Inamova Sayyora Axmad qizining
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogika yo‘nalishi talabalariga chet til o‘rgatishda mustaqil ta’limni tashkil etish texnologiyasi” 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.2.PhD/Ped4340
Ilmiy rahbar: Asqarova O‘g‘iloy Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02. qoshidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muradkasimova Kamola Shuxratovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Saidova Muhabbatxon Shukrullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Pedagogika yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini o‘rgatishda mustaqil ta’limni tashkil etish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Pedagogika yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini o‘rgatishda mustaqil ta'limni tashkil etishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
talabalarga ingliz tilini o‘rgatishda mustaqil ta’limni tashkil etish texnologiyasining tuzilmaviy-funksional modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, u motivatsion-maqsadli, tashkiliy-faoliyat, nazorat-baholash va refleksiv-korreksion komponentlarning integratsiyasiga asoslangan;
talabalarda ingliz tili bo‘yicha mustaqil ta’lim kompetensiyasini shakllantirishning bosqichli-modulli pedagogik modeli yaratilgan bo‘lib, unda adaptiv (moslashuv), reproduktiv-produktiv (faol o‘zlashtiruv), kreativ-refleksiv (ijodiy mustaqillik) va professional-amaliy (kelajak kasbiga tayyorgarlik) bosqichlari belgilangan;
pedagogika yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini o‘rgatishda mustaqil ta’limni samarali tashkil etish texnologiyasining didaktik-metodik ta’minoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarga ingliz tilini o‘rgatishda mustaqil ta’limni tashkil etish texnologiyasini takomillashtirishga asoslangan tajriba-sinov natijalari asosida:
pedagogika yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini o‘rgatishda mustaqil ta'limni tashkil etishning pedagogik-psixologik xususiyatlari aniqlashga asoslangan taklif va tavsiyalar “Chet tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘i). Natijada, talabalarning ingliz tilini mustaqil o‘rganishga doir bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishning metodik imkoniyatlarini boyitilgan;
pedagogika yo‘nalishi talabalarda ingliz tili bo‘yicha mustaqil ta’lim kompetensiyasini shakllantirishning bosqichli-modulli pedagogik modeli yaratilgan bo‘lib, unda adaptiv (moslashuv), reproduktiv-produktiv (faol o‘zlashtiruv), kreativ-refleksiv (ijodiy mustaqillik) va professional-amaliy (kelajak kasbiga tayyorgarlik) bosqichlari orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar “Chet tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘i). Natijada, ingliz tilini mustaqil o‘rganishning metodik imkoniyatlari talabalarning autentik materiallardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
pedagogika yo‘nalishi talabalarida ingliz tili bo‘yicha mustaqil ta’lim kompetensiyasini shakllantirishning bosqichli-modulli pedagogik modeli yaratilgan bo‘lib, unda adaptiv (moslashuv), reproduktiv-produktiv (faol o‘zlashtrish), kreativ-refleksiv (ijodiy mustaqillik) va professional-amaliy (kelajak kasbiga tayyorgarlik) bosqichlari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM nuharririyati tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlari senariysining 2024 yil fevral va may sonlarida dasturlarida yoritilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 31-oktyabrdagi 05-09-1706-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning mustaqil ta’limni tashkil etish orqali ularning individual chet til o‘rganishlarini rivojlantirishga doir metodika ommalashtirilgan.
pedagogika yo‘nalishi pedagogika yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini o‘rgatishda mustaqil ta’limni samarali tashkil etish texnologiyasining didaktik-metodik ta’minotini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 10-oktyabrdagi 19014-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogika ta’limi yo‘nalishlarida ingliz tilini o‘rgatishning metodik shart-sharoitlari “natural-reflexive” hamda loyiha ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirilgan;.