Sultonova Yulduzxon Kamoldinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Turizm xizmatlari bozorida turistik mahsulotlar va xizmatlarni diversifikatsiyalash jarayonini boshqarish”, 08.00.17- “Turizm va mehmonxona faoliyati” va 08.00.13 – “Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3677
Ilmiy rahbari: Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muasasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.I.60.03.
Rasmiy opponentlar: Norchaev Asatullo Norbo‘taevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Aripov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turizm xizmatlari bozorida turistik mahsulotlar va xizmatlarni diversifikatsiyalash jarayonini boshqarish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi, turistik xizmatlarni diversifikatsiyalash strategiyasi va dasturlari asosida turistik mahsulotlar va xizmatlarni diversifikatsiyalashni boshqarishning kompleks tashkiliy va boshqaruv uslubiyati takomillashtirilgan;
turistik mahsulotlar va xizmatlarni diversifikatsiyalash to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan boshlab haqiqiy vaqt oralig‘i, samaradorlik koeffisienti, diversifikatsiyalash jarayoni ko‘lamini belgilovchi koeffisient, innovatsion ishlab chiqarish dasturlarini boshqarish samaradorligi va diversifikatsiyalash dasturlarini boshqarish samaradorligi indikatorlarini bog‘lanishi asosida turistik mahsulotlar va xizmatlarni diversifikatsiyalashni boshqarish samaradorligi dalillangan;
turistik korxonalardagi moliya, dizayn, texnik, savdo, kadrlar va texnik tayyorgarlik va iqtisodiy bo‘limlar faoliyatini konsentratsiyalash asosida turistik xizmatlar va mahsulotlarni diversifikatsiyalashni boshqarish mexanizmi takomillashtirilgan;
turizm tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat, turizm tarmoqlarida asosiy kapitalga kiritilgan sarmoyalar, faoliyat ko‘rsatayotgan turistik firma va tashkilotlar soni va aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi hisobiga turistik xizmatlar eksporti hajmining 2028-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turizm xizmatlari bozorida turistik mahsulotlar va xizmatlarni diversifikatsiyalash jarayonini boshqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi, turistik xizmatlarni diversifikatsiyalash strategiyasi va dasturlari asosida turistik mahsulotlar va xizmatlarni diversifikatsiyalashni boshqarishning kompleks tashkiliy va boshqaruv uslubiyati takomillashtirilishi bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 13-dekabr 03-12-17-9160-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida turistik mahsulotlar va xizmatlarni diversifikatsiya qilish sohasidagi boshqaruv siyosatini ishlab chiqish uchun keng qamrovli tashkiliy va boshqaruv uslubiyatini, uning bosqichlari ketma-ketligi, jarayonni tashkil etish va boshqarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning texnologik maqsadlari yaratilgan;
turistik mahsulotlar va xizmatlarni diversifikatsiyalash to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan boshlab haqiqiy vaqt oralig‘i, samaradorlik koeffisienti, diversifikatsiyalash jarayoni ko‘lamini belgilovchi koeffisient, innovatsion ishlab chiqarish dasturlarini boshqarish samaradorligi va diversifikatsiyalash dasturlarini boshqarish samaradorligi indikatorlarini bog‘lanishi asosida turistik mahsulotlar va xizmatlarni diversifikatsiyalashni boshqarish samaradorligi ( ) dalillanishi bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 13-dekabr 03-12-17-9160-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida turistik mahsulotlar va xizmatlarni diversifikatsiyalashni boshqarish samaradorligi 12-15 % ga ortgan;
turistik korxonalardagi moliya, dizayn, texnik, savdo, kadrlar va texnik tayyorgarlik va iqtisodiy bo‘limlar faoliyatini konsentratsiyalash asosida turistik xizmatlar va mahsulotlarni diversifikatsiyalashni boshqarish mexanizmini takomillashtirilishi bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 13-dekabr 03-12-17-9160-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida oxirgi 5 yillik hisobiga turizm tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi o‘rtacha 1,22 martaga ortgan;
turizm tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat, turizm tarmoqlarida asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar, faoliyat ko‘rsatayotgan turistik firma va tashkilotlar soni va aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi hisobiga turistik xizmatlar eksporti hajmining 2028-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilishi bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 13-dekabr 03-12-17-9160-sonli ma’lumotnomasi ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida makro darajada umumiy sifat darajasi (Darbin-Uotson mezoni 2,31 ga teng) yuqori bo‘lgan chiziqsiz modelga asoslangan, turistik xizmatlar eksporti hajmining 2028 yilgacha bo‘lgan, tafovut oralig‘i 0,49 foiz diapazonga teng maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.