Axmadalieva Mahliyo Sherali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Zulfiya lirikasida intertekstual xotira va uning poetik ifodasi” 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligidan. Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5504
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Botirova Shahlo Isomiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Soatova Nodira Isomitdinovna filologiya fanlari doktori, professor; Umurova Go‘zal Xotamovna filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zulfiya lirik merosida intertekstual xotiraning namoyon bo‘lishini kompleks tarzda nazariy tahlil qilish, uning poetik mexanizmlarini ochib berish hamda madaniy, adabiy va ma’naviy-axloqiy ma’nolarning badiiy transformatsiyasini yoritishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Zulfiya ijodidagi intertekstual xotira ilk marta milliy va jahon adabiy an’analari bilan muloqotda poetik va ruhiy birlikni shakllantiruvchi yaxlit tizim sifatida ilmiy asosda tadqiq qilingan;
intertekstual mexanizmlarning yashirin qatlamlari: reminissensiyalar, alluziyalar, metamatn ishoralari, madaniy-ramziy kodlar aniqlanib, ularning muallif poetikasi va badiiy uslub genezisidagi o‘rni ilmiy asosda isbotlangan;
Zulfiya lirik subekti evolyusiyasi yoritilib, uning obrazi XX-XXI asr o‘zbek ayol lirikasining markaziy komponenti sifatida shakllanib, yangi ruhiy-estetik ifoda turini vujudga keltirgani ko‘rsatilgan;
Zulfiya obrazlar tizimining ijtimoiy, ma’naviy va madaniy manbalari aniqlanib, “hijron” motivi uning poetikasida universal intertekstual kod hamda poetik meditatsiya shakli sifatida tahlil qilingan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr o‘zbek she’riyatida Zulfiyaning tutgan o‘rni va shakllanish jarayoni, davr yaratgan qahramon sifatida tadqiq qilish hamda uni o‘zaro ta’sir doirasini aniqlash yo‘sinlarini ishlab chiqish asosida:
Zulfiya ijodidagi intertekstual xotira ilk marta milliy va jahon adabiy an’analari bilan muloqotda poetik va ruhiy birlikni shakllantiruvchi yaxlit tizim sifatida ilmiy asosda tadqiq qilingan xulosalari “Nutq madaniyati va notiqlik san’ati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-buyrug‘iga muvofiq 218-355-son nashr ruxsatnomasi). Natijada ushbu qo‘llanmaning yangi ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan;
intertekstual mexanizmlarning yashirin qatlamlari: reminissensiyalar, alluziyalar, metamatn ishoralari, madaniy-ramziy kodlar aniqlanib, ularning muallif poetikasi va badiiy uslub genezisidagi o‘rni ilmiy asosda isbotlangan xulosalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida 2022-2024-yillarda AQSh Davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 3-martdagi 614/02-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning didaktik mazmuni badiiy psixologizm, muallif konsepsiyasi va uning nazmiy tafakkurdagi aksini yorituvchi g‘oyalar bilan boyitilgan;
Zulfiya lirik subekti evolyusiyasi yoritilib, uning obrazi XX-XXI asr o‘zbek ayol lirikasining markaziy komponenti sifatida shakllanib, yangi ruhiy-estetik ifoda turini vujudga keltirgani ko‘rsatilgan ilmiy xulosalardan “Adabiy jarayon” teleko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 28-maydagi 05-09-755-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va dolzarbligi ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etgan;
Zulfiya obrazlar tizimining ijtimoiy, ma’naviy va madaniy manbalari aniqlanib, “hijron” motivi uning poetikasida universal intertekstual kod hamda poetik meditatsiya shakli sifatida tahlil qilingan xulosalaridan “Nutq madaniyati va notiqlik san’ati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-buyrug‘iga muvofiq 218-355-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, ushbu qo‘llanmaning yangi ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan.
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyalari. Tadqiqot natijalari 4 ta xalqaro va 4 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda aprobatsiyadan o‘tkazilgan.
Natijalarning e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 15 ta ilmiy ish, shulardan, 1 ta o‘quv qo‘llanma, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 6 ta maqola, jumladan, 4 tasi respublika, 2 tasi xorijiy jurnallarda e’lon qilingan.