Alijonova Maxbuba Rustamjonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak agronomlarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish metodikasi” mavzusidagi 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Ped995
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Nasibaxon Jo‘raevna.– pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar:
Yusupova Shohidaxon Jaloloddinovna – pedagogika fanlari doktori, professor.
Xo‘jamberdieva Shaxnoza Ko‘paysinovna.– pedagogika fanlari doktori, professor.
Usmanova Umidaxon Aybekovna.- pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent Davlat agrar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
integrativ yondashuv asosida bo‘lajak agronomlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak agrnomlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik zaruriyati qishloq xo‘jaligida innovatsion loyihalarni “Aqlli issiqxona” texnologiyalariga moslashtirish, xizmat ko‘rsatuvchi innovatsion va integratsion ta’limni tashkil etish, hamda tizimlilik, analiz va sintez, amaliyotga yo‘naltirilganlik tamoillarini shaxsiy, kasbiy va kreativ sifatlarga uyg‘unlashtirish, shuningdek kasbiy kompetentlikni rivojlantirish tuzilmasi va mazmunini milliy - xorijiy tajribalarni hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida bo‘lajak agronomlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishni zamonaviy texnologiyalarini mutaxassis fanlar mazmuni pedagogik-psixologik fanlarni o‘qitish jarayonlarini gorizontal va vertikal integratsiyasini ta’minlash, integratsiya tarkibiy qismlarlari va integrativ darsdan foydalanishning ijobiy natijalarini xamda fanlarning bir-biriga bog‘liq kreativlikni tarkibiy komponentlarini aniqlashtirish, tahliliy, tanqidiy va ijodiy fikr yuritishni rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak agronomlarning kasbiy kompetentliklikni rivojlantirish modeli strategik maqsad, jarayon, natijalarning pedagogik shart-sharoitlarini akmeologik, faoliyatli, kompetentli yondashuvlarni gumanistik yo‘nalganlik, yaxlitlik, rivojlanuvchanlik, tizimlilik tamoyillariga nazariya va amaliyotni tizimli uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak agronomlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi interaktiv dars va interaktiv seminar mashg‘ulotlarini amaliyot va tajriba asosida tashkil etish, muammolli, loyihaviy va innovatsion texnologiyalar asosida o‘qitishda Gamifikatsiya, AR va VR texnologiyalari, “Qishloq xo‘jaligi mutaxassisi portreti” “Shartnoma” “FSMU”, Keys-stadi kabi O‘qitish metod va usullarining ustunligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak agronomlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi kompetentlikni aniqlovchi mezonlari o‘quv kognitiv, situal-kommunikativ, integraktiv-kreativ kasbiy faoliyatga qo‘llay olish darajalari bilan o‘zaro integratsiyalash, kasbga yo‘naltirilganlik, idrok qilish qulayligi, taqqoslashning mantiqiyligi va dinamikligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak agronomlarning kasbiy kompetentligini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak agrnomlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik zaruriyati qishloq xo‘jaligida innovatsion loyihalarni “Aqlli issiqxona” texnologiyalariga moslashtirish, xizmat ko‘rsatuvchi innovatsion va integratsion ta’limni tashkil etish, hamda tizimlilik, analiz va sintez, amaliyotga yo‘naltirilganlik tamoillarini shaxsiy, kasbiy va kreativ sifatlarga uyg‘unlashtirish, shuningdek kasbiy kompetentlikni rivojlantirish tuzilmasi va mazmunini milliy - xorijiy tajribalarni aniqlashtirishga doir takliflar 60112400–Professional ta’lim, Agronomiya (dexqonchilik maxsulotlar turlari) bo‘yicha bakalariat yo‘nalishining malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak qishloq xo‘jaligi mutaxassislarida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga oid talablar takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida bo‘lajak agronomlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishni zamonaviy texnologiyalarini mutaxassis fanlar mazmuni pedagogik-psixologik fanlarni o‘qitish jarayonlarini gorizontal va vertikal integratsiyasini ta’minlash, integratsiya tarkibiy qismlarlari va integrativ darsdan foydalanishning ijobiy natijalarini xamda fanlarning bir-biriga bog‘liq kreativlikni tarkibiy komponentlarini aniqlashtirish, tahliliy, tanqidiy va ijodiy fikr yuritishni rivojlantirishga uctuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar 585603-EPP-1-2017-1-DE-EPKA 2-CBHE-JP TOPAS: “Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha nazariyaga asoslangan ta’limdan amaliyotga asoslangan ta’limga o‘tish” (2017-2020 yy.) nomli loyiha mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining-son dalolatnomasi). Natijada pedagogik-psixologik fanlarni mazmunan kasbiy sohaga yo‘naltirib o‘qitish bo‘yicha tavsiyalar amaliyotga tatbiq etilgan;
bo‘lajak agronomlarning kasbiy kompetentliklikni rivojlantirish modeli strategik maqsad, jarayon, natijalarning pedagogik shart-sharoitlarini akmeologik, faoliyatli, kompetentli yondashuvlarni gumanistik yo‘nalganlik, yaxlitlik, rivojlanuvchanlik, tizimlilik tamoyillariga nazariya va amaliyotni tizimli uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar va tavsiylar “Kasbiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 -yil 29-maydagi 232-son buyrug‘iga asosan berilgan 232-249 raqamli nashr ruxsatnomasi). Mazkur fanlarning oliy ta’lim muassasalarida olib borilgan ta’lim shakllarida integrativ yondashuv agronomlarning kasbiy kompetentligini kasbiy bilim, amaliy ko‘nikma va nutqiy malakalarning takomillashuvi va ta’limiy muhit samaradorligini ta’minlash imkonini bergan.
Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak agronomlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi interaktiv dars va interaktiv seminar mashgulotlarini amaliyot va tajriba asosida tashkil etish, muammolli, loyixaviy va innovatsion texnologiyalar asosida o‘qitishda Gamifikatsiya, AR va VR texnologiyalari, “Qishloq xo‘jaligi mutaxassisi portreti” “Shartnoma” “FSMU”, Keys-stadi kabi O‘qitish metod va usullarining ustunligini ta’minlashga doir taklif va tavsiylar “Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 -yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘iga asosan berilgan 317116 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak agronomlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan.
Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak agronomlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi kompetentlikni aniqlovchi mezonlari o‘quv kognitiv, situal-kommunikativ, integraktiv-kreativ kasbiy faoliyatga qo‘llay olish darajalari bilan o‘zaro integratsiyalash, kasbga yo‘naltirilganlik, idrok qilish qulayligi, taqqoslashning mantiqiyligi va dinamikligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir “Kasbiy pedagogika” va “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” nomli darsliklarda mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi TDPU ning 2024-yil 2-noyabrdagi 11-05-6303/04-son ma’lumotnomasi).Natijada bo‘lajak agronomlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi kompetentlikni aniqlovchi mezonlar aniqlashtirilgan.