Ibragimova Muxlisa Pridunovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomi: qiyosiy-huquqiy tahlil”, 12.00.02 -“Konstitutsiyaviy huquq, Ma’muriy huquq, Moliya va Bojxona huquqi” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Yu722.
Ilmiy rahbar: Xayitov Xushvaqt Saparbaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyoasati va boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01
Rasmiy opponentlar: Zulfiqarov Sherzod Xurramovich, yuridik fanlar doktori, professor; Hoshimxonov Ahrorxon Mo‘minovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmatchisi maqomining huquqiy asoslari hamda amaliyotini o‘rganish orqali uni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslantirilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomi doirasida ilk bor davlat organi rahbarining noqonuniy topshiriq va talablarni bajarishdan bosh tortish huquqini qonun darajasida mustahkamlash zarurligi ilmiy asoslantirilgan;
davlat fuqarolik xizmatchisi xizmatni o‘tash davomida o‘z vakolatlarini boshqa nodavlat tashkilotlar manfaatida amalga oshirilishini cheklash davlat fuqarolik xizmatchisi huquqiy maqomining ajralmas qismi sifatida qatʼiy belgilanishi asoslab berilgan;
davlat fuqarolik xizmati tizimidagi rahbar kadrlarning huquqiy maqomi alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solinishini hamda ularning faoliyati ommaviy huquqiy munosabatlar doirasiga kirishini inobatga olib, siyosiy guruhdagi davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatini tartibga solishda mehnat shartnomasi tuzilmasligi ilmiy isbotlangan;
davlat xizmatchisining huquqlari – davlat majburlov kuchi bilan qo‘riqlanadigan va davlat xizmatchisi ijtimoiy-huquqiy maqomining doimiyligini va uning xizmat faoliyati huquqiy tartibga solinishini kafolatlaydigan umummajburiy normalar tizimi ekanligi ilmiy asoslantirilgan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
Davlat organi rahbariyatining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh tortishi huquqiga ega ekanligi to‘gʻrisidagi taklifi 2022-yil 8-avgustda qabul qilingan O‘RQ-788-son O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘gʻrisida”gi Qonunining 11-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2022-yil 28-dekabr sentyabrdagi 04/10-10-201 son dalolatnomasi). Ushbu taklif davlat fuqarolik xizmatchilarning o‘z faoliyati davomida qonun ustuvorligini va ular huquqlarining kafolatlarini ta’minlashga xizmat qilgan;
Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bogʻliq cheklovlar qatoriga davlat fuqarolik xizmatchisining, o‘zining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirishga oid normani qo‘shish to‘gʻrisidagi taklifi 2022-yil 8-avgustda qabul qilingan O‘RQ-788-son O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘gʻrisida”gi Qonunining 13-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2022-yil 28-dekabr sentyabrdagi 04/10-10-201 son dalolatnomasi). Ushbu taklif davlat fuqarolik xizmatchisi o‘z faoliyatini faqatgina o‘z vakolatlari doirasida va xolisona olib borishig ma’lum darajada xizmat qilgan;
Davlat fuqarolik xizmatida davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi davlat fuqarolik xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi tuzilmasligi to‘gʻrisidagi taklifi 2022-yil 8-avgustda qabul qilingan O‘RQ-788-son O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘gʻrisida”gi Qonunining 30-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2022-yil 28-dekabr sentyabrdagi 04/10-10-201 son dalolatnomasi). Ushbu taklif siyosiy guruhga kiruvchi davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomini ommaviy-huquqiy munosabatlar doirasida aniq belgilanishiga xizmat qilgan;
“Davlat xizmatchisining huquqlari deganda, davlat majburlov kuchi bilan qo‘riqlanadigan va davlat xizmatchisi ijtimoiy-huquqiy maqomining doimiyligini va uning xizmat faoliyati huquqiy tartibga solinishini kafolatlaydigan umummajburiy normalar tizimi tushuniladi” mualliflik taʼrifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida 2024 yilda nasr etilgan «Davlat xizmati» nomli darslikni tayyorlashda foyydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining 2025-yil 30-yanvardagi 02-07/84-sonli Dalolatnomasi). Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi akademiyasining malaka oshirish kurslarida va kadrlar tayyorlashda foydalanilmoqda.