Kadirova Rayxona Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida O‘zbekiston va Turkiya aloqalarining o‘ziga xos xususiyatlari”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ss436
Ilmiy rahbar: Sultanova E’tibor Siddikovna siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02
Rasmiy opponentlar:
Muhammadsiddiqov Muhammadolim Muhammadroziq o‘g‘li siyosiy fanlar doktori, professor.
Tursunmuratov Turdimurod Maxamatqulovich siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida ochib berishdan borat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xalqaro tashkilotlarning zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni va faol ishtirokining ortib borishi, bugungi kunda davlatlar tashqi siyosatdagi milliy manfaatlarni amalga oshirishda institutsional tuzilmalardan samarali foydalanayotganidan kelib chiqib, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida O‘zbekiston va Turkiya munosabatlari hamda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik jarayonlari “neoinstitusionalizm” hamda “mintaqaviy identifikatsiya” paradigmasi nuqtayi nazaridan tahlil qilinib, davlatlararo munosabatlar “ko‘p qirrali strategik uyg‘unlashuv” va “asimmetrik strategik uyg‘unlik” modeliga ko‘ra asoslab berilgan;
Mamlakatlarning tashqi siyosatida xalqaro tashkilotlar platformalaridan foydalanish amaliyotini tahlil qilish asosida, tashkilot doirasida innovatsion rivojlanish texnoparklari, raqamli logistika markazlari hamda startap diplomatiyasi kabi mexanizmlar orqali TDT makonida O‘zbekistonning amaliy ishtirokini kuchaytirish hamda O‘zbekiston–Turkiya hamkorligini chuqurlashtirishga qaratilgan iqtisodiy diplomatiya, investisiya platformalari, ilmiy-ta’lim aloqalari va madaniy kommunikatsiyalarni yagona integratsion tizimga birlashtirishni nazarda tutuvchi “mintaqaviy amaliy sheriklik klasteri” modeli ishlab chiqish taklifi ilmiy nazariy jihatdan dalillangan;
Ta’lim sohasidagi institutsional hamkorlik ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tuzilgan bitimlar, universitet filiallari faoliyati, qo‘shma ikki diplomli dasturlar va akademik almashinuvlar misolida kompleks tahlil qilinib, bu jarayonning intellektual resurslar almashinuvi, malakali kadrlar tayyorlash va mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirishdagi o‘rni aniq asoslab berilib, raqamli ta’lim va masofaviy o‘qitish yo‘nalishlaridagi hamkorlik imkoniyatlari texnologik infratuzilma, interaktiv platformalar, onlayn o‘quv resurslari va ilg‘or pedagogik metodlar kesimida baholanib, ta’lim sohasi TDT doirasida barqaror va strategik integratsiya mexanizmi sifatida dalillangan.
O‘zbek va turk diasporalari o‘rtasidagi yaqinlashuv jarayoni madaniy va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro ishonch va hamkorlik muhitini kengaytirish orqali “muloqot ko‘prigi”ni shakllantirib, bu jarayon diasporalar diplomatiyasini rivojlantirishga, ularning ikki tomonlama munosabatlardagi rolini kuchaytirishga hamda xalq diplomatiyasi imkoniyatlarini yanada samarali qo‘llashga sezilarli hissa qo‘shayotgani ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida O‘zbekiston va Turkiya aloqalarining o‘ziga xos xususiyatlari va ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanishini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari va xulosalari asosida:
Xalqaro tashkilotlarning zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni va faol ishtirokining ortib borishi, bugungi kunda davlatlar tashqi siyosatdagi milliy manfaatlarni amalga oshirishda institutsional tuzilmalardan samarali foydalanayotganidan kelib chiqib, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida O‘zbekiston va Turkiya munosabatlari hamda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik jarayonlari “neoinstitusionalizm” hamda “mintaqaviy identifikatsiya” paradigmasi nuqtayi nazaridan tahlil qilinib, davlatlararo munosabatlar “ko‘p qirrali strategik uyg‘unlashuv” va “asimmetrik strategik uyg‘unlik” modeliga ko‘ra asoslab berilganligi borasidagi ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2025-yil 25-iyundagi 04-04-02/1682-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada bildirilgan ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar sohaga oid axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga va amalda qo‘llashga xizmat qilgan.
O‘zbek va turk diasporalari o‘rtasidagi yaqinlashuv jarayoni madaniy va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro ishonch va hamkorlik muhitini kengaytirish orqali ikki xalq o‘rtasida mustahkam “muloqot ko‘prigi”ni barpo etib, diasporalar diplomatiyasini rivojlantirishga, ularning ikki tomonlama munosabatlardagi rolini kuchaytirishga hamda xalq diplomatiyasi imkoniyatlarini yanada samarali qo‘llashga sezilarli hissa qo‘shayotgani ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Ushbu ilmiy xulosalardan O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi faoliyati hamda axborot, tahliliy xujjatlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Shanxay Hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiya markazining 2025-yil 23-iyundagi 04-04-02/1662-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda ilgari surilgan ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar sohaga oid tahliliy bazani boyitishga, tashqi hamkorlikda madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirishga va amaliy faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
Ta’lim sohasidagi institutsional hamkorlik ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tuzilgan bitimlar, universitet filiallari faoliyati, qo‘shma ikki diplomli dasturlar va akademik almashinuvlar misolida kompleks tahlil qilinib, bu jarayonning intellektual resurslar almashinuvi, malakali kadrlar tayyorlash va mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirishdagi o‘rni aniq asoslab berilib, raqamli ta’lim va masofaviy o‘qitish yo‘nalishlaridagi hamkorlik imkoniyatlari texnologik infratuzilma, interaktiv platformalar, onlayn o‘quv resurslari va ilg‘or pedagogik metodlar kesimida baholanib, ta’lim sohasi TDT doirasida barqaror va strategik integratsiya mexanizmi sifatida asoslanishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi ish faoliyati va axborot tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 10-noyabrdagi 01/17-4827-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur takliflar vazirlllik tizimi idoralari me’yoriy-huquqiy va axborot-tahliliy bazasini takomillashtirish va ularni amaliy qo‘llashga xizmat qildi.
Mamlakatlarning tashqi siyosatida xalqaro tashkilotlar platformalaridan foydalanish amaliyotini tahlil qilish asosida, tashkilot doirasida innovatsion rivojlanish texnoparklari, raqamli logistika markazlari hamda startap diplomatiyasi kabi mexanizmlar orqali TDT makonida O‘zbekistonning amaliy ishtirokini kuchaytirish hamda O‘zbekiston–Turkiya hamkorligini chuqurlashtirishga qaratilgan iqtisodiy diplomatiya, investisiya platformalari, ilmiy-ta’lim aloqalari va madaniy kommunikatsiyalarni yagona integratsion tizimga birlashtirishni nazarda tutuvchi “mintaqaviy amaliy sheriklik klasteri” modeli ishlab chiqish taklifi borasidagi ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2025-yil 25-iyundagi 04-04-02/1682-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada bildirilgan ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar sohaga oid axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga va amalda qo‘llashga xizmat qilgan.