Jumaev Islom Xo‘shboq o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashda turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari” (Surxondaryo viloyati misolida), 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5177.
Ilmiy rahbar: Aminova Maqsuda Saminovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Baxtiyorov Shoxzod Sherzodbek o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyatida iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda turistik xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tavsiya va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda turizm salohiyatidan samarali foydalanishning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlarni o‘z ichiga oluvchi hamda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan atrof-muhitga etkaziladigan zarar va xarajatlarni minimallashtirishning ekologik jihatdan barqaror rivojlanish maqsadlari taklif etilgan;
mintaqada iqtisodiy barqarorlikka erishishda mavjud iqtisodiy tarmoqlar lokatsion kvotientlar (Location Quotiens, LQ) bo‘yicha turlarga ajratilib, (LQ > 1) tarmoq mintaqada nisbatan yuqori ahamiyatga ega, (LQ = 1) tarmoq hudud va milliy miqyosda bir xil nisbiy ahamiyatga ega va (LQ < 1) tarmoq hududda nisbatan kam rivojlanganligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi taklif qilingan;
mintaqada iqtisodiy barqarorlikka erishishda servis tarmoqlarining bandlik va iqtisodiy raqobatbardoshligini oshirish, daromad manbalarini ko‘paytirish va diversifikatsiya qilishga ijobiy ta’sir qiluvchi drayver sifatida taklif qilingan turizmning samarali salohiyatidan foydalanish infratuzilmasi taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda turizm sohasi rivojlanishini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarning 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda turizm salohiyatidan samarali foydalanish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqada iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda turizm salohiyatidan samarali foydalanishning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlarni o‘z ichiga oluvchi hamda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan atrof-muhitga etkaziladigan zarar va xarajatlarni minimallashtirishning ekologik jihatdan barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimining 2022-yil 10-oktyabrdagi “2022-2026-yillarda Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 546-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 9-oktyabrdagi 06-06/9370-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish mintaqada iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda turizm sohasini rivojlantirish, mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik salohiyatidan samarali foydalanish hamda yalpi hududiy mahsulotda xizmatlar hajmini 10-15 foizga oshirish imkonini bergan;
mintaqada iqtisodiy barqarorlikka erishishda mavjud iqtisodiy tarmoqlar lokatsion kvotientlar (Location Quotiens, LQ) bo‘yicha turlarga ajratilib, (LQ > 1) tarmoq mintaqada nisbatan yuqori ahamiyatga ega, (LQ = 1) tarmoq hudud va milliy miqyosda bir xil nisbiy ahamiyatga ega va (LQ < 1) tarmoq hududda nisbatan kam rivojlanganligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimining 2022-yil 10-oktyabrdagi “2022-2026-yillarda Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 546-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 9-oktyabrdagi 06-06/9370-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda samaradorlik yuqori bo‘lgan turizm sohasi salohiyatidan foydalanish asosida mintaqada qo‘shimcha iqtisodiy o‘sish darajalarini aniqlab olish imkonini bergan;
mintaqada iqtisodiy barqarorlikka erishishda servis tarmoqlarining bandlik va iqtisodiy raqobatbardoshligini oshirish, daromad manbalarini ko‘paytirish va diversifikatsiya qilishga ijobiy ta’sir qiluvchi drayver sifatida taklif qilingan turizmning samarali salohiyatidan foydalanish infratuzilmasi bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimining 2022-yil 10-oktyabrdagi “2022-2026-yillarda Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 546-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 9-oktyabrdagi 06-06/9370-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni joriy qilinishi natijasida mintaqada turistik xizmatlarni taklif qiluvchi tadbirkorlik subektlar sonini 3-5 foizga, tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy turistlar sonini 10-15 foizga oshirish imkonini bergan;
mintaqa iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda turizm sohasi rivojlanishini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarning 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimining 2022-yil 10-oktyabrdagi “2022-2026-yillarda Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 546-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 9-oktyabrdagi 06-06/9370-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur model natijalaridan mintaqada turizmni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan.