Gafurova Saodat Turabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi (Coleoptera, Coccinellidae) koksinellidlari (faunasi, ekologiyasi va xo‘jalik ahamiyati)», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/B816.
Ilmiy rahbar: Xolmatov Baxtiyor Rustamovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.B.05.06.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ikrom Iskandarovich, biologiya fanlari doktori, professor; Yo‘ldasheva Shoxista Qobiljonovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi koksinellidlari faunasini aniqlash, ekologiyasini asoslash hamda biotoplar bo‘yicha tarqalish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona vodiysida koksinellidlar (Coccinellidae) oilasining zamonaviy holati tahlil qilinib, 5 ta kenja oila, 20 ta avlodga mansub 35 ta tur aniqlangan;
ilk bor O‘zbekiston faunasi uchun  Brachiacontha ursina (Chevrolat in Dejeon 1837), Calvia muiri (Timberlake, 1943), Clitostethus arcuatus (Rossi, 1794), Coelophora quadrivittata Fauvel,1903, Harmonia axyridis (Pallas,1773) Novius emenensis (Raimundo& Fursch 2006), Platynaspis saundersii Crotch,1874, Scymnus marinus (Mulsant,1850) koksinellid turi aniqlangan; 
birinchi marta Novius emenensis (Raimundo& Fursch 2006), Platynaspis saundersii (Crotch,1874) turining mDNK ni COI sohasi nukleotidlar ketma-ketligi aniqlangan;
koksinellidlarning asosiy ekologik guruhlari, rivojlanish sikllari hamda turli biotsenoz va agrobiotsenozlarda tarqalish xususiyatlari ochib berilgan; 
Farg‘ona vodiysi koksinellidlarini ilk bor ekologik xususiyatlari ochib berilib, fitobiontlar bo‘yicha taqsimlanishiga ko‘ra 5 ta guruhga, namlik talabiga ko‘ra 3 ta guruhga, voltinlik xususiyatiga ko‘ra 3 guruhga, oziqlanish xususiyatiga ko‘ra 2 ta guruh va 5 ta kenja guruhlarga ajratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysida tarqalgan koksinellidlar (Coleoptera, Coccinellidae) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Coccinellidae oilasiga tegishli bo‘lgan 35 turga mansub 69 nusxa hasharot namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan «Zoologiya kolleksiyasi» noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 7 avgustdagi 4/1255-1770-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar koksinellidlar fondini boyitgan va xonqizi turlari xilma-xilligini aniqlash va turlarni sistematik tahlil qilish imkonini bergan;
Calvia muiri (Timberlake, 1943), Coelophora quadrivittata Fauvel,1903, Novius emenensis (Raimundo& Fursch, 2006), Platynaspius saundersii Crotch,1874, koksinellid turlarining molekulyar-genetik tahlili asosida mDNK CO1 cohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) ning 2024 yil 26 fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada, Calvia muiri PP345436, Coelophora quadrivittata PP345441, Platynaspis saundersii PP356589, Novius emenensis PP356590 identifikatsiya raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda turlarni aniqlash va filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish