Saidakbarova Nigora Abduraxim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/P1311.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Dilbar Ubaydullaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,  PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Nazarov Akmal Mardonovich psixologiya fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarda tadqiqotchilik qobilyatlarini rivojlantirishning  psixologik xususiyatlarini aniqlash va uni ilmiy-uslubiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishda shaxsning ilmiy muammoni prognozlay olish, xodisani chuqur o‘rganish orqali induktiv-deduktiv xulosa chiqarish ko‘nikmalarini intellektual hislarga bog‘liq namoyon bo‘lishiga ko‘ra noaniq axborotlarga intolerant munosabatning kasbiy tasavvurlar ta’sirida kuchli ifodalanishi asosida tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlik darajasini oshirish muhimligi isbotlangan.
talabalarning tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorligi muammo yuzasidan analitik fikrlash, mantiqiy mulohaza yuritish, o‘z fikrini dalillar bilan asoslash, empirik faktlarga asosan qaror qabul qilish ko‘nikmasining bilishga oid faollik hamda ijodiy tafakkur rakursida namoyon bo‘lishiga ta’siri tufayli intellektual xislarning lokus nazoratga bog‘liq kognitiv insayt holatida namoyon bo‘lishida aks etishi aniqlangan.
talabalarning tadqiqotchilik qobiliyatini rivojlantirishda o‘quv mashg‘ulotlaridagi kognitiv faollik, mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmasi divergent tafakkurni, muammoga oid muammolar yuzasidan ijodiy fikrlash shaxsning o‘ziga adekvat bahosini shakllanishiga ta’sir etishiga asoslanib ilmiy muammoga nisbatan sensitivlikning kreativ men konstruktirida tashabbuskorlikka bog‘liq kuchli ifodalanishi orqali innovatsion faoliyatga tayyorlikni oshirish muhimligi aniqlangan.
talabalarning tadqiqotchilik qobiliyatini rivojlantirishda ilmiy g‘oyalarni ilgari surishdagi kognitiv faollik va tadqiqot metodikalarini tanlay olishdagi savodxonlikni kvazirefleksiya (shaxsning o‘zini anglashini ijtimoiy muhit bilan shartlanganligi) hamda shaxsning o‘z imkoniyatlarini baxolay olish ko‘nikmasini introspeksiya bilan bog‘liq namoyon bo‘lishiga asoslanib refleksiv xususiyatlarning axborotlarga tanlovchan munosabat orqali intellektual xislarga uyg‘unlashuvi muhim ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Talabalarda tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
talabalarning tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishda shaxsning ilmiy muammoni prognozlay olish, xodisani chuqur o‘rganish orqali induktiv-deduktiv xulosa chiqarish ko‘nikmalarini intellektual hislarga bog‘liq namoyon bo‘lishiga ko‘ra noaniq axborotlarga intolerant munosabatning kasbiy tasavvurlar ta’sirida kuchli ifodalanishi asosida tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlik darajasini oshirish muhimligi isbotlangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi RM-394a son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi RM-394a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning tadqiqotchilik qobiliyatini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash imkoniyati yaratilgan.
talabalarning tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorligi muammo yuzasidan analitik fikrlash, mantiqiy mulohaza yuritish, o‘z fikrini dalillar bilan asoslash, empirik faktlarga asosan qaror qabul qilish ko‘nikmasining bilishga oid faollik hamda ijodiy tafakkur rakursida namoyon bo‘lishiga ta’siri tufayli intellektual xislarning lokus nazoratga bog‘liq kognitiv insayt holatida namoyon bo‘lishida aks etishi aniqlangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi RM-394a son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi RM-394a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorligini asoslovchi psixologik xususiyatlarni tadqiq etish imkoniyati yaratilgan. 
talabalarning tadqiqotchilik qobiliyatini rivojlantirishda o‘quv mashg‘ulotlaridagi kognitiv faollik, mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmasi divergent tafakkurni, muammoga oid muammolar yuzasidan ijodiy fikrlash shaxsning o‘ziga adekvat bahosini shakllanishiga ta’sir etishiga asoslanib ilmiy muammoga nisbatan sensitivlikning kreativ men konstruktirida tashabbuskorlikka bog‘liq kuchli ifodalanishi orqali innovatsion faoliyatga tayyorlikni oshirish muhimligi aniqlangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi RM-394a son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi RM-394a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda tadqiqotchilik qobiliyatini rivojlantirishning shaxs innovasion faoliyatga tayyorligini asoslovchi omillar optimallashtirilgan. 
talabalarning tadqiqotchilik qobiliyatini rivojlantirishda ilmiy g‘oyalarni ilgari surishdagi kognitiv faollik va tadqiqot metodikalarini tanlay olishdagi savodxonlikni kvazirefleksiya (shaxsning o‘zini anglashini ijtimoiy muhit bilan shartlanganligi) hamda shaxsning o‘z imkoniyatlarini baxolay olish ko‘nikmasini introspeksiya bilan bog‘liq namoyon bo‘lishiga asoslanib refleksiv xususiyatlarning axborotlarga tanlovchan munosabat orqali intellektual xislarga uyg‘unlashuvi muhim ekanligi dalillangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi RM-394a son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi RM-394a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning tadqiqotchilik qobiliyatini rivojlantirishda refleksiv xususiyatlarning ahamyati ochib berilgan va psixologik model ishlab chiqilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish