Rustamov Akbar Sayfulloevichning  
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tili ergonimlari mikrotizimi: leksik-semantik va yasalish xususiyatlari (Buxoro viloyati ergonimlari misolida)” 10.00.01 – o‘zbek tili (filologiya fanlari).” 10.00.01 – o‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2PhD/Fil5958.
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Bibish Muxsinovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Abuzalova Mehriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori, professor; Saparniyazova Muyassar, filologiya fanlar doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro ergonimlarining onomastik tizimdagi o‘rni, uning leksik semantik, hosil bo‘lish asoslari, milliy xususiyatlari hamda mahalliy ergonimlar paydo bo‘lishining muhim jihatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ergoneologik birliklarning shakllanish jihatlari, ularning insonning ijtimoiy faoliyatini o‘zida qamrab oluvchi nutq jarayoni, muayyan aloqa vaziyati orqali namoyon bo‘la olishi singari lingvopragmatik xususiyatlari hamda kommunikativ funksiyalarini amalga oshirishning ilmiy yondashuvlari, zamonaviy onomastika tizimidagi o‘rni asoslanib, ular bilan bog‘liq bo‘lgan “Buxoro”, “G‘ijduvon”, “Gulshan” kabi toponimlar, “Ark”, “Darvozai Samarqand”, “Chor Bakr” kabi oykodonimlar, “Skrepka” kanselyariya mollari do‘koni,  “Bookhara” kitob do‘koni, “Akfa” kabi pragmatonimlar o‘rtasidagi semantik va struktur munosabatlar ochib berilgan;
Buxoro viloyati ergonimlarining leksik va leksikografik modellarini yaratish, tavsiflash zarurati: mavzuviy guruhlarga ajratilishi, adabiy til me’yorlariga rioya etish, so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi va talaffuz etilishi, ma’no doirasi hamda dialektal xususiyatlari o‘zbek tilshunosligida mintaqaviy ergonimlarning tizimli tadqiqi asosida isbotlangan;
Buxoro viloyati ergonimlarining o‘zbek onomastikasida mustaqil mikrotizim sifatida kompleks tahlili, leksik-semantik, strukturaviy va pragmatik xususiyatlari ochib berilib, metaforik, metonimik va transonimik ko‘chimlarning funksional roli, “Baliq rastasi”, “Uch qavatli dorixona”, “Tungi klub” kabi norasmiy va “Oltin Kids”, “Ishonch market”, “Bolo-Hauz hotel” singari o‘zlashma ergonimlarning shakllanish omillari, ularning lingvokulturologik va huquqiy jihatlari, vizual va grafik ifoda shakllari hududiy va mavzuviy tamoyillar asosida dalillangan;
Buxoro viloyati ergonimlarining so‘z yasalish xususiyatlari, ularning affiksatsiya, kompozisiya, leksik-sintaktik, qisqartma, shakliy va tasviriy o‘yinlar orqali shakllanishi kabi xarakterli jihatlari, “Davlat tili haqida”gi qonunga o‘zgartirish kiritish yoki boshqa me’yoriy qonunosti hujjatini qabul qilgan holda savdo va xizmat ko‘rsatish shaxobchalari peshlavhalari va axborot lavhalarining yagona standartini joriy qilish, “Firma nomlari to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni qabul qilish hamda ularni davlat tilida nomlashni majburiy band sifatida belgilash singari huquqiy-me’yoriy, rasmiy-idoraviy tartiblari ishlab chiqilishi lozimligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan: 
ergoneologik birliklarning shakllanish jarayoni, ularning lingvopragmatik xususiyatlari hamda kommunikativ funksiyalarini amalga oshirishning ilmiy yondashuvlari, zamonaviy onomastika tizimidagi o‘rni, Evropa, Sharq va o‘zbek onomastikasida ularning o‘rganilish holati, funksional tasnifi, nomlash usullari va turlari ilmiy jihatdan asoslangan hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan toponimlar, oykodonimlar, pragmatonimlar kabi yondosh onomastik birliklar o‘rtasidagi semantik va struktur natijalari asosida bajarilgan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada (2022–2023-yy.) foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil 11-apreldagi 691-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron platformada milliy ergonimlar qo‘llanilishining samaradorligiga erishilgan;
Buxoro viloyati ergonimlarining leksik va leksikografik modellarini yaratish, tizimli muammolari, tavsiflash zarurati: mavzuviy guruhlarga ajratilishi, ularning shakllanishida adabiy til me’yorlariga rioya etish, so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi va talaffuz etilishi, ma’no doirasi hamda dialektal xususiyatlari, boshqa onomastik birliklar bilan o‘zaro aloqadorlik mexanizmlari aniqlanib, o‘zbek tilshunosligida mintaqaviy ergonimlarning tizimli tadqiqi asosida yaratilgan ALM-202310132634 raqamli “Yangi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobilini sun’iy intellekt asosida avtomatik taqdim qiluvchi atamacom.uz dasturiy ta’minoti platformasi va mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani (2022–2023-yy.) amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil 15-apreldagi 737-son ma’lumotnomasi). Natijada mobil ilovada milliy nomlar miqdorining oshishiga hamda undan foydalanuvchilarga keng imkoniyatlar yaratilishiga erishilgan; 
Buxoro viloyati ergonimlarining o‘zbek onomastikasida mustaqil mikrotizim sifatida kompleks tahlili, leksik-semantik, strukturaviy va pragmatik xususiyatlari aniqlanib, metaforik, metonimik va transonimik ko‘chimlarning funksional roli, norasmiy va o‘zlashma ergonimlarning shakllanish omillari, ularning lingvokulturologik va huquqiy jihatlari, vizual va grafik ifoda shakllari hududiy va mavzuviy tamoyillar asosida yaratilgan “Buxoro mehmonxona nomlarining qisqacha izohli lug‘ati”dan viloyatdagi joylashtirish vositalari nomlarini sharhlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati hokimligining 2025-yil 17–areldagi 7/89-10 k–son xati). Natijada lug‘at Buxoro viloyati hududida mavjud bo‘lgan mehmonxona, hostel, oilaviy mehmon uyi va boshqa joylashtirish vositalarining nomlarini sharhlash bilan bog‘liq masalalarni aniqlashda asos vazifasini o‘tagan;
Buxoro viloyati ergonimlarining so‘z yasalish xususiyatlari, ularning xarakterli jihatlari, yasalish bilan bog‘liq semantik tomonlari,  mavjud barcha ergonimlar ham lisoniy va mantiqiy talablarga muvofiq shakllantirilmaganligi, bu borada ergonimlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning huquqiy-me’yoriy, rasmiy-idoraviy tartiblari ishlab chiqilishi borasidagi xulosalardan Adliya vazirligi tizimidagi tadbirkorlik subektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali ro‘yxatga olish jarayonida  Buxoro shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi faoliyatida foydalanilgan (2025-yil 28-martdagi 18-son ma’lumotnomasi). Natijada tadbirkorlik subektlarini ro‘yxatga olish jarayonidagi chigalliklar bartaraf etilishiga, ularda sof milliy nomlar tanlovi qamrovining kengayishiga erishilgan;  
Buxoro viloyati ergonimlarining leksik va leksikografik o‘ziga xosligi, muammolari, tavsiflash zarurati: mavzuviy guruhlarga ajratish, adabiy qoidalar bilan shakllantirish, til xususiyatlarini inobatga olish, so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi, to‘g‘ri talaffuz etilishi, uning ma’nolari, dialektal xususiyatlari, nom sifatida qanday onomastik birliklar bilan aloqada bo‘la olishiga oid ma’lumotlardan Buxoro teleradiokanalining “Assalom Buxoro”, “Dolzarb mavzu”, “Intervyu +” teleko‘rsatuvlari, “32-studiya” radioeshittirishida foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokanalining 2025-yil 7-apreldagi 01-09-69-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va ular yangi ma’lumotlar bilan takomillashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish