Rasulov Otabek Abdulazizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy bosqichda Jazoirdagi ijtimoiy-siyosiy islohotlarning o‘ziga xos jihatlari”, 23.00.02 - Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ss501
Ilmiy rahbar: Yovqochev Shuxrat Akmalevich siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02
Rasmiy opponentlar:
Muhammadsiddiqov Muhammadolim Muhammadroziq o‘g‘li siyosiy fanlar doktori, professor.
Yakubov Ildar Xarasovich siyosiy fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zamonaviy bosqichda Jazoirdagi ijtimoiy-siyosiy islohotlarning o‘ziga xos jihatlarini ochib berish va rivojlanish bosqichlarini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Jazoir Respublikasi ijtimoiy-siyosiy tizimining murakkab tuzilmasi davlat va jamiyat o‘rtasidagi diniy-madaniy, muhofazakor-sekulyar, muxolifat va harbiy tuzilmalar o‘rtasidagi munosabatlar orqali namoyon bo‘lishi hamda davlat boshqaruvida markazlashuv tizimini minimallashtirishni nazarda tutuvchi “postmodern boshqaruv” modeliga ko‘ra asoslab berilgan;
Jazoir siyosiy tizimining evolyusiyasida sotsializm, kvazikapitalizm, antiimperializm va milliy g‘oya elementlarining uyg‘unlashgan holda faoliyat yuritishi va aholining talab va e’tirozlariga moslashuvchan siyosiy dastur shakllantirilayotgani “davlat-oila” tamoyiliga asoslangan davlat paternalizmi konsepsiyasidan kelib chiqib asoslab berilgan;
Jazoirdagi ijtimoiy-siyosiy islohotlar va o‘zgarishlar diniy muxolif guruhlarni dunyoviy boshqaruv tizimiga integratsiya qilishga yo‘naltirilganligi, vakillik organlarining vakolatlarini kengaytirish, iqtisodiy diversifikatsiyani neft-gaz sohasidan boshlash hamda tashabbuskor va tizimli jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga qaratilgan “Yangi Jazoir” strategiyasi asosida isbotlangan;
O‘zbekiston tashqi siyosatida yaqin va uzoqdagi hamkor davlatlar jo‘g‘rofiyasini yanada kengaytirish, O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirish orqali Markaziy Osiyo va Shimoliy Afrika mintaqalari o‘zaro bog‘liqligini kengaytirish imkoniyatlaridan kelib chiqib, Jazoirda O‘zbekiston Respublikasining elchixonasini ochish taklifi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jazoirdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning o‘ziga xos jihatlariga oid tadqiqot natijalari asosida:
O‘zbekiston tashqi siyosatida yaqin va uzoqdagi hamkor davlatlar jo‘g‘rofiyasini yanada kengaytirish, O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirish orqali Markaziy Osiyo va Shimoliy Afrika mintaqalari o‘zaro bog‘liqligini kengaytirish imkoniyatlaridan kelib chiqib, Jazoirda O‘zbekiston Respublikasining elchixonasini ochish taklifiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimida kompleks tizimli tadqiqot natijalariga oid tahliliy materiallar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasining 2025-yil 7-avgustdagi 18/40-1948-son Dalolatnomasi). Natijada olingan ilmiy xulosa va takliflar O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasidagi hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan ikki tomonlama harakatlar rejasini ishlab chiqishga xizmat qilgan.
Jazoir Respublikasi ijtimoiy-siyosiy tizimining murakkab tuzilmasi davlat va jamiyat o‘rtasidagi diniy-madaniy, muhofazakor-sekulyar, muxolifat va harbiy tuzilmalar o‘rtasidagi munosabatlar orqali namoyon bo‘lishi hamda davlat boshqaruvida markazlashuv tizimini minimallashtirishni nazarda tutuvchi “postmodern boshqaruv” modeliga ko‘ra asoslab berilganiga oid tahliliy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasining tahliliy va targ‘ibotlar materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasining 2025-yil 8-avgustdagi 02-02/1/2203-son dalolatnomasi). Natijada olingan taklif va tavsiyalar din va jamiyat masalalariga doir yaratilgan ilmiy risola va kitoblarning mazmun-mohiyatini boyitishga xizmat qilgan.
Jazoir iqtisodiy rivojlanish modeli “ijaraga beruvchi davlat” (rentier state) konsepsiyasi doirasida tahlil qilinib, iqtisodiy diversifikatsiyaning etishmasligi va boshqaruv samaradorligining sustligi ijtimoiy-siyosiy beqarorlik omillaridan biri ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimida kompleks tizimli tadqiqot ma’lumotnomalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasining 2025-yil 7-avgustdagi 18/40-1948-son Dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada bildirilgan ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar sohaga oid axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga xizmat qilgan.
Jazoirdagi ijtimoiy-siyosiy islohotlar va o‘zgarishlar diniy muxolif guruhlarni dunyoviy boshqaruv tizimiga integratsiya qilishga yo‘naltirilganligi, vakillik organlarining vakolatlarini kengaytirish, iqtisodiy diversifikatsiyani neft-gaz sohasidan boshlash hamda tashabbuskor va tizimli jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga qaratilgan “Yangi Jazoir” strategiyasi asosida isbotlanganiga oid olingan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tomonidan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2025-yil 12-noyabrdagi 02/548 son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi xodimlari tomonidan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ma’ruza matnlarini mazmunan boyitishga xizmat qilgan.