Anorboev Amiriddin Ulug‘bek o‘g‘lining 
yuridik fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi kiberjinoyatlarning jinoiy-huquqiy jihatlari”, 12.00.08 – “Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Yu235
Ilmiy konsultant: Rustambaev Mirzayusup Xakimovich yuridik fanlar dοktοri, prοfessοr 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Toshpo‘latov Akrom Ikromovich, yuridik fanlar doktori; Turg‘unboev Elbekjon Odiljonovich, yuridik fanlar doktori; O‘razaliev Murodbek Qoraevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi kiberjinoyatlarning jinoiy-huquqiy jihatlarini o‘rganish, kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga omma oldida da’vat qilish uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi jamoat xavfsizligi ta’minlanishi mustahkamlanishiga xizmat qilishi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda ma’lumotlar bazalarida shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishga, tizimlashtirishga va saqlashga oid talablarga rioya etmaslik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoyalash va ijtimoiy barqarorlik ta’minlanishiga hissa qo‘shishi asoslangan;
kiberxavfsizlik va muhim axborot infratuzilmasi obektlarini toifalash, ularning kiberxavfsizligini ta’minlash darajasini baholash, kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish, axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan apparat, apparat-dasturiy hamda dasturiy vositalarni sertifikatlashtirish tartibi belgilanishi kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tizimlashtirishga, kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligi ta’minlanishiga xizmat qilishi isbotlangan;
qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi jinoyat sodir etish, shu jumladan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish va mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish uchun jinoiy javobgarlikni belgilash kiberxavfsizlikni kuchaytirish, kripto-aktivlar bo‘yicha qonunchilik buzilishiga qarshi qat’iy choralar ko‘rish, axborot tizimlariga ruxsatsiz kirish va ulardan noqonuniy foydalanishning barvaqt profilaktikasiga xizmat qilishi asoslangan;
giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni, ularni targ‘ib qiluvchi mahsulotni telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tarqatish, reklama qilish, namoyish etish tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlikni belgilanishi inson hayoti va sog‘lig‘i muhofazasi kuchaytirilishiga xizmat qilishi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi kiberjinoyatlarning jinoiy-huquqiy jihatlari mavzusidagi tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» 2021-yil 30-martdagi O‘RQ–679-son Qonuni bilan «telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan, Internet jahon axborot tarmog‘idan, shuningdek matnni ko‘paytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga omma oldida da’vat qilish» uchun Jinoyat kodeksining 244-moddasining ikkinchi qismi «b»-bandi bilan jinoiy javobgarlik belgilandi. (O‘zkomnazoratning 05.12.2024-yildagi 01/07-1-son dalolatnomasi);
O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» 2021-yil 29-oktyabrdagi O‘RQ–726-son Qonuni bilan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berilayotganda jisman O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reestrida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsga doir ma’lumotlar bazalarida shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishga, tizimlashtirishga va saqlashga oid talablarga rioya etmaslik uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1412-moddasida jinoiy javobgarlik belgilab qo‘yildi (O‘zkomnazoratning 05.12.2024-yildagi 01/07-1-son dalolatnomasi);
O‘zbekiston Respublikasining «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida» 2022-yil 15-apreldagi O‘RQ–764-son Qonuni qabul qilindi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-fevraldagi PQ–75-son qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining «O‘zbekiston Respublikasi kiberxavfsizlik va muhim axborot infratuzilmasi obektlarining kiberxavfsizligini ta’minlash darajasini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 2023-yil 4-sentyabrdagi 91-son (22.09.2023-y., ro‘y.: 3458), «O‘zbekiston Respublikasi muhim axborot infratuzilmasi obektlarini toifalash va ularning yagona reestrini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida» 2024-yil 24-oktyabrdagi 118-son (11.11.2024-y., ro‘y.: 3570), «Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 2024-yil 15 oktyabrdagi 113-son (14.11.2024-y., ro‘y.: 3573), «Axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan apparat, apparat-dasturiy hamda dasturiy vositalarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 2024-yil 15-oktyabrdagi 114-son (14.11.2024-y., ro‘y.: 3574) buyruqlari qabul qilindi, shuninhdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining muhim axborot infratuzilmasi obektlari kiberxavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2023-yil 31-maydagi PQ–167-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining muhim axborot infratuzilmasi obektlari kiberxavfsizligini ta’minlash tartibi va O‘zbekiston Respublikasining muhim axborot infratuzilmasi obektlarida kiberxavfsizlikning umumiy talablari tasdiqlab qo‘yildi. (Raqamlashtirish vazirligining 14.05.2024-yildagi 20-8/3142-son va O‘zkomnazoratning 05.12.2024-yildagi 01/07-1-son dalolatnomalari);
O‘zbekiston Respublikasining «Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ–829-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1413-moddasida shaxs tanasining va (yoki) jinsiy a’zolarining yalang‘och holdagi foto- va (yoki) videotasvirini o‘z ichiga olgan axborotni uning roziligisiz tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish yoxud bunday axborotni tarqatish bilan qo‘rqitish, O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida» 2024-yil 19-yanvardagi O‘RQ–899-son Qonuni bilan Jinoyat kodeksining 165-moddasida tovlamachilik jabrlanuvchining axborot resursini yo‘q qilish, o‘zgartirish, egallab olish yoki to‘sib qo‘yish yoki jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo‘rqitib o‘zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o‘zining mulkini yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yish, 2788-moddasida kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish, 2789-moddasida mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish uchun jinoiy javobgarlik belgilanib, Jinoyat kodeksining sakkizinchi bo‘limiga «kripto-aktiv» va «mayning» tushunchalari kiritildi hamda O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» 2022-yil 19-oktyabrdagi O‘RQ–794-son Qonuni bilan Jinoyat kodeksining 168-moddasining uchinchi qismi g-bandida axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib firibgarlik va 169-modda uchinchi qismining «b» bandida qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib o‘g‘rilik jinoyatini sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilab qo‘yilgan. (O‘zkomnazoratning 05.12.2024-yildagi 01/07-1-son dalolatnomasi);
O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining yoki psixotrop moddalarning, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarning qonunga xilof muomalasiga qarshi kurashishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida» 2024-yil 5-oktyabrdagi O‘RQ–971-son Qonuni bilan Jinoyat kodeksining 2511-moddasida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, 273-moddaning uchinchi qismi «d»-bandida telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish, o‘tkazish, Jinoyat kodeksining 274-moddasida giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. (O‘zkomnazoratning 05.12.2024-yildagi 01/07-1-son dalolatnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish