Nurmatov Azizbek Nuralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘smirlarda ijtimoiy tarmoqlardagi yolg‘on axborotlarni qabul qilishga moyillikning psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/P1108.
Ilmiy rahbar: Juraev Baxrom psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira Gayratovna psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Raximova Indira Igorevna psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smirlarda ijtimoiy tarmoqlardagi yolgʻon axborotlarni qabul qilishga moyillikning psixologik xususiyatlarini tadqiq etish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardagi yolg‘on axborotlarni qabul qilishi ularda o‘rgimchak to‘riga ilinish, internetga qaramlikdan aziyat chekish, axborotlarni filtrsiz qabul qilish, ijtimoiy tarmoqlar hamda internetdan foydalanishda tartibsiz xulq-atvorning mavjudligi bilan belgilanganligi tufayli virtual kommunikatsiyada emosional intellektning pastligiga asoslangan “jamoaviy individuallikning” destruktiv rakursda kuchayishiga bog‘liq ekanligi dalillangan.
o‘smirlik davrida addektiv xulqning namoyon bo‘lishiga ko‘ra kiberaxborotlar, ijtimoiy tarmoqlar, internetga qaramlik yosh xususiyatiga oid inqirozlar ta’sirida siqib chiqarish, o‘rnini to‘ldirish, kompensatsiya, kabi psixologik muhofazani faollashtirganligi tufayli virtual olamda shaxslilik sifatlarining Egoni himoyalashga bog‘liq reduksiyalanishi orqali yolg‘on axborotlarni idrok qilishdagi kognitiv filtratsiyani pasayishi aniqlangan.
o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarga munosabati emansipatsiya hissiga muvofiq onlayn muloqotda ustunlik, kayfiyatning beqarorligi, kognitiv tobelik autent xabarlarni inkor etish orqali yolg‘onda o‘zini oqlashga urinishni yuzaga keltiriganligi tufayli virtual sherikning intellektual hislar asosida shaxs semantik maydoniga ta’sir etish vektoriga ko‘ra aniqlangan.
o‘smirlarda ijtimoiy tarmoqlardagi yolg‘on axborotlarni qabul qilishga moyillikni oldini olishning preventiv psixologik modeli kognitiv tarafkashlik, past rivojlangan tanqidiy fikrlash va autentlikni ma’lumotlarni qabul qilish va uzatish madaniyatini shakllantirish orqali bartaraf etish muhimligi tufayli feyk xabarlarga nisbatan perseptiv filtratsiyani ijtimoiy intellekt ta’sirida kognitiv ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashuviga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘smirlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali yolg‘on axborotlarni qabul qilishga moyillikning psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardagi yolg‘on axborotlarni qabul qilishi ularda o‘rgimchak to‘riga ilinish, internetga qaramlikdan aziyat chekish, axborotlarni filtrsiz qabul qilish, ijtimoiy tarmoqlar hamda internetdan foydalanishda tartibsiz xulq-atvorning mavjudligi bilan belgilanganligi tufayli virtual kommunikatsiyada emosional intellektning pastligiga asoslangan “jamoaviy individuallikning” destruktiv rakursda kuchayishiga bog‘liq ekanligi dalillanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-433-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Diffirensial psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-martdagi PM-433a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir o‘quvchilarni feyk kiberaxborotlar ta’siridan himoyalashda qaramlikga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlashga erishilgan;
o‘smirlik davrida addektiv xulqning namoyon bo‘lishiga ko‘ra kiberaxborotlar, ijtimoiy tarmoqlar, internetga qaramlik yosh xususiyatiga oid inqirozlar ta’sirida siqib chiqarish, o‘rnini to‘ldirish, kompensatsiya, kabi psixologik muhofazani faollashtirganligi tufayli virtual olamda shaxslilik sifatlarining Egoni himoyalashga bog‘liq reduksiyalanishi orqali yolg‘on axborotlarni idrok qilishdagi kognitiv filtratsiyani pasayishi aniqlanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-433-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Diffirensial psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-martdagi PM-433a-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy tarmoqlardagi yolg‘on axborotlar ta’siridan himoyalashga doir psixodiagnostik metodikalarni boyitishga erishilgan;
o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarga munosabati emansipatsiya hissiga muvofiq onlayn muloqotda ustunlik, kayfiyatning beqarorligi, kognitiv tobelik autent xabarlarni inkor etish orqali yolg‘onda o‘zini oqlashga urinishni yuzaga keltiriganligi tufayli virtual sherikning intellektual hislar asosida shaxs semantik maydoniga ta’sir etish vektoriga ko‘ra aniqlanganligiga doir yangiliklar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-433-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Diffirensial psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-martdagi PM-433a-son ma’lumotnomasi). Natijada bu Markaz laboratoriyalarining ilmiy-metodik taʼminotini yanada boyishi taʼminlanishiga xizmat qilgan;
o‘smirlarda ijtimoiy tarmoqlardagi yolg‘on axborotlarni qabul qilishga moyillikni oldini olishning preventiv psixologik modeli kognitiv tarafkashlik, past rivojlangan tanqidiy fikrlash va autentlikni ma’lumotlarni qabul qilish va uzatish madaniyatini shakllantirish orqali bartaraf etish muhimligi tufayli feyk xabarlarga nisbatan perseptiv filtratsiyani ijtimoiy intellekt ta’sirida kognitiv ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashuviga ko‘ra takomillashtirilganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-433-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Diffirensial psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-martdagi PM-433a-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil oluvchi o‘smir o‘quvchilarni ijtimoiy tarmoqlardagi yolg‘on axborotlar ta’siridan himoyalashning psixologik jihatlari bilan bog‘liq ilmiy-amaliy natijalarni boyitilishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish