun 2250000 so‘m iqtisodty samaradorlikka erishildi.
ikkinchi ilmiy yangilik. timoma gistotiplari bilan miasteniyaning turli klinik shakllari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik ilk bor tahlil qilinib, timomaning muayyan gistologik tuzilishi (epitelial yoki aralash shakl) kasallikning generallashgan turlarida ko‘proq uchrashi, og‘ir klinik belgilari bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan va bu holat klinik shakllarning prognozini baholashda xamda individual davolash strategiyasini tanlashda ahamiyatli ekanligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: timektomiyadan keyin va ko‘rsatilgan kompleks terapiyadan keyin bemorlarning mehnatga layoqat darajasini baholash uchun MG-ADL, QMG va MG-QOL15 shkalalari asosida funksional mezon ishlab chiqildi. bemorlarning 60–65 % ida to‘liq mehnatga qaytish ta’minlandi. Iqtisodiy samaradorligi: timektomiyadan keyin bemorlarning mehnatga layoqat holatini baholashda funksional testlar va shkalalar asosida maxsus mezonlarni qo‘llash orqali har bir bemor hisobidan yiliga o‘rtacha 6000000 so‘m iqtisod yillik samara beradi. Xulosa. Timektomiyadan keyin bemorlarning mehnatga layoqat holatini baholashda funksional testlar va shkalalar (MG-ADL, QMG, MG-QOL15) asosida maxsus mezonlar taklif etildi. Ushbu tadqiqot natijalari bemorlarda davolash muddatini qisqartirish, prognozni yaxshilash va kasallik asoratlarining oldini olish imkoniyatini berdi
uchinchi ilmiy yangilik. miasteniyada seropozitivlik (anti-AChR va anti-MuSK antitelolar) bilan klinik og‘irlik darajasi hamda timomaning uchrash chastotasi o‘rtasida musbat korellyasion bog‘liqlik aniqlanib, antitelolarning mavjudligi kasallik klinik dinamikasini baholashda va erta prognoz qilishda muhim biomarker sifatida xizmat qilishi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: kasallikni erta aniqlash va individual davolashni ta’minlovchi immunologik va neyrofiziologik ko‘rsatkichlar integratsiyalangan model ishlab chiqildi. kasallikning og‘irlashish holatlari 30 % ga kamaydi. Iqtisodiy samaradorligi: antitelolarning mavjudligi kasallik klinik dinamikasini baholashda va erta prognoz qilishda muhim biomarker sifatida xizmat qilishi evaziga har bir bemor uchun yiliga 1250000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. miasteniya tashxisida SFEMG (Single Fiber EMG) tekshiruvining diagnostik va prognostik ahamiyati kompleks baholangan, kasallik og‘irlik darajasi, immunologik va klinik belgilari bilan hamkorlikda tahlil qilinib, patogenetik asoslangan va shu asosda personallashtirilgan davolash modeli ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Tadqiqot natijalari asosida miasteniya kasalligini tashxislash va davolashga doir bir qator amaliy yondashuvlar ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Iqtisodiy samaradorligi: Timomaning B2 va B3 gistotiplari bilan bog‘liq holatlarda og‘ir klinik kechish ehtimoli yuqori bo‘lgani uchun bunday bemorlarga nisbatan erta immunomodulyator va plazmaferez terapiyasini qo‘llash taklif etildi va har bir bemor uchun bir yilda 2970000 so‘m mablag‘ni tejash imkoni yaratildi. Xulosa: neyromuskulyar uzatishdagi mikroskopik buzilishlarni baholashda SFEMG tekshiruvi asosida milliy me’yoriy ko‘rsatkichlar tuzildi va dinamik nazorat uchun skrining algoritmi ishlab chiqildi. Miasteniya kasalligi mavjud bemorlarda klinik-nevrologik, neyrofiziologik, immunologik va neyrovizual parametrlarning o‘zaro bog‘liqligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot bisrlashmasi bo‘yicha buyruq (24.06.2025 yil. 1731-2-208-TB/2025-son); Toshkent viloyati ixtislashtirilgan somatika shifoxonasi buyruq ( 20.06.2025yil. 01-72-son.), Toshkent shahar tez yordam klinik kasalxonasi buyruq (20.06.2025yil. 51-son.), bo‘yicha amaliyotga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 iyuldagi 22\08-son xulosasi olingan.