Xamroev Utkir Namozovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining algoritmlashga oid kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3198.
Ilmiy rahbar: Mirsanov Uralboy Muxammadievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi DSc.17/7.06.2024.K/T.06.03
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
1. Jo‘raev Husniddin Oltinboevich- Buxoro davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori, professor;
2. O‘tapov Toyir Usmonovich- Navoiy davlat universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining algoritmlashga oid kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning algoritmlashga oid mantiqiy, kreativ, kognitiv fikrlashini va kompetentligini rivojlantirish intellektual faoliyat bosqichlari va tayyorgarlik darajalari semantik, muammoli, interaktiv yondashuv hamda virtual muhitlar asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning sonli-tahlil, proektiv-rekursiv algoritmlashga doir mantiqiy, kreativ fikrlashini rivojlantirish va algoritmlash mantiqiga moslashtirish, aqliy faoliyatining o‘tish jarayonini uslubiy tuzilmasi muammoli ta’lim texnologiyalari, metodik ta’minotli dasturiy vositalar, ochiq axborot ta’lim muhitlar asosida takomillashtirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida algoritmlashga oid fanlardan mashg‘ulotlarini o‘quv-tashkiliy tuzilmasini, tashkil etish bosqichlari didaktik ta’minotli muhitlarni innovatsion faoliyatga, saralash, qidiruv, rekursiv, Rabin-Karp masalalarga moslash orqali talabalarda o‘z-o‘zini shakllantirish kompetentligini amaliy yo‘naltirilgan didaktik omillari tizimli-faollik va semantik yondashuvlar yordamida takomillashtirilgan;
algoritmlashga oid fanlardan mustaqil ta’lim jarayonlariga oid o‘quv-metodik ta’minot, dasturiy vositalar, semantik va matnli o‘quv topshiriqlari hamda virtual muhitlarni didaktik imkoniyatlari mazmunini ochib berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining algoritmlashga oid kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
talabalarning algoritmlashga oid mantiqiy, kreativ, kognitiv fikrlashini va kompetentligini rivojlantirish intellektual faoliyat bosqichlari va tayyorgarlik darajalari semantik, muammoli, interaktiv yondashuvlar, virtual muhitlar asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Algoritmlash asoslari” nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 07-maydagi 149-son buyrug‘i, 925681-raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarning algoritmlashga oid kompetentligini rivojlantirishga erishilgan;
talabalarning sonli-tahlili, proektiv-rekursiv algoritmlashga doir mantiqiy, kreativ fikrlashini rivojlantirish va algoritmlash mantig‘iga moslashtirish, aqliy faoliyatining o‘tish jarayonini uslubiy tuzilmasi muammoli ta’lim texnologiyalari, metodik ta’minotli dasturiy vositalar, ochiq axborot ta’lim muhitlar asosida takomillashtirishga oid takliflar “Python dasturlash tili” nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-apreldagi 281-son buyrug‘i, 281-9 raqamli guvohnomasi). Natijada, algoritmlashga oid fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida algoritmlashga oid fanlardan mashg‘ulotlarini o‘quv-tashkiliy tuzilmasi, tashkil etish bosqichlari didaktik ta’minotli muhitlarni innovatsion faoliyatga, saralash, qidiruv, rekursiv, rabin-Karp masalalarga moslash orqali talabalarda o‘z-o‘zini shakllantirish kompetentligini amaliy yo‘naltirilgan didaktik omillari tizimli-faollik va semantik yondashuvlarga ko‘ra takomillashtirishga oid takliflar “Algoritmi i strukturi dannix” nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 711-U-son buyrug‘i, 711-14-raqamli guvohnomasi). Natijada, algoritmlashga oid fanlarni tashkil etish tuzilmasini takomillashtirishga erishilgan.
algoritmlashga oid fanlardan mustaqil ta’lim jarayonlariga oid o‘quv-metodik ta’minot dasturiy vositalar, semantik va matnli o‘quv topshiriqlari hamda virtual muhitlarni didaktik imkoniyatlari mazmunini ochib berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Algoritmlash asoslari” fanidan laboratoriya ishlari nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i, 149238-raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarning algoritmlashga oid fanlardan mustaqil ta’limini takomillashtirishga erishilgan.