Baltabaeva Mavluda Jabbarbergenovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Neft` va gaz kondensati oqimlari gidrodinamik rejimlarini boshqarish orqali issiqlik almashinish qurilmalari samaradorligini oshirish», 02.00.08 - Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5817.
Ilmiy rahbar: Ismailov Oybek Yuliboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01. 
Rasmiy opponentlar: Adizov Bobirjon Zamirovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudayberdiev Absalom Abdurasulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: issiqlik tashuvchi oqimlar optimal harakatini tanlash orqali quvurli qurilmalarda issiqlik almashinish jarayonini jadallashtirilgan texnologiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor 60÷350 oS haroratlar oralig‘ida mahalliy neft`, gaz kondensati bug‘larining issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisentlari aniqlash uchun nomogrammalar ishlab chiqilangan;
issiq oqimlarni sovitishda qobiq quvurli qurilmada harakatlanayotgan oqimning parallel harakatini ta’minlanishi sovitish jarayoni samaradorligini 14 % ga oshirishi aniqlangan;
oqimni sovitishda sovituvchi oqim harakatini parallel usulda amalga oshirish issiqlik yuzalarini neft` oqimi uchun 17 % ga gaz kondensati oqimi uchun 9,3 % ga qisqartirish imkoni berishi isbotlangan;
parallel usulni qo‘llash an’anaviy usulga nisbatan issiq gaz kondensati oqimining qurilmadan chiqishdagi haroratini o‘rtacha 11-12 oS gacha paslatish aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suyuq uglevodorod oqimlari gidrodinamik rejimlarining quvurli qurilmalarda isitish jarayoni samaradorligiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
issiqlik tashuvchi oqim harakatini parallel tarzida amalga oshirish usuli «Sho‘rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ning “2026-2027 yillardagi amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Sho‘rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ning 2025 yil 11 avgustdagi 33-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, issiqlik uzatish koeffisienti 1,2 marotabagacha ortishi imkonini beradi;
sovituvchi suv oqimini parallel usulda amalga oshirish texnologiyasi «Sho‘rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ning “2026-2027 yillardagi amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga  kiritilgan («Sho‘rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasi 2025 yilning 11 avgustdagi 33-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, issiqlik uzatish koeffisienti 1.2 marotabaga ortishi va issiqlik almashinish yuzalarni 9.3 % ga qisqartirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish