Ibrayimova Dilnoza Abdisheripovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5519.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Xudoyor Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Madraximov Qaxramon Egamberganovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tarmog‘ida ishlab chiqaruvchilar, qayta ishlovchilar va savdo subektlari o‘rtasidagi kooperatsion va integratsion mexanizmlar tizimli ravishda asoslagan holda qo‘shilgan qiymat zanjiri modeli ishlab chiqilgan;
mintaqada oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosini barqaror  rivojlanishini toʻrtta indeks “qoniqish indeksi” (0≤3,10≤5), “xarid faolligi indeksi” (0≤1,96≤5), “raqamlashtirish indeksi” (0≤73,30≤100) va “transport vositalaridan foydalanish qulayligi indeksi” (0≤66,79≤100) yordamida baholash taklif etilgan; 
mintaqada oziq-ovqat mahsulotlari onlayn savdosini rivojlantirishing Logit modeli ishlab chiqilgan va ombor salohiyati indeksi asosida baholangan;
mintaqa oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo tovar aylanmasi hajmining 2030-yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosini rivojlantirishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqa oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tarmog‘ida ishlab chiqaruvchilar, qayta ishlovchilar va savdo sub’ektlari o‘rtasidagi kooperatsion va integratsion mexanizmlar tizimli ravishda asoslagan holda qo‘shilgan qiymat zanjiri modeli ishlab chiqish taklifi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 8-noyabr 06-15-09/11425-son ma’lumotnomasi). Mazkur model mintaqaning oziq-ovqat sanoatini barqaror rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilgan;
mintaqada oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosini barqaror  rivojlanishini toʻrtta indeks “qoniqish indeksi” (0≤3,10≤5), “xarid faolligi indeksi” (0≤1,96≤5), “raqamlashtirish indeksi” (0≤73,30≤100), va “transport vositalaridan foydalanish qulayligi indeksi” (0≤66,79≤100) yordamida baholash taklifi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 8-noyabr 06-15-09/11425-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi hududlarda aholining oziq-ovqat mahsulotlar sotib olish jarayonida iqtisodiy faollikni oshirgan; 
mintaqada oziq-ovqat mahsulotlari onlayn savdosini rivojlantirishing Logit modeli ishlab chiqilgan va ombor salohiyati indeksi bo‘yicha taklifi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 8-noyabr 06-15-09/11425-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif hududlar oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosida raqamlashtirish darajasining oshishi va onlayn savdoni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatini bergan; 
mintaqa oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo tovar aylanmasi hajmining 2030-yilga qadar prognoz qiymatlari Xorazm viloyati hokimligi mahkamasiga joriy qilingan  (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 8-noyabr 06-15-09/11425-son ma’lumotnomasi). Mazkur model natijalaridan mintaqa oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo tarmog‘ini rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish