Orifova Saboatxon Yakubovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Noxush vaziyatlar oqibatida o‘smirlarda hissiy zo‘riqishlar korreksiyasining psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.4.PhD./P.86
Ilmiy rahbar: Maxsudova Mutabarxon Abdusalomovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfiddinovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Nurillaeva Baxtigul Babajonovna, psixologiya fanlari nomzodi, professor
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smirlar hissiy zo‘riqishiga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash asosida ularni bartaraf etishning psixologik yo‘llari va xususiyatlarini ochib berish orqali tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
noxush vaziyatlar ta’sirida o‘smirlarda hissiy muvozanatning buzilishi norozilik, xavotir, noqulaylik va umidsizlik kabi affektiv reaksiyalar, ichki resurslar susayishi hamda emotsional regulyasiya tizimidagi disbalansni xulqdagi ifodasini kuchaytirganligi tufayli psixologik demobilizatsiya jarayonida psixogen xususiyatlar sub’ektiv lokus nazorat orqali faollashishi asoslangan.
o‘smirlardagi hissiy zo‘riqishlar ta’sirida kognitiv faoliyatning me’yoriy kechishini tormozlovchi muhitdan qoniqmaslik, zerikish va yolg‘izlikka moyillik holatlarini kuchayishiga ko‘ra inqirozli holatdagi emotsional defisit va motivatsion pasayish orqali angedoniya holatining shakllanishi aniqlangan.
faoliyatdan qoniqmaydigan o‘smirlarda hissiy ta’sirchanlikning kuchayishi emotsional labillik, inferiorlik hissi va shubhaviy kognitiv sxemalarning faollashuvi, xavotir va qo‘rquv darajasini oshishi bilan bog‘liqligi tufayli psixoemotsional tengsizlik fonida vaziyatli xavotirlanishning shaxsiy xavotirlanishga integratsiyasi fobik tendensiyalarning shakllanishiga olib kelishi dalillangan.
o‘smirlar hissiy zo‘riqishini oldini olish va korreksiya qilishga qaratilgan psixologik model diagnostik, prognostik, motivatsion-regulyativ va refleksiv bloklardan iborat tuzilmaviy-komponent tizimini o‘quvchilar bilan ishlashda qo‘llanilishiga ko‘ra intervensiya jarayonida sub’ektiv lokus nazorat orqali stressogen omillarga moslashuvchanlik qobiliyatini emotsional rezilentlikka bog‘liq rivojlanishini ta’minlovchi komponetlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Noxush vaziyatlar oqibatida o‘smirlarda hissiy zo‘riqishlar korreksiyasining psixologik xususiyatlarini o‘rganishi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
noxush vaziyatlar ta’sirida o‘smirlarda hissiy muvozanatning buzilishi norozilik, xavotir, noqulaylik va umidsizlik kabi affektiv reaksiyalar, ichki resurslar susayishi hamda emotsional regulyasiya tizimidagi disbalansni xulqdagi ifodasini kuchaytirganligi tufayli psixologik demobilizatsiya jarayonida psixogen xususiyatlar sub’ektiv lokus nazorat orqali faollashishi asoslanganligiga oid natijalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabr 293 -son buyrug‘iga asosan “Ontogonez psixologiyasi. Differensial psixologiyasi” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabr 293-a son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarning hissiy zo‘riqishlariga sabab bo‘luvchi noxush vaziyatlar va ular tufayli vujudga keldaigan hissiy buzilishga moyillik holatlarini o‘rganish imkoniyati yaratilgan.
o‘smirlardagi hissiy zo‘riqishlar ta’sirida kognitiv faoliyatning me’yoriy kechishini tormozlovchi muhitdan qoniqmaslik, zerikish va yolg‘izlikka moyillik holatlarini kuchayishiga ko‘ra inqirozli holatdagi emotsional defisit va motivatsion pasayish orqali angedoniya holatining shakllanishi aniqlanganligiga doir ilmiy natijalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabr 293 -son buyrug‘iga asosan “Psixogigiena” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabr 293-a son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlar hissiy zo‘riqishining individual xususiyatlari yoritib berilgan.
faoliyatdan qoniqmaydigan o‘smirlarda hissiy ta’sirchanlikning kuchayishi emotsional labillik, inferiorlik hissi va shubhaviy kognitiv sxemalarning faollashuvi, xavotir va qo‘rquv darajasini oshishi bilan bog‘liqligi tufayli psixoemotsional tengsizlik fonida vaziyatli xavotirlanishning shaxsiy xavotirlanishga integratsiyasi fobik tendensiyalarning shakllanishiga olib kelishi dalillanganligiga doir O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabr 293 -son buyrug‘iga asosan “Ontogonez psixologiyasi. Differensial psixologiyasi” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabr 293-a son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda emotsional buzulishlar sindromini aniqlash imkoniyati yaratilgan.
o‘smirlar hissiy zo‘riqishini oldini olish va korreksiya qilishga qaratilgan psixologik model diagnostik, prognostik, motivatsion-regulyativ va refleksiv bloklardan iborat tuzilmaviy-komponent tizimini o‘quvchilar bilan ishlashda qo‘llanilishiga ko‘ra intervensiya jarayonida sub’ektiv lokus nazorat orqali stressogen omillarga moslashuvchanlik qobiliyatini emotsional rezilentlikka bog‘liq rivojlanishini ta’minlovchi komponetlar asosida takomillashtirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabr 293 -son buyrug‘iga asosan “Psixologik xizmat” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabr 293-a son ma’lumotnomasi). Natijada, hissiy zo‘riqishlar muammosiga doir psixologik trening dasturlarini shakllantirish va uning samaradorligini tekshirishga imkon yaratilgan.