Esengeldiev Dauranbay Nietbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasida demografik jarayonlarni ekonometrik modellashtirish”, 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4387.
Ilmiy rahbar: Aimbetov Nagmet Kallievich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Xatamov Ochildi Kurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Palvaniyazov Anvar Amatovich, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida demografik jarayonlarni ekonometrik modellashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida demografik jarayonlarni tashkil etishning quyi va yuqori darajalarda samaradorligini oshirishning ko‘p bosqichli mintaqaviy algoritmi ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston mintaqalarining demografik holati ko‘rsatkichlarini “ta’sirsiz” (0-40 %), “ta’sirli” (41-70 %) va “o‘ta ta’sirli” (71-100 %) darajalarda baholash taklif etilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi o‘sish dinamikasini doimiy o‘rganish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilish imkonini beruvchi “mintaqaviy ekonometrik monitoring qilish markazi”ni tashkil etish mumkinligi asoslangan;
turli ssenariylarni baholash natijalariga asoslanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasida demografik jarayonlar ko‘rsatkichlarining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida demografik jarayonlarni ekonometrik modellashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida demografik jarayonlarni tashkil etishning quyi va yuqori darajalarda samaradorligini oshirishning ishlab chiqilgan ko‘p bosqichli mintaqaviy algoritmi bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi faoliyatiga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining 2024-yil 20-dekabr dagi № 01/2-02-07-1569-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi Qoraqalpog‘iston Respublikasida demografik jarayonlarni tarkibiy o‘rganish asosida aholining mavjud muammolarini aniqlash imkonini bergan; 
O‘zbekiston mintaqalarining demografik holati ko‘rsatkichlarini “ta’sirsiz” (0-40 %), “ta’sirli” (41-70 %) va “o‘ta ta’sirli” (71-100 %) darajalarda baholash bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi faoliyatiga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining 2024-yil 20-dekabr dagi № 01/2-02-07-1569-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqasida demografik tahlilni amalga oshirish uchun mazkur holat ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida aniqlash imkonini bergan; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi o‘sish dinamikasini doimiy o‘rganish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilish imkonini beruvchi “mintaqaviy ekonometrik monitoring qilish markazi”ni tashkil etish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi faoliyatiga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining 2024-yil 20-dekabr dagi № 01/2-02-07-1569-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi o‘sish dinamikasiga oid strategik reja va dasturlarni ishlab chiqish imkonini bergan; 
turli ssenariylarni baholash natijalariga asoslanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasida demografik jarayonlar ko‘rsatkichlarining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi faoliyatiga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining 2024-yil 20-dekabr dagi № 01/2-02-07-1569-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasida demografik jarayonlar ko‘rsatkichlarining kelajakdagi holatini aniqlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish